Fanning ta`limdagi o`rni
“Bolalar adabiyoti” fani o`zbek tili yo`nalishi bo`yicha yetuk kadrlar tayyorlash, bolalar adabiyoti yo`nalishidagi fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, ta`lim tizimida bolalar adabiyotini o`qitishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fanning ta`limdagi o`rni kattadir. Talaba bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishmasa, yozma adabiyot va folklor munosabatlarini tushunib etmasa, adabiyotmizdagi an`anaviylik masalasini bila olmaydi. Zero, mazkur fanni o`qitish orqali mumtoz adabiyotga, uning asrlar osha davom etib kelayotgan an`analariga muhabbat tuyg’ulari kamol toptiriladi. Demak, bugungi kunda yetuk, har tomonlama barkamol mutaxassisni tarbiyalashda mazkur fanning o`rni beqiyosdir.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o`qitishda tez va mukammal o`zlashtirish uchun yordam beradigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning ahamiyati kattadir. Mazkur kursni o`qitishda ko`rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan, kompyuterdan, internet yangiliklaridan, mul’timediya, video va audiomagnitofonlardan, muammoli ta`lim, qiyosiy tahlil, ma`ruza metodlaridan va mustaqil ish shaklidan foydalaniladi.
“Bolalar adabiyoti” fanini o`qitishda ta’lim tizimiga kirib kelgan pedagogik texnologiyalarning aqliy hujum, interfaol, bumerang, kabi usullaridan foydalangan holda tushuncha beriladi.
“Bolalar adabiyoti” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g’inlarini o`zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Dostları ilə paylaş: |