Faoliyatga yo`naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish.Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash- yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash.
O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid), muammoli ta`lim, faol va interfaol metodlari, noan`anaviy darslar, amaliy ishlar.
O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, muloqot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asoslangan frontal, jamoa va guruh.
O`qitish vositalari: o`qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so`rov, oraliq va joriy hamda yakuniy nazorat natijalarining tahlili asosida o`qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko`rinishidagi o`quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.