_____________t.f.d. prоf., Sh.O’ljаеvа
“Falsafa: mantiq, etika, estetika, dinshunoslik” fаnidаn YaN
VАRIАNTI № 16
Falsafaning predmeti va uning o‘zgaruvchan xarakteri.
Falsafaning predmeti va uning o’zgaruvchan xarakteri. Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafaning yangi sohalari. ... Qadimgi Xitoy falsafasining paydo bo’lishi, bahs mavzulari va rivojlanishi. Qadimgi YUnoniston va Rimda falsafaning shakllanishi. Antik falsafaning kosmotsentrik xarakteri. Sharq va G’arb renessansi tushunchalari, ularning o’xshashligi va tafovutni akis ettirgan.
Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz’iy tasdiq (J); juz’iy inkor (O); umumiy tasdiq (A) va umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu hukm shakllari o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi. Hukm munosabatlari chin va xato hukmlar orasidagi holatni belgilaydi. Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi.
“Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati.
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot ob’ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi.
“Tаsdiqlаymаn”
“Gumаnitаr fаnlаr” kаfеdrаsi mudiri
_____________t.f.d. prоf., Sh.O’ljаеvа
“Falsafa: mantiq, etika, estetika, dinshunoslik” fаnidаn YaN
VАRIАNTI № 17
1. Jamiyatning siyosiy tizimi. Siyosiy tizimdagi partiyalar, tashkilotlar, jamoa tashkilotlari.
Siyosiy partiyalar fuqarolar jamiyati negizida shakllanadi va siyosiy tizimning eng muhim elementi vazifasini o‘taydi. Siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan funksiyalarni bajaradi. Siyosiy partiyalarning bosh funksiyasi – fuqarolar ijtimoiy qatlamlar, manfaat guruhlarining ko‘plab xususiy manfaatlarini yagona siyosiy manfaatga keltirishdan iborat.
Tafakkurning mantiqiy shakllaridan: xulosa chiqarish.
Xulosa chiqarish – tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm (asos)dan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mavhvnbntikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi.
3. Go‘zallik estetikaning asosiy kategoriyasi. Go‘zallikning shaxs va jamiyat munosabatlaridagi in’ikosi.
Estetikaning asosiy mezoniy tushunchalari. “G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir.
“Tаsdiqlаymаn”
“Gumаnitаr fаnlаr” kаfеdrаsi mudiri
Dostları ilə paylaş: |