Ekstraksiyalashning asosiy usullari Amaliyotda suyuqliklar aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marta kontaktlanishiga asoslangan jarayon (bir pog‘onali ekstraksiyalash); 2) har bir pog‘onada toza erituvchi ishlatish yo‘li bilan ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash); 3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama-qarshi oqim bilan ko‘p bosqichli ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash). Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli suyuqliklarning aralashmasini ekstraksiyalashda va laboratoriya sharoitlarida qo‘llaniladi.
Sanoat miqyosida, asosan, uchuvchi usuldan, ya’ni fazalarning qarama-qarshi oqimidan foydalanib ekstraksiyalash keng qo‘llaniladi. Qaysi bir usul qo‘llanilishidan qat’iy nazar, ekstraksiyalash jarayoni erituvchi yoki eruvchilarni regeniratsiya qilish bilan birga olib boriladi. Regeneratsiyaning maqsadi erituvchilar tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olish va erituvchilarni qaytadan jarayonda ishlatishdan iboratdir.
Ekstraktorlarning tuzilishi Kolonnali ekstraktorlar. Suyuqlik-suyuqlik sistemasiga
mo‘ljallangan kolonnali ekstraktorlar, o‘z navbatida, ikki guruhga
bo‘linadi: 1) qo‘shimcha energiya berilmaydigan jihozlar;
2) tashqaridan qo‘shimcha energiya beriladigan jihozlar. Birinchi
guruhga sochib beruvchi, nasadkali
va g‘alvirsimon ekstraktorlar, ikkin-
chi guruhga esa rotorli, pulsatsion,
vibratsion va boshqa ekstraktorlar
kiradi. Suyuqlikni sochib beruvchi ji-
hozlar ichi bo‘sh silindrsimon
kolonnadan iborat, bunda fazalar-
dan bittasi yaxlit oqim bilan,
ikkinchisi faza esa qarama-qarshi
yo‘nalishda mayda tomchilar hola-
tida harakat qiladi. Bunday jihozlar
oddiy tuzilishga ega, biroq ularning
samaradorligi esa kam. Nasadkali
ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya
va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan
kolonnalarga o‘xshash jihozlardan
farq qilmaydi.
Neft mahsulotlarini tozalash
uchun hozirda sanoatda ko‘рincha
g‘alvirsimon tarelkali ekstraktorlar
ishlatiladi (29- rasm). Bunday qu-
rilma vertikal silindrsimon qobiq (1)
va quyilish qurilmalari (3) bo‘lgan
g‘alvirsimon tarelkalar (2) ga ega.