Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə74/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Majmua

Suv va tuzlarni yoʻqotish
Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50g gacha tuz boʻladi. Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzsizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan emulsiyani 100—140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish taʼsirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar cho'kadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) bo'ladi.
Neftni stabillash
Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi. Neftni tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyasi neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko'tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bug‘lanib havoga ko‘tarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bug‘langan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning og‘irroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq holatga o‘tadi. Neftni bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni suyuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neftni tozalash
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilg‘i distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilg‘i va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.


Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin