Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov


G‘isht massasini tayyorlash va pishirish



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə67/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Majmua

G‘isht massasini tayyorlash va pishirish.
Oddiy qurilish g‘ishtini yasash uchun avvalo lyoss nomi bilan ataluvchi va tarkibida 50% kvars, 10% glinazyom, 15% kalsiy va magniy oksidlari, 5% ishqor va temir oksidlari va nihoyat 15% suv va angidrid gazidan iborat tuproq ishlatiladi. Bu tuproqning erish temperaturasi 1150-1180 оС ga teng bo‘lib, toshga aylanish temperaturasi 1050-1100 оС atrofidadir.
Yengil vaznli izolyatsiya g‘ishtini olishda lyoss, slanetsli tuproq, diatomit, trepel kabi plastik moddalar, bazalt, granit, diabaza, traxit, kabi tog‘ jinslari yoki domna toshqoli, issiqlik elektrostansiyalarining kullari kabi sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Mahsulot vaznida atom va malekulalar zichligini kamaytirish maqsadida esa gaz, ko‘pik, o‘tin, torf, qamish, xashak, alyuminat upasi, kanifol, sovun, vodorod peroksid kabilar massaga qo‘shiladi.
Serg‘ovak va serg‘ovak-ichi kovakli g‘ishtlar massaga pishirish temperaturasini kamaytiruvchi qum yoxud qipiq yoki kul va ko‘mir qo‘shish orqali olinadi. Granulometrik tarkibi asosan 0,05-0,005 mm dan iborat bo‘lgan lyosslarga daraxt chiqindisi yoki maydalangan ko‘mir qo‘shiladi.
Ichi kovak g‘isht yuqorida qayd qilganimizdek uvalanishga moyil, siqilishga chidamsizdir. Bu kamchiliklarni ularga kuchli plastik moddalar qo‘shish orqaligina bartaraf etish etish mumkin. Toshkent Kimyo–texnologiya instituti «Silikat materiallar texnologiyasi» kafedrasi olimlarining fikricha, bu maqsadlarda 10-15% miqdorda Keles bentoniti yoki Angren kaolinitini lyossga qo‘shish maqsadga muvofiq.
G‘ishtning silikat g‘ishti deb ataluvchi turini ishlab chiqishda esa ohaktosh va qum ishlatiladi. ishlatilayotgan kvars qumida kremniy (IY)-oksidining miqdori 90% dan kam bo‘lmasligi, ohak esa to‘yinmagan va so‘nmagan bo‘lishi kerak. 90-93% qum va 7-10% miqdorda ohak aralashtirilgandan so‘ng ohak baraban yoki silosxonalarda suv yordamida so‘ndiriladi.
O‘tga chidamli va yuzali g‘ishtlarning olinishida asosan tarkibida alyuminiy oksidi ko‘p bo‘lgan va kimyoviy formulasi gidroalyumosilikatga to‘g‘ri kelgan oq kaolin tuprog‘i hamda tog‘ jinslarining barcha turlari qo‘llaniladi. Masalan. Shamot g‘isht nomli o‘tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning temperaturaga chidamliligi 1580оС dan, undagi alyuminiy (III)-oksidining miqdori esa 28% dan kam bo‘lmasligi kerak.
ғisht ishlab chiqarish jarayoni murakkab bo‘lib, u bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Quyida berilayotgan oddiy va unumli g‘isht ishlab chiqarishning texnologik sxemasi bu haqda tushuncha hosil bo‘lishga yordam beradi.



Tuproqni qazib olish (ekskavator)



Qo‘shilma
(qum, toshqol, ko‘mir, qipiq)



Bug‘,suv









Tuproqni saqlash (qishda isitish)

Tayyorlash









Tuproqqa ishlov berish
(yashikli uzatgich, bulg‘alagiya, begun)

Dozalash

Dozalash




↓ ↓



Massa tayyorlash
(bir va ikki vali tuproq aralashtirgich)









g‘ishtni quyish
(lentali vakuum yoki vakuumsiz press)









Quritish
(aylanma yoki tunnel pechi )









Tayyor mahsulot ombori
(kran, konteyner)























g‘isht ishlab chiqarish kerakli xomashyo manbalari bor yerlarda amalga oshiriladi va ish xomashyoni bir yoki ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida qazib olishdan boshlanadi. So‘ngra tuproq 12 yoki undan ham ko‘p yuk ko‘taradigan KrAZ, BelAZ markali avtosamosvallarda tuproq saqlash omboriga jo‘natiladi va saqlanadi.
Xomashyoni maydalash jarayoni g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasining eng ahamiyatli jarayonidan biridir. g‘isht korxonalarida bu jarayon toshajratkich va silliq vali mashina (bulg‘alagichlar) yordamida bajariladi.
150-200 mm o‘lchamli bo‘lakchalar toshajratkich silindrlarida 12 mm gacha, silliq vallarda esa 3-4 mm gacha maydalanadi. Mexanik aralashtirgichlar yordamida tuproqqa qo‘shimcha moddalar va suv qo‘shiladi. Sanoatda keng tarqalgan SM-447A aralashtirgichda bir soat davomida 18 m3 moddani qo‘shish va namlash mumkin. Namlikning massada bir tekisda tarqalishi, tuproqning tez bo‘kishi uchun suv o‘rnida 0,5-0,7 atmosferali bug‘ ishlatilsa yaxshi natijalar berishi mumkin. Texnologlarning fikricha, 1000 dona g‘ishtga 100-150 kg bug‘ sarflash g‘ishtning markasining hech bo‘lmaganda 25 kg ga oshishini ta’minlaydi.
18-23% namlikdagi g‘isht massasi va vakuumsiz yotiq lenta presslarda 2-5 kg|sm2 li bosim ostida qoliplarga quyiladi. Vatanimizda keng tarqalgan, 420-700 mm simob ustuniga teng vakuumli va 100 kvt tok kuchi yordamida ishlaydigan SM-443A pressining unumdorligi soatiga 5000 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, qishtni yarim quruq presslash usuli bo‘yicha 100-150 atm bosim ta’sirida ham qoliplash mumkin. Bu holatda namligi 8-12% bo‘lgan tuproq ishlatiladi.
Nurli yoki rotatsion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g‘isht «avtomat-taxlagich» mashinalar yordamida quritish vagonchalariga joylanadi. Jumladan, «SM-562A» markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g‘ishtni taxlaydi, ya’ni ilgari 8-10 kishi bajaradigan ishni bir o‘zi bajaradi.
Xom g‘isht 6-9% namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operatsiya hisoblanib, g‘isht haftalab ochiq maydonlarda quyosh nuri yoki yonayotgan o‘tin yordamida quritilar edi. Hozirgi paytda g‘isht quritish jarayoni zamonaviy kamera yoki tunnel quritgiyalarda 90-120оС da quritiladi. Quritish vaqti ham bir necha marta qisqaradi: kamera agregatida 40-70 soatni, tunnel agregatida esa 15-40 soatni tashkil qiladi.
Quritilgan g‘isht quritgich vagonchalaridan olinib, maxsus vagon yoki xonalarga joylanadi va so‘ngra pishiriladi.
Qurilish g‘ishtini olish uchun ishlatiladigan shixta tarkibiga erish temperaturasi past bo‘lgan moddalarning kirishiga qaramasdan xom g‘ishtning pishishi va qattiq toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha (900-1100оС) qolmoqda. Shuning uchun g‘ishtlar maxsus o‘tdonda, ya’ni aylanma (halqasimon, ichida aylanma yo‘llar bo‘lgan) va tunnel pechlarida kuydiriladi yoki ularga avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O‘tga chidamli g‘isht tarkibiga erishi qiyin bo‘lgan kaolin tuprog‘i, temperaturaga temperaturaga chidamli tog‘ va sun’iy jinslar kirganligi sababli, ular kuydirilayotganda temperatura ancha yuqori (1350-1500оС atrofida) bo‘ladi va ular asosan tunnel pechlarida tayyorlanadi.
Hozirgi zamonaviy g‘isht kuydirish pechlari gigant inshootlardan biri bo‘lib, uning maydoni o‘n, hatto yuz m2 ni tashkil qiladi. Misol tariqasida aylanma (xalqasimon) pechning hajmi 950, tunnel pechining hajmi 315-440 m3 ni tashkil qilishini eslatib o‘tish kifoya. Bu pechlar elektr toki, gaz yoki mazut orqali isitiladi. Bunday pechlarning 1m3 hajmidan bir oyda 1500-5000 dona g‘isht pishirib olinadi. Bitta 100 m3 hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g‘isht mahsuloti 25 million donani tashkil etadi. g‘ishtlarni kuydirish vaqti 24 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. Xozirgi paytda silikat g‘ishtlar katta hajimli avtoklavlarda pishiriladi. Ishlov berishda bug‘ning temperaturasi 150-2000 С atrofda bo‘lib bosim 7-8 atm.ni. Avtoklavda ishlov beri shvaqti esa 14-16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum va ohak suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi, g‘ishtning mustahkamligini ta’minlovchi monokalsiygidrosilikat mineralini hosil qiladi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin