1. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Gazlift ko’targichlarning konstruktsiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə1/5
tarix01.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#170368
  1   2   3   4   5
10-MA\'RUZA


X ma’ruza. QUDUQLARNI GAZLIFT USULIDA ISHLATISH UCHUN JIHOZLAR


Reja:
1. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish
2. Gazlift ko’targichlarning konstruktsiyasi
3. Kompressorsiz gazlift usuli


Tayanch iboralar: gaz uzatgich, bosim ko’rsatgichi, dinamik sath, suyuqlikni ko’tarilishi, armaturа, manifol’d, anomal bosim.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 yil.

2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy qо‘llanma. Qarshi -2015 yil




1. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish

Quduq tubidan neftning yer ustiga ko’tarib berishda tabiiy energiya yetarli darajada bo’lmaganda, quduqlarning favvoralanishi tugaydi. Lekin favvoralanishning davom ettirish uchun quduqqa siqilgan gaz yoki havo NKQ – lar yordamida haydaladi. Gazning siqish jarayoni kompressor qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Bunday usulda quduqlarning ishlatishga kompressorli gaz lift usuli deyiladi.


Hozirgi vaqtda ishchi agent sifatida havodan foydalanish taqiqlangan, bunda aniq nisbatlarda uglevodorod gazlari va havo aralashmasi chegaraviy qiymatga yetganda portlovchi aralashma (portlovchi gaz) paydo bo’ladi, portlashga va yong’inga xavflidir.



1-rasm. Gaz havo ko’targichi.
a – ish boshlangunga qadar quduq holati; b – quduqning ish vaqtidagi holati.
Suyuqlikni ko’tarishda gaz quduqlaridan chiqadigan gazdan foydalaniladi yoki gaz uzatmaning yuqori qismidan foydalaniladi. Agarda gaz uzatmadan olinsa, u boshida gaz taqsimlagichga uzatiladi, undan keyin kon gaz uzatmasiga uzatiladi. Bu usul kompressorsiz gazlift deyiladi. Bundan tashqari quduq ichidagi gazdan foydalanish mumkin (2-rasm).

2-rasm. Quduq ichi gazlift sxemasi.
1-markaziy quvur; 2-klapan; 3-quvur orqa halqasi.

Agarda gaz qatlami neft qatlamidan yuqorida joylashgan bo’lsa, unda gazli suyuqlik aralashmasi markazdagi gaz quduqdan (2) klapan orqali ko’tariladi. U klapan pakerdan yuqoriga o’rnatilgan. Ortiqcha gaz quvur fazasi orqali (3) quvur orqali chiqariladi (15.2-rasm).


Klapan shunday shaklda hisoblanganki, u orqali kiradigan gaz va ko’targich ichidagi ichki bosim klapan orqali suyuqlikning markaziy quvuri orqali suyuqlikni quduq ustigacha va otma tizimga ko’tarilishini ta’minlaydi.
Kompressorsiz gazlift maqsadga muvofiq va tejamkor bo’lib, yuqori bosimdagi tabiiy gaz mavjud bo’lsa, tabiiy gaz energiyasidan neftni ko’tarishda va chiqqandan so’ng ham undan (isitishga, maishiy xizmatga, neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish) foydalaniladi.



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin