1. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Gazlift ko’targichlarning konstruktsiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə4/5
tarix01.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#170368
1   2   3   4   5
10-MA\'RUZA

1. Gazlift quduqlarining jihozlari

Gazlift quduqlarining ustiga o‘rnatiladigan armaturalar favvora armaturalariga o‘xshash bo‘ladi va bir qator maqsadlar uchun mo‘ljallanadi ya’ni, quduq ustini germetiklash, ko‘taruvchi quvurlarni osib qo‘yish va har xil jarayonlarni amalga oshirish hamda quduqni yuvish jarayoni va hakozo.


Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. Gazlift quduqlarini ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarini paydo bo‘lishi kuzatilsa, armaturaning usti qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik tozalash yo‘ li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari bilan ko`rashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi. Masalan, quvurlarning devori suyuq oynalar bilan qoplanganda yoki sirlangan quvurlar qo‘llanilganda silliq sirt yuzasida parafin ushlanib qolinmaydi. Gazlift quduqlarning ustki qismiga membranli boshqariladigan mexanizmli bosimni rostlovchi klapan o‘rnatiladi, quduqqa haydaladigan gazning bosimini doimiy saqlab turish uchun xizmat qiladi, chunki ba’zida magistral tizimlarda bosimning o‘zgarib turishi kuzatiladi, quduqning normal ish rejimi buziladi, ba’zida esa quduqni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Markazlashtirilgan gaz ta’minoti tizimlarining gaz taqsimlash punktlarida bosim rostlagichlar, har xil sarf o‘lchagichlar hamda bekitish armaturasi gazni taqsimlash punkti (GTP) o‘rnatiladi. Bunda gazlift quduqlarini ishini nazorat qilish va boshqarish markazlashtiriladi, ishonchligini va ularning xizmat qilish sifatini oshiradi.
Gazlift ishlatish sohasida eng muhim yutuqlaridan biri maxsus ekssentrik kameralarni nasos-kompressor quvurga o‘rnatilganligi va uning hisobiy chuqurlikga tushirilishdir. Bunday holatda gazlift klapanlari NKQ-lar orqali quduqqa tushiriladi va chiqarib olish uchun texnika va texnologiyalar yaratilgan bo‘lib, o‘zlashtirish jarayonida quvurlar birikmasi orqali ishga tushiriladigan klapanlar yoki ishchi klapanlar ishdan chiqqanda yoki singanda quvurlarni ko‘tarib olish shart bo‘lmaydi.
Quvurlar birikmasining hisobiy joylarida maxsus ekssentrik kameralar cho‘ntakli qilib o‘rnatiladi unga gazlift klapanlari kirgiziladi. O‘rnatilgan cho‘ntaklar orqali tushiriladigan klapanlarning yuqori va pastki uchlari neftga chidamli rezina bilan yoki to‘xtatish uskunasi orqali germetiklanadi. Bunday teshiklar orqali gaz quvurning orqa oralig‘idan o‘tkazilgan cho‘ntakka o‘tadi, undan keyin esa yon teshik orqali klapanga va uning egariga – nasos kompressor quvurlarga uzatiladi.
Ekssentrik kamera shunday shaklda bajarilganki, quvurlar birikmasining o‘tish teshigi va ularning o‘qlarini mosligi to‘liq saqlanib qolinadi. Ekssentrik kameraning yuqori qismiga (16.1-rasm) maxsus yo‘naltiruvchi vtulka o‘rnatiladi va yo‘naltiruvchi asbob orqali klapan tushiriladi, u egilganda o‘tkazilgan cho‘ntakka borib tushadi. O‘tkazilgan asbob da sharnirli birikma mavjud bo‘lib, undan keyin esa to‘g‘ri yo‘ naltiruvchi vtulkaga yo‘ naltirilgan bo‘ladi. O‘tkaziladigan asbob ning sharnirli birikmasida prujinali qurilmalar yordamida keskin burilish hosil qilinadi, tushiriladigan klapanning bo‘ylama o‘qi o‘tkaziladigan kameraning bo‘ylama o‘qi bilan mos keladi. O‘tkaziladigan asbob po‘lat arqon yordamida NKQ-ga tushiriladi. Po‘lat arqonning diametri 1,8 mm-dan 2,4 mm-gacha bo‘ladi.
Arqon texnikasi yordamida klapanlar xuddi shunday tartibda chiqarib olinadi. Buning uchun quduqqa ekstraktor tushiriladi va u borib ekssentrik kameraga tushadi, undan keyin esa ozroq ko‘tarilgandan keyin yo‘ naltiruvchi vtulkada klapanning o‘tkazish kamerasining tekisligiga yo‘ naladi.
Ekstraktor yo‘ naltirilgandan keyin uning zvenosi prujinaning ta’sirida bug‘imlarga bo‘linadi, klapanning tutqich boshchasi oldida kerakli holatni egallaydi. Tutqich prujinali moslamaga o‘tkazilgan ekstraktorning uchidan va klapanning tutqich boshchasidan shunday saqlab oladiki, ko‘tarilganda o‘tkazilgan kameraga klapanning o‘zi ajralib chiqadi.
Ekssentrik kameralardagi gazlift o‘lchash klapanlarni yoki gazlift klapanlariga oddiy bekitgichlarni birgalikda o‘rnatishda hamda quduqni uchirish yoki to‘xtatishga olib kelmasdan oldin OUG-80 * 350 gazlift qurilmasi quduq ustiga o‘rnatiladi.

1-rasm. Gazlift klapanini ekssentrik kameraning cho‘ntagidan arqonli texnika yordamida chiqarib olish operatsiyasining ketma-ketligi.

Maxsus quduq ustidagi gazlift qurilmasining diametri 80mm, 35 MPa bosimga hisoblangan va maxsus lubrikator konstruksiyasidir (16.2-rasm).


Gazlift armaturasining yuqori chorbarmoqi flanetsiga (1) yoki bufer qulfagining flanetsiga kichik o‘lchamli bekituvchi mexanizm qulli uzatmali (2) preventor o‘rnatiladi. Unda elastik (rezinali) bekituvchi elementlari bo‘ladi, uni yordamida quduqni bekitish mumkin. Preventorga tez olinuvchi birikma yordamida (3) lubrikator seksiyasi mahkamlanadi, uning yuqori uchida (4) salnik bo‘lib, (5) sim o‘tkaziladi yoki ingichka arqon va (6) rolik mavjud.
Armaturaning pastki uchiga (7) tortuvchi shkiv mahkamlangan, u orqali mexanik uzatma arqondan chig‘iriqqa va barabanga yo‘ naltiriladi. Lubrikatorga parallel holda uncha katta bo‘lmagan (8) machta mahkamlangan bo‘lib, (9) polispast (yuk ko‘taruvchi mexanizm) yukni ko‘tarishni osonlashtiradi hamda lubrikatorni yig‘ishni va ko‘tarilgan klapanlarni olishni qulay holatga keltiradi.

17.2-rasm. Arqonli texnika yordamida gazlift klapanlarni tushirish va ko‘tarishda qo‘llaniladigan quduq usti lubrikatori.
1-yuqori chorbarmoq; 2-qo‘l dastakli preventor; 3-lubrikator seksiyasi; 4-salnik; 5-simli uzatma; 6-rolik; 7-tortuvchi shkif; 8-olinuvchi machta; 9-polipast (yordamchi mexanizm); 10-datchik; 11-kabel.

Tortuvchi shkiv (10) mexanik datchik bilan bog‘langan, kanalga tortuvchi kuch va elektrik signal hosil qiladi, (11) kabel orqali indikator qurilmasiga uzatadi. Datchik arqon tortilganligini va gazlift klapani o‘rnatilgan kameradan qisib olinganligini va olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatadi. Umuman olganda arqonni tortishda arqon texnikasidan foydalanish va chuqurlikda o‘tkaziladigan jarayonlar haqida mulohaza yuritish mumkin. Shuning uchun arqonning tortilishini aniq bilish, arqonli texnikadan foydalanilganda uni uzilib ketishini oldini olishga muhim ahamiyat beriladi.


Chig‘iriq barabani uchun uzatma va yig‘ma turidagi gidravlik dvigateldan foydalaniladi, ish jarayonini aniq va bir tekis amalga oshirishni ta’minlashga ishiga e’tibor beriladi.
Gazlift klapanlari mikroavtobusning kuzoviga yoki maxsus ramaga o‘rnatilgan bo‘ladi yoki botqoqli territoriyalarga vertolyot yordamida ko‘chiriladi gidravlik chig‘iriq yordamida o‘rnatiladi va ko‘tarib olinadi.
Agregat UAZ-452 avtomobilning shossisiga o‘rnatiladigan moyli nasosdan iborat bo‘ladi va harakatni avtomobil dvigatelidan oladi, ikki tezlikli uzatmali gidravlik dvigatel, gidravlik jihozli tizimlar, qo‘shuvchi klapanlar va zolotnikli qurilma hamda chig‘iriqni boshqaradigan gidravlik boshqaruv tizimidan tashkil topgan. Kabinada operatorning oldi qismiga simlarni va quduq chuqurligini ko‘rsatuvchi boshqaradigan indikator o‘rnatilgan.
Chig‘iriqning gidravlik dvigateli nasos kabi to‘xtatish rejimida va kerakli klapanlarni to‘liq bekitib to‘xtatish rejimida ishlashi mumkin. Agregatdagi simning diametri 2,5mm bo‘lib, chuqurligi 4600 metrgacha bo‘lgan quduqlarda hamda simning diametri 1,8mm.li bo‘lib chuqurligi 7000 metrgacha bo‘lgan quduqlarda tadqiqot olib borishda qo‘llaniladi. Asbob larni ko‘tarish rejimini tezligi 0,2 м/сек-дан 1,6 м/sek-gacha o‘zgartiriladi. Chig‘iriq gidravlik dvigatelining nominal quvvati 27,2 kvt. Shesternali turdagi nasosning bosimi 13 MPa.gacha bo‘ladi, haydash quvvati 0,0025m3/sek (150 l/daq). Bundan tashqari zanjirli GAZ-71 traktorga o‘rnatilgan agregat varianti ham ishlangan.



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin