2. Quduqlarda, quduq usti boshchasida va quduq ichi jihozlarida suyuqlikning ko‘tarilishini tejamkor usulini tanlashni asoslash.
Konlardagi neftkondensat uyumlarini samarali ishlatishni ta’minlash uchun suyuqlikni ko‘tarilishini qatlam bosimining qiymatidan kelib asoslash talab qilinadi. Ko‘kdumaloq, Kruk, Shimoliy O‘rtabuloq konlari va boshqa konlar boshlang‘ich davrda qatlam energiyasining hisobiga favvora holatida ishlatilgan. Hozirgi paytda konni ishlatishda favvorali, gazlift usulida va SHCHNQlar yordamida ishlatilmoqda. Shuning uchun favvoralanish sharti bajarilmaganligi uchun (Kruk koni misolida) hisobiy yo‘ l bilan tasdiqlash kerak. Quduqning favvoralanish shartini amalga oshirish uchun favvoralanish minimal quduq tubining bosimiga hisoblanadi[5]. Quduqni favvoralanishi uchun samarali gaz omili yuqori bo‘lishi, eng so‘nggi o‘lchamda ko‘targichni optimal rejimda ishlashi uchun gazni solishtirma sarfiga teng bo‘lishi kerak.
(17.1)
Yuqoridagi (1) tengsizlik eng qulay variant bo‘lib, quduqlarni favvoralanishini ta’minlaydi hamda amaliyotda qo‘llash uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.
Samarali gaz omili quyidagi formula orqali aniqlanadi.
(17.2)
бу эрда: - erkin gazning hajmi, м3;
- ko‘targichning boshmoqidagi bosim, MPa;
– ko‘targichning boshchasidagi bosim. MPa;
- massali suvlanganlik.
Agarda yo‘ ldosh gazning tarkibida azotning miqdori 5 % dan kam bo‘lganda samarali gaz omilini aniqlash uchun (Kruk konida azotning miqdori 0,04 % ga teng) neftda gazni o‘rtacha eruvchanlik koeffitsientidan foydalanish mumkin.
Gazda azotning molyar ulushi 5 % yuqori bo‘lganda ajralib chiqadigan gazning hajmini aniqlash uchun katta yoki kichik bosimlarda murakkab bo‘lgan
17.3-rasm. Gazlift quduqlarining jihozlarini sxemasi:
1-favvora armaturasi; 2-quvurning orqa halqasi; 3-haydovchi chiziq; 4-burchakli rostlovchi shtutser; 5-paker; 6-mandrel; 7-gazlift klapani; 8-teskari klapan; 9-NKQ; 10-otma chiziq; 11-shtutser; 12-gaz ombori.
|
17.4-rasm. Quduq yer usti jihozining sxemasi:
|
14. Quvur plashkali otmaga qarshi preventor.
15. Shtutser chizig‘idagi monometr.
16. Shtutserli manifold.
17. Ajratgich.
18. Gazni tashlash chizig‘i.
19. Yuvish uchun otma chiziq.
|
8. Shaxta usti.
9. Gidravlik zulfin.
10. Qo‘rg‘oshinli bufer.
11. Universal otilmaga qarshi preventor.
12. Otma chiziq.
13. Yopiq plashkali otmaga qarshi preventor.
|
1. Preventorlarni boshqarish pulti.
2. Gidravlik chiziq.
3. O‘chirish chizig‘ini zulfini.
4. O‘chirish chizig‘ini monometri.
5. Mexanik zulfin.
6. Chorbarmoq.
7. 13 3/8” kolonna
|
empirik formulalardan foydalaniladi. Agarda qatlamda quduq tubida bosim Pqud.tubi to‘yinish bosimidan Ptuy kichik bo‘lganda, favvoralanish sharti quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
(17.3)
bu erda: G – gaz omili, м3/т;
α – neft gazni eruvchanlik koeffitsienti, ;
ва - neft va suyuqlikni zichligi, kg/м3;
d – favvora quvurini ichki diametri, mm;
– quduq ustidagi qarshi bosim, Ра;
H – NKQning birikmasining uzunligi, m.
Odatda NKQning boshmog‘i perforatsiya teshiklarining ustigacha tushiriladi, shuningdek boshmoqda bosim quduq tubidagi bosimga teng olinadi.
Agar bo‘lsa, favvoralanish quyidagi shart bo‘yicha aniqlanadi.
(17.4)
bu erda: H – ko‘targichning uzunligi bo‘lib, quduq ustidan bosim to‘yinish bosimiga teng bo‘lganda kesimgacha bo‘lgan masofa.
Bir fazali oqim zonasida ishqalanishni hisobga olmasdan
(17.5)
bu erda: L – quduqning chuqurligi.
shartidan kelib chiqib, quduq tubidagi bosimning pasayishi bilan H ko‘targichning uzunligi 5 nisbatga oshadi. Quduq tubining bosimini minimal qiymatida favvoralanish maksimal ko‘targichning H uzunligiga to‘g‘ri keladi, favvoralanishning so‘nggi bosqichi uchun (H) tenglikni echib -ni aniqlaymiz.
(17.6)
bu yerda:
ρс – gaz suyuqlik ko‘tarkichining uzunligi bo‘yicha suyuqlikning o‘rtacha zichligi.
Quduqning mahsuloti suvlanganligini hisobga olib suvning va neftning harakatlarini bir-biriga yaqin deb hisoblab, suyuqlikni zichligini aniqlashda mahsulotning massali suvlanganligidan foydalanib, ρс –ni aniqlaymiz.
(17.7)
Neftning o‘rtacha zichligi
(17.8)
Favvoralanishni minimal quduq tubi bosimi (17.8) formuladan hisoblangandan keyin (17.7) formuladan quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi.
(17.9)
(17.9) formulaga kiruvchi suyuqlikning zichligi quduq tubi yaqinida quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
(17.10)
Neftda gazni eruvchanlik koeffitsientining kerakli kattaliklarini hisoblashda berilgan texnologik parametrlarning nisbatlariga qarab baho beriladi.
(17.11)
bu erda: G – gaz omili, м3/т;
– gazli neft zichligi, kg/м3;
– to‘yinish bosimi, MPа.
17.1-jadval.
Favvoralanish shartining hisobiy natijalari.
№
|
Quduqning
chuqurligi, L, m
|
Quduq ustidagi
bosim Pqud.usti kg/cm2
|
To‘yinish bosimi
Pto‘y, kg/cm2
|
Gaz omili G, m3/t
|
Qatlam neftening
zichligi ρn qat, t/m3
|
Gazli neftning
zichligi, ρng, t/m3
|
Suvlanganlik
ns, %
|
Suyuqlik zichligi
ρj, t/m3
|
Gazning neftda
erishi α, Pa-1
|
Quduq tubidagi minimal bosim
Pqud.tubi min, , kg/cm2
|
1
|
2605
|
26,6
|
69,0
|
112,9
|
0,801
|
0,870
|
90
|
0,619
|
1,444
|
195,8
|
2
|
2420
|
0,2
|
69,0
|
14,7
|
0,801
|
0,870
|
50
|
0,648
|
0,188
|
136,8
|
3
|
2430
|
37,3
|
69,0
|
414,9
|
0,801
|
0,870
|
50
|
0,502
|
5,308
|
144,4
|
4
|
2438
|
29,3
|
69,0
|
8,4
|
0,801
|
0,870
|
60
|
0,813
|
0,107
|
229,5
|
5
|
2430
|
44,0
|
69,0
|
144,9
|
0,801
|
0,870
|
75
|
0,680
|
1,854
|
209,3
|
6
|
2434
|
30,3
|
69,0
|
76,8
|
0,801
|
0,870
|
65
|
0,684
|
0,983
|
192,8
|
7
|
2430
|
9,2
|
69,0
|
15,9
|
0,801
|
0,870
|
35
|
0,746
|
0,203
|
175,8
|
8
|
2426
|
54,4
|
69,0
|
57,6
|
0,801
|
0,870
|
80
|
0,793
|
0,737
|
248,5
|
Yuqoridagi formulalar bo‘yicha konning haqiqiy ma’lumotlari asosida olingan natijalarni 17.1-jadvalda keltirilgan. 17.1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, favvoralanish uchun o‘rtacha minimal qatlam bosimi 192 kg/м2 ni tashkil qilishi kerak. Kon bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi 176 kg/м2 ni tashkil qiladi va favvoralanish sharti bajarilmaydi. Shuning uchun qazib oluvchi quduqlarning optimal ishini ta’minlash uchun mexanizatsiyalashgan usullarni qo‘llash mumkin.
Xulosa
Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. Gazlift quduqlarni ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarni paydo bo‘lishi kuzatilsa, armaturaning usti qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik tozalash yo‘li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari bilan ko`rashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi.
Nazorat savollari.
1. Gazlift usulini qo‘llashni mohiyatini tushuntirib bering?
Gazlift usulida quduqlarni ishlatishda qanday konstruksiyasidan foydalanamiz?
Gazlift quduqlarida quduq usti jihoziga qo‘yilgan talablarni tushuntirib bering?
Gazlift quduqlarni kompressorsiz ishlatish sxemasini aytib bering?
Favvora armaturasi qanday vazifalarni bajaradi?
Dostları ilə paylaş: |