Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə73/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Majmua

Nasadkali kolonnalar
Nasadkali kolonnalar konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda bo‘lib, silindrik vertikal jihoz. Butun balandligi bo‘yicha yoki alohida qismlarida ma’lum o‘lchamdagi va konfiguratsiyali jismlar inert materialdan yasalgan nasadkalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Nasadkalar pastga tushadigan suyuqlikni va yuqoriga ko‘tarilayotgan bug‘ni intensiv aralashtirishga hamda kontakt yuzasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Kontakt va massa almashinuv kolonnada jihozning barcha qismida to‘xtovsiz amalga oshadi. Tarelkali va nasadkali kolonnalarning farqi shunda.
Nasadkali kolonnalarning ko‘ndalang qismida yuqoridan pastga tushayotgan suyuqlikning barobar taqsimlanishiga erishib bo‘lmaydi. Kolonnaning diametri katta bo‘lganda suyuqlikning barobar taqsimlanishi yomon bo‘ladi. Bu jihozlarda fazalarning kontakti yetarli darajada emas. Shuning uchun fazalarni aniq ajratib bo‘lmaydi.
Neftni qayta ishlash Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar)olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi. Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 1823-yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi.
Neftni haydash usullari
Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi:

  • benzin 28—180°,

  • ligroin 110—230°,

  • kerosin 120—315°;

  • gazoyil 230—330°;

  • solyar 280—380°;

  • moy 320—500°.

Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya ustunining oʻrta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin