«tasdiqlayman» Markaz direktori A. Ibragimov


Kursning maqsadi va vazifalari



Yüklə 31,17 Kb.
səhifə2/8
tarix21.12.2023
ölçüsü31,17 Kb.
#188341
1   2   3   4   5   6   7   8
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-hozir.org

Kursning maqsadi va vazifalari


Kursning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs tinglovchilari o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari va pedagogik dasturiy vositalar yordamida elektron o‘quv resurslar yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish.

Kursning vazifalari:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari fan o‘qituvchilarining axborot-kommunikasiya texnologiyalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari fan o‘qituvchilarining o‘quv jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llay olish kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Kurs bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:

Tinglovchi:
- zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ularning turlarini;
- multimedia va uning tashkil etuvchilarini;
- virtual borliq va unda qo‘llanadigan texnologiyalarni;
- kompyuter tarmoqlarini va uning turlarini;
- internet tarmog‘ining asosiy xizmatlarini;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarini;
- mobil ta’lim va ommaviy onlayn ochiq kurslarni bilishi;


Tinglovchi:
- zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanish;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarida ishlay olish;
- internet tarmog‘ining asosiy xizmatlari va resurslaridan foydalana olish;
- ziyonet.uz ta’lim portalida va ta’limga oid internet saytlaridaishlash ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

Tinglovchi:
- o‘quv jarayonida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish;
- dars ishlanmalarini yaratishda multimedia imkoniyatlarini qo‘llash;
- mashg‘ulotlarni tashkil etishda internet tarmog‘ining asosiy xizmatlaridan foydalanish;
-multimedia va uning texnik-dasturiy vositalaridan foydalanish;
- ziyonet.uz ta’lim portali va ta’limga oid internet saytlari imkoniyatlaridan foydalangan holda darslarni tashkil etish malakalarga ega bo‘lishi;


Tinglovchi
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 31,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin