2-Mavzu. “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimida elektron jurnal bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar. Televideniyeda berilayotgan “Online-maktab”, “Online-to‘garak”, “Online-repititor” va “Kasbiy rivojlantirish kursi” resurslaridan matematika fanini o‘qitish jarayonida samarali foydalanish. (2 soat)
O‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarga, onlayn ta'lim vositalari va ota-onalar bilan muloqot qilishning zamonaviy usullari.
http://online-maktab.uz/ sayti bilan ishlash. Online-to‘garak (https://t.me/s/onlayn_tugarak) telegram kanali bilan ishlash. “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari bilan ishalash va “Kasbiy rivojlantirish kursi” resurslaridan matematika fanini o‘qitish jarayonida samarali foydalanish.
3-Mavzu. Matematika fanini o‘qitishda amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalarini qo‘llash. O‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda elektron ko‘rgazmali didaktik materiallarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari. (2 soat)
Matematika fanini o‘qitishda amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalarini qo‘llash. Pedagogik faoliyatni rivojlantirishda elektron o‘quv va didaktik tarqatma materiallarni yaratish usullari (Edraw Max dasturi va boshqalar). Еdraw Мах dasturida dastlabki grafik shakllar yaratish. Еdraw Мах dasturining grafik imkoniyatlari. Еdraw Мах dastur muhiti elementlari. Еdraw Мах dasturida Edit menyusi. Еdraw Мах dasturida File menyusi. Еdraw Мах dasturida Geometry kategoriya ob’ektlari. Еdraw Мах dasturida Help menyusi. Еdraw Мах dasturida Helpers kategoriya ob’ektlari.
4-Mavzu. Matematika darslarida Geogebra 2D va Geogebra 3D ilovalari imkoniyatlaridan foydalanish. iSpring Suite dasturi yordamida elektron didaktik materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari. (2 soat)
GeoGebra - bu dunyodagi eng mashhur bepul matematik dastur. Matematik darslik yordamida siz ko'plab foydali narsalarni bajarishingiz mumkin: funktsiyalarni tahlil qilish, grafikalar tuzish, muammolarni hal qilish, funktsiyalar bilan ishlash va hk.
Umumta’lim maktablari uchun joriy etilgan multimedia vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish. Multimedia maxsulotlaridan foydalanishning tashkiliy pedagogik hamda metodik asoslari. Multimedianing tarkibiy tuzilishi, undan dars jarayonida foydalanish shakl va usullari. Multimedia vositalarini kompyuterga o‘rnatish va unda ishlash. O‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda test tuzishga mo‘ljallangan amaliy dastur imkoniyatlaridan foydalanish (iSpring QuizMaker, Eassyquiz, Hotpototes va boshqa dasturlar yordamida). Interaktiv elektron testlar yaratish.
Multimediali elektron testlar va 3D kitoblar yaratish texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |