Kursni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar: O‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash kursi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
- nazariy mashg‘ulotlarda o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash haqida ma’lumotlar beriladi;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarida ishlay olish;
- amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalar hamda amaliy dasturlardan foydalanish o‘rgatiladi.
Kursning o‘quv rejadagi boshqa kurslar bilan bog‘liqligi va uzviyligi Kurs mazmuni o‘quv rejadagi “pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorat”, “Mutaxassislik fanlar” bloki o‘quv kurslari bilan uzviy bog‘langan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Kursning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Asosiy qismda (nazariy) fanning mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha tinglovchilarga yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning davlat talablariga va ta’lim tizimi ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Kursning ta’limdagi o‘rni Tinglovchilarni ta’limda axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan tanishtirish, amalda qo‘llash va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash.
1.3. Matematika fanini o’qitishda AKT dan samarali foydalanish (14 soat)