5-Mavzu. Matematika fanidan masofali o‘qitishni tashkil qilish usullari. Masofali o‘qitishni tashkil etish platformalari. Elektron kurslarni tashkil etishda foydalaniladigan Google Classroom, Moodle platformalari imkoniyatlari. (2 soat)
Masofaviy ta'limni tashkil qilish. Masofaviy o'qitishni tashkil etish masofaviy o'qishni tashkil etish bosqichlari. Moodle masofadan o'qitish tizimi. Edmodo masofadan o'qitish tizimi. Google Classroom masofaviy o'qitish tizimi. Masofadan o'qitish maqsadlari. Masofadan o'qitish komponentlari. Masofaviy ta'limning tipik muammolari.
Pedagog kompetentligini oshirishda internet tarmog‘i va uning imkoniyatlari. Internet ta’lim resurslari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish. Ziyonet.uz ta’lim portali va ta’limga oid saytlardan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning imkoniyatlari. Elektron pochta serverlarida ishlash. Masofaviy o‘quv kurslarida ta’lim olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (masofa.uz, intuit.ru, infourok.ru va boshqa).
Elektron kurslarni tashkil etishda foydalaniladigan Google Classroom, Moodle platformalari imkoniyatlari. Google Classroom - Google Apps ta'lim foydalanuvchilariga qo'shilishi mumkin bo'lgan maktablar uchun mo'ljallangan o'quv xonasi.
6-Mavzu. Videokonferensiya shaklida muloqot qilish uchun Zoom, G Suite (Hangouts), Microsoft Teams platformalari imkoniyatlari. Ochiq matematik ta’lim resurslari. Coursera, edX, Ixl, Khan Academy hamda mahalliy ochiq onlayn kurslardan foydalanish. (2 soat) Masofaviy ta’limni tashkil etishda zoom dasturi imkoniyatlaridan foydalanish. Zoom dasturidan ro’yxatdan o’tish bosqichlari. Elektron pochta orqali zoom dasturiga kirish. Zoom dasturidan foydalanishni sozlash.
G Suite (Hangouts), Microsoft Teams platformalari imkoniyatlaridan foydalanish.
Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari.
Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bo'yicha kurs tizimlarini o'tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o'qibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera OOOK testlar va imtihonlar topshiradilar.
Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasiga matematika fanidan yordam berish uchun «YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirgach, bu sayt tezda ommalashib, mashhur bo'lib ketgan. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma'ruzalar bor. Ulardan ko'pchiligi rus tilida ham mavjud.
EdX ta'lim platformasi (4-rasm). Uni Garvard Universiteti hamda Massachusets texnologiya instituti birgalikda “barcha yoshdagilar va turli millat vakillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta'lim olishlari uchun” notijoriy tashkilot sifatida tashkil qilishgan.
Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru Oliy ta'lim va ikkinchi oliy ta'limni olish imkoniyati mavjud bo'lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.