Tasdiqlayman” Nammqi akademik litsey Aniq fanlar kafedrasi mudiri N. Husanova ’’ 20 yil


Tugri burchаkli uchburchаkdа tоmоnlаr bilаn burchаklаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr



Yüklə 7,27 Mb.
səhifə15/24
tarix20.09.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#145658
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
1-kurs geometriya konspekt

Tugri burchаkli uchburchаkdа tоmоnlаr bilаn burchаklаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr. АВS - tugri burchаkli uchburchаk bulib, uning tugri burchаgi S va А uchidаgi utkir burchаgi gа tеng bulsin. ( chizmа). Tа’rifgа kurа burchаkkа yopishgаn kаtеtning gipоtеnuzаgа nisbаti cos gа tеng.
 burchаkning sinusi dеb (sin bilаn bеlgilаnаdi) burchаk kаrshisidа yotgаn ВS kаtеtning АВ gipоtеnuzаgа nisbаtigа аytilаdi:
sin = ВS : АВ.
 burchаkning tаngеnsi dеb (tg bilаn bеlgilаnаdi) burchаk kаrshisidа yotgаn ВS kаtеtning yopishgаn АS kаtеtgа nisbаtigа аytilаdi:
tg = ВS : АS
Burchаkning sinusi va tаngеnsi, kоsinusi singаri, burchаkning fаkаt kаttаligigа bоglik.

α burchаk kаrshisidаgi kаtеt gipоtеnuzа bilаn sin ning kupаytmаsigа tеng а= s sin
α burchаkkа yopishgаn kаtеt gipоtеnuzа bilаn cos ning kupаytmаsigа tеng в = s cos
α burchаk kаrshisidаgi kаtеt ikkinchi kаtеt bilаn tg ning kupаytmаsigа tеng. а = в tg



Tasdiqlayman”


NamMQI akademik litsey
Aniq fanlar kafedrasi mudiri
____________ N.Husanova
_____’’________________20__yil.

DARS REJASI





Guruhlar



















Dars o’tilagan sana






















19-MAVZU
Fales teoremasi. Burchakka bog’liq proporsional kesmalar

1.1. O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli



O’quv soati: 80 daqiqa

O’quvchilar soni:25-30

O’quv mashg’uloti shakli

Nazariy va amaliy–tо‘liq о‘quv mashg‘ulot

Мashg’ulot rejasi

1. Fan bo’yicha qisqacha ma’lumot
2. Mavzu bo’yicha misollar ishlash.
3. Mavzu bo’yicha misollar ishlash..

O’quv mashg’ulotining maqsadi:
A.Ta’limiy maqsadi:

  • Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash;

  • Matematikaning ijtimoiy mohiyati haqida kengroq tushuncha berish;

  • Talabalarga yangi mavzu haqida ma’lumotlat berish va ularning fikrlash doirasini kengaytirish

B. Tarbiyaviy maqsadi:

  • Milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish;

  • Mutahassislikka qiziqishni , mas’uliyat his-tuyg’ularini shakillantirish;

  • O’quvchilarda insonparvarlik, mehr-shavqat tuyg’ularini shakillantirish

V. Rivojlantiruvchi maqsadi:

  • O’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish

  • Mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondashishga yo’naltirish

O’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritish ko’nikmalarini shakillantirish

Pedagogik vazifalar:

  • Fan bo’yicha qisqacha ma’lumotlar berish;

  • Mavzu haqida tushunchalar berish;

  • Mavzu elementlarini tushuntirish;

  • Mavzu mazmunini to’la tushuntirib berish;

  • Mavzuga doir masala misollar ishlash;




O’quv faoliyatining natijalari:

  • Fan haqida tushunganlarini gapirib beradilar;

  • Mavzu haqida tushunchalarni aytib beradilar;

  • Mavzu haqida ma’lumotlar beradilar;

  • Mavzu mazmunini to’la tushuntirib beradilar;

  • Mavzuga doir masala misollar ishlash;

O’qitish metodlari

Мa’ruza, mashq, amaliy ish usuli, yo’riqnoma berish.



O’qitish vositalari

Мa’ruza matni,kodoskop,slaydlar, tarqatma materiallar, klaster

O’quv faoliyatining tashkil etish shakllari

Ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

O’qitish shart –sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya.

Qaytar aloqa usul va vositalari

Og’zaki nazorat: Savol-javob,
Yozma hazorat: amaliy vazifalarni bajarish.



Amaliy darsning texnologik xaritasi



T/r

Mashg’ulot
bosqichlari

Ajratilgan
vaqt

Mashg’ulot
mazmuni

Ta’lim
Metodlari

Ta’lim
Vositalari

1

Tashkiliy qismi

5-daqiqa

Davomad olish.
Talabalar formalariga
etibor berish.
Xona ozodaligi.

Yo’qlama,
tekshirish,
kamchiliklarni
bartaraf qilish.

Jurnal, bo’r
Doska daftar
O’quv quroli

2

Kirish qismi

10-daqiqa

Mavzu bilan
tanishtirish.
O’tilgan mavzuni
So’rash.

E’lon,
Tezkor savol-
Javoblar o’tkazish.

Doska, bo’r,
tarqatma materiallar,
ko’rgazmalar.

3

Yangi mavzuning
bayoni

40-daqiqa

Mavzuni talabalarga
mukammal tarzda
tushuntirish.

Tushuntirish.
suhbat.
Taqqoslash.
Amaliy ishdan
Foydalanish.

O’quv qo’llanma
Darslik. Kompyuter texnikasi.
Slaydlar .



4

Mustahkamlash.
(Qo’llash)

20-daqiqa

Mavzuga oid
malumotlarni takrorlash tushunchalar berish,
xulosalash.

Blits
So’rov, yakka
va ommaviy
izoh berish.

Tarqatmalar.
Test materiallari.



5

Yakuniy qism

5-daqiqa

Baholarni e’lon qilish,
Uyga vazifalar berish.

Og’izaki
e’lon qilish
Savol-javob

Jurnal,daslik ,
Kompyuter texnikasi.

Kesmalarning nisbat. Proporsional kesmalar
1. Kesmalaming nisbati. Bizga o'zaro parallel l1 va l2 to'g'ri chiziqlar hamda ularni kesuvchi a to'g'ri chiziq berilgan bo'lsin (71- rasm).
Agar kesuvchi a to'g'ri chiziq, l1 va l2 to'g'ri chiziqlarni A va B nuqtalarda kesib o'tsa, l1 va l2 parallel to'g'ri chiziqlar a to'g'ri chiziqdan AB kesma ajratadi deb aytiladi.
Uchta l1, l2 va l3 parallel to'g'ri chiziqlar a to'g'ri chiziqni A, B, C nuqtalarda kesib, AB va BC kesmalar ajratsin (72- rasm).
Agar AB = BC bo'lsa, parallel to'g'ri chiziqlar a to'g'ri chiziqdan teng kesmalar ajratadi deb aytiladi.
Teorema. Agar a || b bo'lib, l1, l2 va l3 parallel to'g'ri chiziqlar a to'g'ri chiziqdan teng kesmalar ajratsa, b to'g'ri chiziqdan ham teng kesmalar ajratadi.



T a ' r i f. Ikki kesmaning nisbati deb, ular bir ismli birliklar bilan ifodalanganda, ulardan bin ikkinchisidan necha marta katta yoki kichikligini ko 'rsatuvchi ismsiz songa aytiladi.
2. Proporsional kesmalar.
Ta'rif. Agar bo'lsa, u holda AB va BC, va kesmalar proporsional kesmalar deb ataladi. Bu kesmalarning uzunliklarini ifodalovchi sonlar proporsional sonlar bo’ladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. AB bilan CD va EF bilan MN kesmalar bir-biriga proporsional kesmalar. Agar AB = 5 sm, CD = 80 mm, MN = 1 dm bo'lsa, EF ni toping.

  2. Uzunliklari quyidagicha bo'lsa, a bilan b va c bilan d kesmalar proporsional bo'ladimi:

  1. a = 1,6 sm, b = 0,6 sm, c = 4,8 sm, d = 1,8 sm;

  2. a = 50 sm, b = 6 dm, c = 10 dm, d = 9,5 dm?

5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
Fales teoremasi
Agar burchak tomonlarini kesuvchi parallel to'g'ri chiziqlar uning bir tomonidan teng kesmalar ajratsa, ular ikkinchi tomonidan ham teng kesmalar ajratadi.
Isbot. A1, A2, … An-1 va B1, B2, B3, ..., Bn-1, Bn - uchi O nuqtada bo'lgan burchakning a va b tomonlarini mos ravishda l1, l2 l3, ..., ln parallel to'g'ri chiziqlar bilan kesishgan nuqtalari bo'lsin (74- rasm).
Teorema shartiga ko'ra A1A2 = A2A3 = A3A4 = ... = An-1An bo'lsin. Unda B1B2 = B2B3 = B3B4 = ... = Bn-1Bn ekanini isbot qilishimiz kerak.
Teoremani A1A2, A2A3, va BlB2, B2B3 bo'laklar uchun isbot qilish yetarli. Burring uchun B2 nuqtadan a to'g'ri chiziqqa parallel o, to'g'ri chiziqni o'tkazamiz. Bu to'g'ri chiziq A1B1 va A3B3 to'g'ri chiziqlar bilan mos ravishda C1, C2 (C2= B2) va C3 nuqtalarda kesishsin. Awalgi isbot qilingan teoremaga asosan A1A2 = C1B2 va A2A3 = B2C3 bo'ladi. Bundan esa C1B2 = B2C3 ga ega bo'lamiz, chunki teorema shartiga ko'ra A1A2 = A2A3
Endi B1B2C1 va B2B3C3 uchburchaklarni solishtiramiz. Bu uchburchaklarda B1B2C1 = B3B2C3, chunki ular vertikal burchaklar. Shuningdek, B1C1B2 = B3C3B2 ular A1B1 va A3B3 parallel to'g'ri chiziqlarni ax to'g'ri chiziq kesib o'tganda hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar.
Demak, B1B2C1 va B2B3C3 da bittadan tomonlari, ya'ni C1B2 = B2C3 (isbotga ko'ra) va unga yopishgan burchaklar mos ravishda teng. Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatiga ko'ra bu uchburchaklar o'zaro teng: B1B2C1 = B2B3C3. Bundan B1B2 va B2B3 mos tomonlarning teng-ligi kelib chiqadi. Demak, B1B2 = B2B3.
Qolgan kesmalarning tengligini yuqoridagiga o'xshash isbot qilish o'quvchining o'ziga havola qilinadi.

Eslatma! Fales teoremasi shartida burchak o'rniga har qanday ikki to'g'ri chiziqni olish mumkin bo'ladi, bunda teoremaning xulosasi ilgarigicha qoladi:

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin