Nazorat savollari 1. Genetikaning rivojlanish bosqichlarini izohlang
2. Azot aoslarini tushintiring
3. Xromosomalar tuzilishiga izoh bering
Foydalanilgan adabiyotlar 1. P.X.Xoliqov. A.O.Daminov. M.B.Tarinova. Tibbiy biologiya va umumiy genetikaToshkent 2018yil.
2. P.R. Olimxo‘jayeva, D.R. Inog‘omova. Tibbiyot genetikasi. Toshkent - «Ilm ziyo» - 2017
3. Jalolov G’.J. Boboyyeva R.N. “Bialogiya” Toshkent. O’qtuvchi. 2003 y
4. G’ofurov A.T. Nosirov O.N. Maktab “Biologiya” kursida tabiat muhofazasi
Toshkent. O’qituvchi 1985 y
Internet manbalari www. ziyouz kom kutubxona
http:// ziyonet uz
http:// uzedu uz
http:// nambiolog uz
5-mavzu: Organizmning individual rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Ontogenez. Reja 1.Ontogenezning turlari
2.Ontogenezning davrlari
3. Ontogenez mexanizmlari Barcha tirik mavjudot uzlariga xos bulgan xayotni yashaganlaridan sung ulimga maxkumdirlar. Ulgan organizmlar urniga yangi organizmlar vujudga keladi. Xar bir jonzotga uziga uxshagan organizmni yaratish, zurriyot koldirish xususiyati xosdir, shu tufayligina mavjudotlar olami saklanib koladi. Organizmlarning kupayishi evalyusion tarzda takomillashib boruvchi jarayon bulib, bu jarayonda tirik mavjudotlar turli usulda kupayadi, ya’ni jinssiz va jinsiy yul bilan kupayishi mumkin.
Jinssiz kupayish. Jinssiz kupayish eng sodda, evolyusiya jarayonidagi ilk bor paydo bulgan kupayish usuli bulib, bu kupayishda bitta organizm ishtirok etadi. SHu organizm uz avlodlariga barcha xususiyatlarini deyarli uzgarmagan xolda utkazadi. Jinssiz kupayishning bulinish, endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, sporogoniya va vegetativ kupayish xillari farklanadi.
Jinssiz kupayishning bulinish usuli bir xujayrali organizmlarga, xos bulib, bu kupayish organizmning mitoz yuli bilan kupayishidir. Bulinish natijasida xosil bulgan ikki avlod (xujayra) urtasida genetik axborot va ichki tuzilmalar tengma-teng taksimlanadi. Xosila organizm (xujayra) usadi va kayta bulinishga tayyorlanib, sung yangi organizmni yaratadi.
Endogoniya —bu organizm (xujayra) ning aloxida ichki kurtaklanishi bulib, ona xujayradan ikkita kiz organizm xosil buladi, ya’ni bir ona xujayra ichida, uning umumiy xujayra kobigi ostida ikki kiz xujayra shakllanadi, shunday kilib ona xujayra fakatgina ikki avlod beradi. Bu usulda, masalan bir xujayrali parazit — toksoplazmaning kupayishi ruy beradi.
SHizogoniya. Ayrim bir xujayralilarda, masalan, bezgak plazmodiysining jinssiz kupayishi shizogoniya yadroning kup marta bulinish usuli bilan kechadi. Xujayra (organizm) shizogoniya bilan kupayganda, dastavval uning yadrosi birin-ketin kup marta bulinadi, xujayra sitoplazmasi esa bulinmaydi — sitokinez ruy bermaydi. Sungra, ona xujayra ichidan xar bir xosila yadro,_bulinib ketgan, mayda sitoplazma bilan uraladi — bir kancha kiz xujayra (organizmlar) paydo buladi.
Kiz xujayradagi irsiy informatsiya belgilari ona organizmi belgilariga monand ravishda buladi. Odatda, bu xildagi kupayish jinsiy kupayish bilan davom etadi.
Spora xosil kilish (s p o p o g o n i ya). Bu xildagi kupayish ayrim usimlik va bir xujayrali mavjudotlarning kupayish usuli xisoblanadi.
Masalan: bezgak plazmodiysi va toksoplazma sporogoniya usulida kupayadi. Spora — bu kupayish jarayonini ta’minlovchi va tashki ta’sirdan saklanish uchun kobikka uralib olgan xujayralar tuplamidir. Jinssiz kupayishning bir xili bulgan sporogoniyani ayrim bakteriya ( yoki bir xil xujayrali organizm- masalan, ichak balantidiysi, lyambliya) larning spora xosil kilishidan farklamok lozim, bu organizmlar uchun sporalanish kupayishi uchun emas, balki nokulay sharoitdan saklanishi uchun xizmat kiladi.
Kurtaklanish usuli bilan kupayishda ona organizmi (xujayra) da yadroning bir kismini tutgan sitoplazmatik dumbokcha - kurtak paydo buladi, dumbokcha usadi va ona organizmi kismidan ajraladi. Ayrim bakteriyalar, achitki zamburuglari va surgichli infuzoriyalar shu zaylda kupayadi, kup xujayrali organizmlardan esa bu kupayish gidra uchun xosdir.
Masalan gidralarning kurtaklanib kupayishida ona organizimi xujayralari tuplamidan iborat kurtak xosil buladi va sung u ajralib, aloxida organizmni yaratadi. Kurtaklanib kupayish (masalan gidralarda) jinsiy kupayish bilan almashinib turadi.
X,alkali va kiprikli chuvalchanglar tanasi ma’lum kismlarga bulinib xar bir kism uz navbatida vegetativ yul bilan yangi organizm xosil kilishi mumkin.
Organizmlarning jinssiz kupayishining yana bir xili poliembrioniya deyiladi, bunda rivojlanayotgan organizm embrioni bir necha bulakka bulinib, xar kaysi embrion bulagidan aloxida organizm rivojlanadi. Poliembrionaya ayrim xasharotlarda (yaydokchi, ari) va sutemizuvchilar (egizaklar) da uchraydi. Bir tuxumli egizaklarning xosil bulishini poliembrioniya uchun yakkol misol kilib kursatish mumkin.
Jinsiy kupayish. Jinsiy kupayish natijasida genetik axborotning almashinuvi, xosila individda yangi genetik tuplamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda uzgargan biologik xususiyatga ega bulgan ya’ni ota-ona organizmiga karaganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi. Mana shunga kura xam jinsiy kupayish biologik jixatdan xam afzal va mukammallashgan organizmlarning kupayish xili xisoblanadi. Jinsiy kupayish odatda ikki jinsiy xujayra — gametalarning kushilishi bilan ruy beradi. Jinsiy kupayishning gametalarning kushilishi bilan sodir bulishi xam, evolyusion tarzda, asta - sekinlik bilan yuzaga kelgan.
Jinsiy kupayishning eng kadimiy — ibtidoiy kurinishi plazmogamiya xodisasida namoyon buladi. Plazmogamiyada (ayrim amyobalarda sodir buluvchi) ikki xujayra kushilib ikki yadroli tuzilma xosil kiladi. Kiska muddatdan sung xujayra sitoplazmasi kayta ikkiga bulinadi xar bir xosila xujayra avvalgi yadrolardan biriga ega buladi. Xar bir amyobaning sitoplazma tarkibi aralashgan, ya’ni ikkita kushilgai amyoba sitoplazmasidan iborat buladi, shu sitoplazma maxsulotining aralashishi bilan xosil bulgan individ — amyoba uzgacha xususiyatlarga ega buladi.
Jinsiy kupayishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruxga ajratish mumkin: konyugatsiya, kopulyasiya.
Kon’yugatsiya bakteriya va infuzoriyalarga xos bulgan kupayish usulidir. Odatda kiprikli sodda xayvonlar oddiy bulinish bilan kupayadi, bunday kupayishdan keyin jinsiy kupayish — kon’yugatsiya sodir buladn. Ma’lumki, infuzoriyalarda makro (katta) va mikro (kichik) nukleolalar mavjud. Kon’yugatsiya boshlanganda ikki infuzoriya bir - biriga yakinlashib juftlashadi — bunda xujayralararo tutashtiruvchi tortma (sitoplazmatik kuprik) xosil buladi. YAdrolardagi murakkab jarayonlar xisobiga makronukleus yukoladi, mikronukleusning bulinishi natijasida ikkita kichik yadroning shakllanishi ruy beradi. Mana shu-yadrolarning biri xarakatchan, ikkinchisi turgundir. Konyugatsiya xisobiga bir infuzoriyadan ikkinchisiga xarakatchan kichik yadro utadi va u turgun yadro bilan kushiladi — sinkarion ruy beradi natijada boshkacha sifatga ega bulgan, yangilangan yadro xosil buladi. Ushbu yadrodagi uzgarishlar nixoyasida xar bir infuzoriyada yana makro va mikronukleus shakllanadi. Infuzoriylar bir - biridan ajralib yangi belgi xususiyatga ega bulgan organizm xosil buladi. Konyugayiya jarayoni bakteriyalar uchun xam xosdir. Konyugatsiyalashgan ikki bakteriyaning sitoplazmatik tutashtiruvchi tortmasi orkali aosiy genetik material nukleoidga yopishib DNK orkali bir xujayradan ikkinchisiga utadi va uning xususiyatini shu DNK ga xos ravishda uzgartiradi.
Jinsiy kupayishda erkak va urgochi jinsiga mansub, gaploid xromosoma tuplamiga ega bulgan jinsiy xujayralar uzaro kushiladi. Bunday kupayish — g a m e t o g a m i ya deyilib u evolyusiya tarakkiyoti davomida murakkablashib borgan. G ametogamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Kopulyasiyali va kopulyasiyasiz gametogamiya.
Jinsiy kupayishning kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy xujayralarning xosil bulishi va ularning kushilib, yangi sifatga ega xujayra — zigotaning xosil bulishi bilan ruy beradi. Evolyusiya tarakkiyoti jarayonida urgochi va erkak jinsiga mansub xujayralararo farklanish kuchayib boradi.
Uz navbatida kopulyasiya bilan ruy beruvchi gametogamiyaning 3 xili: izogamiya, geterogamiya va oogamiya tafovut kilinadi.
Izogamiyada xosil bulgan jinsiy xujayralar katta - kichikligi va shakliga kura bir - biridan farklanmaydi. Bu usul bilan ayrim bir xujayrali organizmlar (xlamidomonada va b.) kupayadi. Ulardan xosil bulgan gaploid xromosoma tuplamiga ega bulgan izogameta 2 ta xivchinga ega buladi, shu xujayralarning kushilishi natijasida zigota xosil buladi.
Geterogamiya (anizogamiya) bir kator suv utlari va xivchinlilarga xosdir. Ularda ikki xil: xarakatchan mayda gametalar — mikrogameta va xarakati sust yirikrok — makrogameta xosil buladi, bu gametalar xivchinlarga egadir. SHunday kilib ilk bor bir - biridan farklanuvchi jinsiy xujayralar paydo buladi. Ayrim organizmlarda katta va kichik gametalar xamda ikkita kichik gameta uzaro, kushilishi xam mumkin, demak, bu organizmda anizogamiya bilan bir katorda izogamiya xam saklanib koladi. Boshka xivchinlilarda makro va mikro gameta kushiladi va anizogamiya ruy beradi.
Oogamiya - kopulyasiya bilan buladigan gametogamiyaning eng yukori shakli bulib, bunda yirik gameta xarakatchan emas — bu urgochi gameta, ya’ni tuxum xujayradir, ikkinchi gameta esa mayda xarakatlantiruvchi xivchinga ega — bu erkak jinsiy xujayrasi — spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy xujayralar maxsus a’zolarda (xayvonlarda urugdon va tuxumdonlarda) xosil buladi.
Kupgina usimliklar va deyarli barcha xayvonlar oogamiya yuli bilan kupayadi.
Kopulyasiyasiz gametogamiya kam uchraydi. G ametogamiyaning bu xilida jinsiy xujayralar xosil buladi ammo ularning uzaro kushilishi ruy bermaydi. Bunday kupayishning 3 xili tafovut kilinadi: partenogenez, ginogenez va androgenez.
Partenogenezda yangi avlod uruglanmagan tuxum xujayrasidan rivojlanadi, partenogenez tabiiy va sun’iy buladi
Uz navbatida tabiiy partenogenezning mukarrar (obligat), fakultativ va siklik xillari tafovut kilinadi.
Mukarrar partenogenezda xayvonlar (usimlik biti, sodda kiskichbakasimonlar, ayrim balik va sudralib yuruvchilar) kuygan tuxumi uruglanmasdan turib yangi organizm xosil buladi. Bu xosil bulgan organizmlarning barchasi urgochi buladi. Bunday kupayish bir-biri bilan uchrashishi kiyin bulgan (masalan kavkazning koya kaltakesaklari) mavjudotlarda namoyon buladi. Bu turda ruy beradigan ushbu obligat partenogenez tur ravnaki uchun maksadga muvofik kupayish usulidir.
Fakultativ partenogenez ayrim xasharotlar (ari, chumolilar) da kuzatiladi. Ularning uruglanmagan tuxumidan erkak organizmlar uruglangan tuxumlaridan esa urgochi organizmlar rivojlanadi.
Siklik partogenezda mukarrar partenogenez kupayish bilan bir katorda, populyasiyadagi erkak va urgochi organizmlardan jinsiy kupayish xam sodir buladi. Masalan ayrim sodda kiskichbakasimonlar (dafniyalar) asosan, partenogenez bilan kupayadi. Ularda kuz faslida erkaklari paydo bulib jinsiy kupayish xam ruy beradi.
Sun’iy partenogenezda tuxum xujayrasini turli omillar (kislota, kuchsiz elektr toki va b.) bilan kdtikdash natijasida shu gametadan etuk organizm xosil kilishga erishiladi. Ushbu usul bilan ninaterililarda, chuvalchang, shilikkurt, xasharotlarda xatto sutemizuvchilarda xam sun’iy partenogenezga erishilgan. Sun’iy partenogenez dastavval A. D. Tixomirov (1885 yilda) tomonidan ipak kurtining kapalaklarini etishtirishda kullanilgan
Ginogenez partenogenezga yakin bulgan kupayish usulidir. Bu jinsiy kupayishda spermatozoid tuxum xujayrasiga kiradi, ammo spermatozoid va tuxum xujayra yadrolari uzaro kushilmaydi. Spermatozoid tuxum xujayrasiga kirib unga ta’sir etadi — «kitiklaydi», uzi keyingi jarayonlarda ishtirok etmaydi — yuk bulib ketadi. Bu tuxum xujayralardan yangi organizm xosil buladi. Ginogenez ayrim baliklarda uchraydi. Spermatozoid va tuxum xujayra yadrosi bilan kushila olmaydigan darajada birorta ta’sir utkazib, sung tuxum xujayrasini uruglantirish bilan sun’iy usulda ginogenez paydo kilish xam mumkin.Androgenez usulida kupayish ginogenezga uxshasada, ammo tuxum xujayrasiga kirgan spermatozoid yadrosi tuxum xujayra yadrosi bilan kushilmaydi tuxum xujayraning yadrosi yukolib, spermatozoid yadrosi saklanib koladi.Kupayishning androgenez usuli A. Astaurov (1937 yilda) tomonidan kashf etilgan. U ipak qurtituxum xujayrasining yadrosini xarorat ta’sirida nobud kilib, uni sun’iy uruglantirgan. Natijada xujayraning sitoplazmasi ona xujayraniki, yadrosi esa ota xujayraniki bulib kolgan, ushbu zigotadan erkak organizm rivojlangan. Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga boglikdigini xamda sitoplazmaning belgilari yuzaga chikishidagi rolini aniklashda muxim usul xisoblanadi.Tulakonli jinsiy kupayish - bu erkak va urgochi jinsiy xujayralarining xosil bulishi bulib, u tuxum xujayrasiga spermatozoid kirib, ikkala gameta yadrosining kushilishi bilan boshlanadi.
G ametalarni xosil kiluvchi urgochi va erkak organizmlari bir-biridai turli belgilari bilan farklanadi, ya’ni u ikki organizmda jinsiy dimorfizm mavjuddir. Ayrim organizmlarda xam tuxum, xam spermatozoid etishtirib beruvchi a’zolar mujassamlangan buladi, bunday organizmga germog’izdit organizm deyiladi, parazit yassi chuvalchanglar shunday toifadagi organizmlardir.
Jinsiy xujayralar — gametalar jinsiy a’zolarda birlamchi jinsiy xujayralardan xosil buladi. Birlamchi jinsiy xujayra uta erta — individ embrion tarakkiyotining dastlabki pallasida (kiskichbakasimonlar, bakalarda — maydalanish davrida, sutemizuvchilarda organogenez boshlangan boskichdayok) xosil buladi.
Organizmda jinsiy xujayralar — gametalar, birlamchi jinsiy xujayralarning tarakkiyoti va etilishi — gametogenez jarayonida yuzaga keladi. G ametogenezda xosil bulayotgan xar bir jinsiy xujayra murakkab meyotik bulinish jarayonining maxsuli xisoblanadi.