Ontogenezning davrlari. Ontogenez jarayoni ikki davrga bulinadi: Prenatal (tugilishdan oldin ) Postnatal (tugilishdan keyin) Prenatal davr uz navbatida ikkiga bulinadi: Proembrional (progenez) jinsiy xujayralar va ularning rivojlanishi (gametogenez) davri; Embrional—jinsiy xujayralar uruglanib zigota xosil bulishidan boshlab to yangi avlodning paydo bulishi davri. Odamlarda ontogenezning prenatal (tugilgunga), perinatal (xomila rivojlanishining 28 xaftasidan tugilgandan keyingi 7-kunigacha), neonatal (tugilgandan keyingi 28- kungacha ) va postnatal davrlari tafovut kilinadi. SHu bilan birga, reproduksiyada (nasl koldirishda) katnashish darajasiga karab ontogenezning kuyidagi davrlari mavjud: Reproduksiyadan oldingi davr - bu davr definitiv fenotip rivojlanishi davri xam deyiladi va uz ichiga embrional rivojlanish va yuvenil ontogenezni oladi. Reproduktiv etuklik davri Postreproduktiv - bu davr menopauzadan boshlanib, reproduktiv xususiyat susayib borishi bilan boradi. Embrional davrning tugash vakti ontogenezning turiga boglik bulib, lichinkali turda, lichinkaning tuxumdan chikishi bilan, ona kornida rivojlanuvchi turlarda esa tugulish vakti bilan tugaydi. Embrional davr uruglanish (zigota), maydalanish, blastula, gastrula, gisto va organogenez boskichlariga bulib urganiladi.
Urug’lanish - bir kator biologik omillarning birgalikdagi ta’sirlarda erkak va urgochi jinsiy xujayralarning kushilishidir. Sutemizuvchilarda juda kup spermatazoidlar urgochi organizmning jinsiy yuliga tukiladi. Spermatozoidlarning bunday kup bulishi ularning saklanishi uchun muxit yaratilishini, ya’ni tushgan joydagi kislotali sharoitni ishkoriy darajaga keltirishini, xamda uzga organizmdagi immun ta’sirning bulmasligini ta’minlaydi. Spermatazoidlar urgochi organizm jinsiy yulining ma’lum bir darajadagi suyukligiga karshi (reotaksis) va tuxum xujayra joylashgan tuxum yuli tomon, tuxum xujayrasining mos moddasini sezgan xolda (xemotaksis) 2-4 mm/min tezlikda xarakat kiladi. Spermatozoidning siljishi fakat uzining xarakati tufayligina bulmasdan, bachadon va tuxum yullari mushaklarining kiskarishi xisobiga xam ruy beradi.
Sutemuzuvchilarda uruglanish bachadon nayining yukorigi (1/3) kismida ruy beradi. Uruglanish jarayonida ikki boskich tafovut etiladi:
Spermatozoidning tuxum xujayrasi kobigi orkali kirishi va gametalarning uzaro kushilishi (singamiya);
Jinsiy xujayralar yadrolarining kushilishi (kariogamiya).
Sutemizuvchilarda va odamda uruglantiruvchi spermatazoid tuxum
xujayraning yaltirok kobik va plazmatik membranani urab turuvchi bir necha kator follikulyar xujayralarini teshib utadi
Sutemizuvchilarda uruglanish jarayoni: a) spermatozoidning tuxum xujayraga kirishi (singamiya); b) spermiya boshchasi kattalashib birlamchi yadroga aylanadi; v) xar ikki yadro kobigi yukolib ular uzaro kushiladi (kariogamiya); g) birlamchi maydalanishning boshlanishi.
Tuxumga yakinlashgach spermatazoid uz akrosomasidagi gialouro- nidaza fermenti va boshka biologik faol birikmalar (spermalizin) xisobiga uning murakkab kavatlariga ta’sir etib, yul ochadi. Tuxum xujayraning spermatazoid tekkan yuzasida uruglanish dumbogi xosil buladi, bu dumbok soxasida ikki jinsiy xujayraning sitoplazmatik membranasi kushiladi va spermatazoid boshchasi buyinchasining bir kismi bilan tuxum xujayraga kiradi (70-rasm). Sung spermatozoid va tuxum xujayraning yadrolari -pronukleuslarining zich xromatin iplari echila boshlaydi. Xar bir pronukleusning yadro kobigi parchalanib ketadi, pronukleuslar bir biriga yakinlashib jipslashadi, shu tarzda ota-ona xromasomalari aralashadi. Xujayra diploid xolini tiklaydi va maydalanishga tayyor xujayra - zigota xosil buladi.
Tuxum xujayraning metobolizmi uruglanish davrida jadallashadi, unda sintetik jarayonlar faollashib, sintetik faoliyatning kuchayishi bulinish jarayonini ta’minlash uchun kerakli oksillar va DNK ishlab chikarishga karatilgan buladi.Zigotada oksillar jadal ravishta sintezlanadi,bu oksillar sintezi uchun ovogenez jarayonida sintezlangan i-RNK matritsa bulib xizmat kiladi, lekin shu bilan birga yangi RNK xam sintezlanadi.Maydalanish. Embriogenezda murtak xujayralarining mitoz yuli bilan kayta- kayta bulinishi maydalanish deyiladi. Maydalanish boskichida bulinayotgan xujayralarda bulinish oldidan usish kuzatilmaydi, shu xisobiga murtakning tana xajmi uzgarmaydi, xosila xujayralar bulinish ruy bergan sari maydalashib boradi va xujayralar bir-biriga zich joylashgan buladi. Maydalanish jarayonida xosil bulayotgan xujayralar blastomerlar deb nomlanadi.
Odam zigotasi bir necha bor sinxron ravishda bulingandan sung bir tuda xujayralar tuplami morula xosil buladi. Maydalanish boskichida buladigan uzgarishlarning biologik axamiyati kuyidagilardan iborat: Reduplikatsiya siklining takrorlanishi va DNK taksimlanishi natijasida zigota genomi kupayadi (reduplikatsiyalanadi). Sitotomiya natijasida yadroning bulinishi xisobiga murtak bir xujayralikdan kup xujayralikga aylanadi. Maydalanayotgan xujayralar orasida bushlik - blastotsel paydo bulib maydalanish xisobiga blastula shakllanadi. Blastula kup xujayralipufaksimon murtak uning devori blastoderma xayvon turiga xos ravishda bir kavatli yoki kup kavatli xujayralar blastomerlardan iborat.
Uruglangan tuxum xujayrasining bulinishi tuxum xujayrasidagi sariklik va uning sitoplazmada tarkalishiga boglik ravishda ruy beradi:
Oligoletsital tuxum xujayrasining maydalanishi bir tekis tula goloblastik buladi. Bunday maydalanish lansetnik va sutemizuvchilarga xos
Teloblastik tuxum xujayrasida sariklik bulinish botiklarining butun zigota buyicha davom etishiga xalakit beradi natijada animal kutbda bulinish jadalrok boradi bunday bulinish meroblastik maydalanish deyiladi.
Meroblastik maydalanishda animal kutbda mayda xujayralar (mikromerlar), vegetativ tomonda esa yirik xujayralar (makromerlar) vujudga keladi. Sariklik ustida blastotsel paydo bulib blastula xosil kiladi Blastula sfera shaklida bulib, uning devori bir kavat blastomerlar xosil kiladi va blastoderma deb ataladi. Blastula organizmning bir kavatli boskichidir. Blastula xujayralari dastlab faol bulmasdan keyinchalik ular funksional va morfologik takomillashadilar.
Radial lansetnik
Spiral yassi va yomgir chuvalchanglari, moll yus kal ar
3. BilateralTugarak chuvalchanglari4. AnarxikSutemizuvchilar, nematodalarrasm. Goloblastik maydalanish.Ayrim sudralib yuruvchi va kushlarga xos uta teloletsital tuxum xujayralarida maydalanish animal kutb soxasidagi disksimonBilateralBoshoyokli mollyuskalarDiskodialBaliklar, reptiliyalar, kushlarYUzakiX,asharotlarrasm. Meroblastik maydalanishMaydalanishda kuyidagi jarayonlar yuzaga keladi:Zigota genotipining kupayishi;Murtak bir xujayralilikdan kup xujayralikka aylanadi;YAdro va sitoplazma nisbati tiklana boshlaydi;Sitoplazmatik segregatsiya jarayoni jadallashadi;Blastomerlarning mozaikasi urnatiladi;Maydalanishning tuxum xujayradagi sariklik va yadroning joylashuviga boglikligi Saks—G ertvich koidasi deyiladi:
YAdro xar doim sitoplazmaning sariklik bulmagan joyining markazini egallaydi;
Uzun bulinish duki iplari sitoplazmaning sariklik yuk joyidan utadi;
Gastrulyasiya. Bu xomila varaklarining (ektoderma, endoderma, mezoderma) xosil bulishi bulib, ikki boskichda boradi. Uning birinchi boskichi gastrula bulib, u xomilaning 2 varakali davri xisoblanadi.
G astrulyasiyaning bu jarayoni murakkab bulib, blastula xujayralarining siljishi va uzaro ta’siri natijasida ikki kavatli murtak xosil kiladi.
Bu kavatlar ektoderma va entoderma embrion varaklari bulib, ularda uchinchi embrional varak-mezoderma xosil buladi. Mezoderma xayvonlarda ikki xil - teloblastik, enterotsel yul bilan xosil buladi. Odamlarda mezoderma enterotsel yul bilan, birlamchi ichakdan yon usimtalar chuntakchalar xosil bulishi xisobiga shakllanadi. Birlamchi ichakdan ajralib chikkan chuntaklar ekto va entoderma orasiga usib kiradi va mezodermaga aylanadi
G astrulyasiyaning 4 ta tipi tafovut kilinadi.
Invaginatsiya (botib kirish)Epiboliya (urab ketish)Immigaratsiya (kuchib urnashish)Delyaminatsiya (katlamlarga ajralish)
Izoletsital tuxum xujayrali organizmlarda gastrulyasiya invaginatsiya, delyaminatsiya va immigratsiya usulida, teloletsital tuxum
xujayralilarda esa epiboliya usulida boradi. Odamda gastrulyasiya delyaminatsiya (blastomera trofoblast va embrioblast xujayralariga bulinadi) va immigratsiya (ayrim xujayralar) blastoderma ichiga kuchib utishi bilan kechadi. Gastrulyasiya jarayonida, xujayra materialining kayta taksimlanishi xisobiga bulajak a’zolar paydo bulishiga asos solinadi (73-rasm). Zamonaviy izlanishlarning kursatishicha, aynan shu boskichda murtakda birinchi marta katta konsentratsiyada oksillar borligi aniklangan, bu oksillar voyaga etgan organizmda xujayra ixtisoslashuviga xizmat kilishga karatilgandir. Masalan, gemoglobin va muskul tukimalari oksili mioglobin sintezining boshlanishini kursatsa buladi. Xujayralarning ixtisoslashuvi uch xil buladi:
BiokimyoviyMorfologikFiziologik
Xosil bulgan murtak varaklari rivojlanayotgan organizmning tukima va a’zolari xosil bulishi uchun asosiy manba bulib xizmat kiladi (74-rasm). Embrional varak tuzilmalarining xar biri kupgina a’zolar (tukimalar) uchun asos bulsa xam ammo bir a’zo (tuzilmaning) shakllanishida boshka varak xam ma’lum darajada ishtirok etadi. Xujayra varaklarini urganishda rus olimlari K.F. Volf, K.M. Ber, I.I. Mechnikov va O.A. Kovalevskiylarning xizmati katta.
Tukimalarning xosil bulishi gistogenez, a’zolarning shakllanishi jarayoni organogenez deyiladi, bu jarayon embrional varak xujayralarning murakkab uzaro ta’siri ularning kupayishi, usishi natijasida ruy beradi. Gastrulyasiya natijasida blastula xujayrasining kamida 2 kavat (embrional kavat) ga ega bulgan murtak shakllanadi. Xujayralarning siljishi davom etadi. Xujayralar orasida shunday munosabat yuzaga keladiki, buning natijasida ularning uzaro ta’siri (induksiyasi) namoyon buladi. Bu uzaro ta’sir a’zolar sistemasining shakllanishida muxim axamiyatga ega buladi. Demak, gastrulyasiya jarayonidagi xosila xujayralar uzaro ta’sir etib, organizmning turli kismlarini xosil etuvchi manba tuzilmalarining shakllanishini ta’min etadi (75-rasm).
Gastrotselning yukori tomoni (kopkogi) ni xosil kilgan xorda mezoderma tuzilmasi ektodermaga ta’sir etib, ektodermaning ma’lum kismida xujayralar tuplami (nerv plastinkalari) shakllanadi, bu nerv plastinkasi keyinchalik kirralari bilan uzaro yakinlashib tarnovsimon kurinishga ega buladi va ektodermadan ajralib nerv nayiga aylanadi (neyrulyasiya). Nerv nayi keyinchalik markaziy nerv sistemasini xosil kiladi. Demak, ektodermadan nerv tukimasi, terining epidermis kavati uning xosilalari rivojlanadi. Endodermada murtakning uzunasiga buylab xujayra tuplami vujudga kelib undan ajraladi va xorda xosil buladi. Xorda yukori tarakkiy etgan mavjudotlarda yukolib ketadi. Endoderma ichak va sariklik endodermasini beradi, undan uz navbatida ichak endodermasining oshkozon-ichak yuli epiteliysi, yirik bezlar (jigar, oshkozon osti bezi) nafas a’zolari xamda ularning xosila bezlari rivojlanadi.
Demak, endoderma kavatidan nafas olish sistemasi, xazm kilish sistemasi, siydik tanosil sistemasining koplovchi epiteliysi, jigar va me’da osti bezi xosil buladi. Embrional varaklar: nerv nayi va xorda organizm kismlari xosil bulishi uchun manba tuzilmalari bulganligidan ular murtak ning uk (asosiy) a’zolari deyiladi.
Mezodermaning uzi ayrim segmentlashgan kismlar—somitlarga ajraladi. Mezodermadan xosil bulgan somitlar 5 xil buladi:
Miotom (kundalang—targil mushak tukimasi xosil kiluvchi);
Sklerotom (togay, suyak va biriktiruvchi tukima xosil kiluvchi);
Dermatom (teri biriktiruvchi tukimasini xosil kiluvchi);
Nefrotom (siydik—tanosil a’zolarini xosil kiluvchi);
Splanxnotom (selom epiteliysi, sillik mushak, biriktiruvchi tukima xosil kiluvchi); Organogenez asosan embrional davr oxirida yakunlanadi, lekin a’zolarning shakllanishi va takomillashuvi postnatal davrda xam davom etadi.
Murtakning rivojlanishi davomida tukima va a’zolar paydo bulishi xamda ularning mukammallanishini ta’minlashda embrionning muvakkat (provizor) a’zolari muxim axamiyatga ega. Xrmila xar xil turdagi ontogenezlarda turli sharoitlarda rivojlanadi, ana shu sharoitlarga moslashish uchun xomilada vaktincha faol bulgan provizor a’zolari mavjud buladi. Murakkab tuzilgan umurtkalilarda provizor a’zolardan amnion, sariklik xaltachasi, allantois, xorion va platsenta (yuldosh) buladi. Provizor a’zolar xomiladan tashkari a’zolar bulib, muxit bilan alokani ta’minlaydi va vaktincha faoliyat kursatadi. Amnion (suvli parda) ektodermadan rivojlangan tuzilma bulib, butun murtakni va uni uragan suyuklikni koplab turadi, shu sababli amnion kavat murtakni yuvib turadi, metabolizmda katnashadi, murtakni kurib kolish va shikastlanishdan saklaydi. Sudralib yuruvchilar, kushlar va sutemuzuvchilarda amnion kavat bulganligidan ular amnionlilar, tugarak ogizlilar, baliklar va amfibiyalar esa amnionsizlar guruxiga kiradi.
Lichinkasiz rivojlanish xarakterli bulgan baliklar, amfibiyalar, reptiliyalar va kushlarda provizor a’zo—sariklik xaltasi buladi, baliklarda uchala embrion varak xam shu kopcha xosil bulishida ishtirok etadi. Sudralib yuruvchilar va kushlarda sariklik xaltasining ichki kavati ektodermadan tashkisi esa mezodermadan rivojlangan. Sutemizuvchilarda sariklik xaltasining rivojlanishida mezoderma va entoderma ishtirok etadi. Sariklik xaltasi birlamchi jinsiy xujayra xosil bulishi uchun manba xisoblanadi, u kon tomirlarga boy, uning fermentlari uzidagi sariklikni parchalab, undagi ozuka moddalarni kon tomirlar orkali murtakga etkazishni ta’minlaydi. Bundan tashkari sariklik xaltasi kon xosil kiluvchi birlamchi a’zo xisoblanadi xamda nafas olish va ayirishda xam ishtirok etadi. Odamlarda sariklik xaltasi reduksiyaga uchrab, yuldosh tarkibiga kiradi.
Allantois endoderma xosilasi bulib, murtak metabolizmi moddalari (mochevina va siydik kislotasi) ni chikarishda ishtirok etadigan xamda gazlar almashinuvi ruy beradigan provizor a’zodir. Odamda allantois rivojlanmagan. Xorion parda ektoderma xosilasi bulib, murtakdan tashkaridagi eng yuza joylashgan kavat xisoblanadi, xorion murtak va uning atrofidagi muxit urtasida moddalar almashinuvini ta’minlaydi. Sutemizuvchilarda xorion bolaning yuldoshi xosil bulishida ishtirok etib, murtakni ozuka va xavo bilan ta’minlash, ayirish xamda gormon xosil kilish kabi muxim vazifalarni bajaradi. Sutemizuvchilarda xorion surgichlari bachadon devori shillik kavati bilan tutashib ketadi, bu joy bola urni yoki yuldosh deyiladi. X,omila yuldosh bilan kon tomirlarga boy bulgan kindik orkali boglangan. Ona koni xomila koni bilan aralashmaydi.
Sutemizuvchilarda yuldosh tuzilishiga ya’ni ona konini xomila konidan ajratuvchi kavatlarga karab xar xil: epitelioxorial, sindesmoxorial, endotelioxorial va gemoxorial tiplarga bulinadi. Odam uchun gemoxorial tipdagi yuldosh xos bulib, xorion ona koni bilan tulgan bushlikda yotadi.
Yuldosh xamma xomila kavatlarining xosilasi bulib, u xomilaning umumiy rivojlanishini ta’minlaydi, bunda u xomilani ozik moddalar va kislorod bilan ta’minlab, unda xayot faoliyati jarayonida xosil buladigan chikindi maxsulotlaridan tozalaydi, shu xisobiga u trofik, ekskretor va nafas olish vazifalarini bajaradi. Yuldoshda xorion gonodotropin, progesteron, somatotropin, mammatropin gormonlari sintezlanadi. Xorion epiteliy xujayralari va kon tomirlar devori xujayralaridan maxsus xujayraviy tusik (barer) xosil kilib ximoya kilish vazifalarini utaydi. SHuning xisobiga onaning konidagi mikroorganizmlar va kupchilik moddalar xomila koniga uta olmaydi, ammo yuldosh kuyidagilar: alkogol va nikotin, bir kator dorivor moddalar, yot oksillar, antitanalar, zaxarli moddalar uchun barerlik vazifasini bajara olmaydi. Yuldoshning barerlik fuksiyasining buzilishi xomila normal rivojlanishining buzilishiga, natijada xomiladorlik patologiyasiga olib keladi. SHu sababli yuldoshning barerlik vazifasini urganish tibbiyotda muxim axamiyatga ega.
Ontogenez mexanizmlari. Rivojlanish biologiyasining muxim vazifalaridan biri - bu dastlabki xujayradan kanday kilib bir-biridan, aksariyat xollarda, tubdan fark kiluvchi xujayralar xosil bulishi sir - asrorlarini va differensiatsiyalanish jarayonining umumiy konuniyatlarini urganish xisoblanadi. Differensiatsiyallanish rivojlanishning barcha boskichlarida ruy beradi.
Organizmni tashkil etgan turli - tuman xujayralarning manbai—uruglangan tuxum xujayra - zigota xisoblanadi. Zigota uz tabiatiga kura kelgusida organizmning xar xil sifatdagi xujayralarini (ulardan tashkil topgan tukima va a’zolarni) bera oladigan xususiyatga ega bulgan xujayra bulganligidan xam u totiopotent xujayra xisoblanadi. Zigotaning bunday totiopotentliligi, ya’ni uruglangan tuxum xujayraning bir xil genetik xususiyati bir necha bor bulinishdan sung susayadi va keyingi bulinishlarda boshkacha sifatdagi xujayra xosil bulishini takozo etadi. Bu xolat shu bulinayotgan xujayradagi ruy bergan farklanish (differensiatsiyalanish) ning natijasi xisoblanadi. Differensiatsiyalanish natijasida odam organizmida 200 dan ortik maxsuslashgan xujayralar xosil buladi.
Inson kim bulishidan va kaysi vaktda yashashidan kat’iy nazar doimo mukarrar bulgan karish va ulim xakida fikr yuritgan. Azaliy, insonning karishi va ulimi xakidagi uyi, odam ruxining abadiyligiga ishonchni mustaxkamlaydi. Xozirgi vaktda inson oldida karish jarayonining asl-tub moxiyatini bilish va shu jarayonni yuzaga keltiruvchi omillarni anglash xamda inson umrining bokiyligini ta’minlash muammolari kabi masalalar kundalang turibdi. Karish va ulim - bu barcha tirik mavjudodlarga xos bulgan biologik konuniy jarayondir. Kurrai zaminda yoshi ulug odamlar sonining ortib borishi (1975-yilda axolining 8,5 % ini katta yoshdagilar - 60 yoshdan kattalar tashkil etgan bulsa, 2000-yilga kelib, 11,2 % ni tashkil etgan) shu xisobiga ma’lum darajada ayrim siyosiy-ijtimoiy muammolarni xal etishni takozo etadi.
Karilik xakidagi ta’limot - gerontologiya (grekcha geron - kari) organizm karishining molekular darajasidan to butun bir organizm darajasigacha ruy beruvchi asosiy konuniyatlar bilan shugullanadi. Keksa organizmning xususiyati va unda kasallikning yuzaga chikishi, kechishi, kasallik davosi xamda uning oldini olishni geriatriya urganadi.
Gerontologiyaning vazifalari, fakatgina, karish jarayonining asl tub moxiyatini urganish, muddatidan ilgari karishning oldini olish va umrni ma’lum darajada uzaytirishgina bulib kolmay, balki katta yoshdagi odamlarning ijtimoiy va mexnat faoliyatida faol ishtirok etishini, ya’ni xayot faoliyatida mukammal faol ishtirokini ta’minlashdan iborat tibbiy, biologik va sotsial muammolarni xal etishdir.
Karish va karilik. Ulim - bu biologik xolat sifatida. Karilik individual rivojlanishning boskichi bulib, bunda organizmning tashki kurinishi, emotsional xolati va jismoniy xolatida uzgarishlar kuzatiladi.
Azaldan ma’lumki, organizmning yoshi xamma vakt xam uning fiziologik xolati bilan mos bulmaydi; organizmning uz yoshi - kalendar yoshi (xronologik) va biologik yoshi mavjuddir. Biologik yosh organizmning biologik imkoniyatining vakt utishi bilan namoyon bulish xususiyatidir. Organizm xayotida yoshga karab uzgarish turlicha tezlikda kechadi. YOshga karab uzgarish - karishning boshlanishi va shu jarayonnig tez yoki sust kechishi bilan organizmning biologik yoshi belgilanadi. Biologik yoshni aniklashning umumiy mezonini ifodalash kiyin bir ilmiy yunalishlardan xisoblanadi. CHunki bir organizmning turli sistemalarida karish jarayoni bir xil kechmaydi. Masalan, ayollar menopauzasi 35-55 yoshda, suyakdagi karishning dastlabki belgisi 25-35 yoshda, dastlabki soch okarishi 25-50 yoshda ruy beradi. Biologik yosh necha yil umr kurishning, ish faoliyat darajasining, organizm sogligining kursatkichi bulishi mumkin. Odam yoshi va biologik yosh (kursatkichlar) ning uzaro takkoslanishi karish jarayonining kay darajada ruy berganligini kursatadi. Biologik yosh kalendar yoshdan kam bulsa, bu shaxs uzok umr kuradi, aksincha bulishi esa organizmning tez kariyotganligini bildiradi.
Odam organizmining xayot faoliyatida shunday davr borki, shu davrning kanday kechishiga karab undan keyingi xayot boskichidagi biologik yoshi belgilanadi. Bu organizmning kaltis davri klimaksdir. Klimaks - bu organizm reproduksiya faoliyatining susaya boshlanishidan to uning butunlay sunishigacha bulgan davrdir. Klimaks ikkala jinsga xos bulib, endokrin sistemada chukur (uzgarishlar ruy beradi va barcha ichki sekretsiya bezlariaro mutanosiblik yangidan bunyodga keladi. Organizm reproduksiya faoliyatining sunganligidan karimaydi, balki karilik jarayoni natijasida reproduksiya faoliyati sunadi. Klimaks jarayoni ayollarda 2-8 yil, erkaklarda 10-15 yil davom etishi mumkin. SHu davr ichida organizm xar xil (diabet, xafakon - gipertoniya va b.) xastaliklarga chalinib koladi. Klimaks - bu karish bulmay, karilikning boskichlaridan biridir. Tibbiyot xozirgi kunda asosan kasalliklarni davolash bilan shugullanib, soglom organizmning barcha xususiyatlarini urganishga tulik kirishganicha yuk. Tibbiyot fani oldida soglom odam salomatligining imkoniyatini urganishdek katta muammo turibdi. SHu asosdagina inson sogligini saklash, umrini uzaytirish usullarini va kasalliklarning oldini oluvchi omillarni yaratish imkoniyatiga ega buladi. Biologik yoshni aniklash individning umri davomiyligini urganish imkoniyatini yaratadi.
Karilikdagi uzgarishlar ontogenezning postreproduktiv davrida boshlanib, kupayib boradi. Ammo, reproduktiv funksiyada pasayish boshlanishi, xatto, umuman yukolishi karilikning kuyi chegarasi bulib xizmat kila olmaydi. Albatta, ayollarda menopauzaning bulishi tuxumdonda etilgan tuxum xujayraning chikishini tuxtatib, ovulyasiya jarayonini xam tuxtatadi va ularda reproduktiv davr tugaganligini belgilaydi. SHu bilan birga, ayollarda menopauza boshlanganda kupchilik tashki belgilar va funksiyalar kari organizmga xos xarakterli belgilarga ega bulmaydi. Boshka tomondan karaganda, biz karilik bilan boglaydigan kupchilik uzgarishlar reproduktiv funksiya susayishiga kadar boshlanadi. Ularga ayrim jismoniy belgilar (sochning okarishi, kurish funksiyasining pasayishi) xamda xar xil a’zolar funksiyasining uzgarishi kiradi. Masalan, erkaklarda jinsiy bezlardan jinsiy gormonlar ajralishining susayishi, gipog’izdan esa gonodotrop gormonlari ajralishining kuchayishi kari organizm uchun xarakterli bulib u taxminan 25 yoshlardan boshlanadi.
Odamlarda xronologik va biologik (fiziologik) yosh tafovut kilinadi. Odam organizmi xolatini juda kup urtacha kursatkichlarini baxolashga asoslangan zamonaviy klassifikatsiyaga asoslanib, xronologik yosh 60-74 yoshdagi odamlarni kari, 75-89 dagilarni keksa, 90 yoshdan uzok umr kurganlarni bokiy umr kuruvchilar yoki uzok umr kuruvchilar deyiladi. Biologik yoshni aniklash ancha kiyin buladi, chunki karilikning aloxida belgilari xar xil xronologik yoshda yuzaga chikadi va xar xil tezlikda usib borishi bilan xarakterlanadi. Bundan tashkari, xatto, bitta belgining yoshga karab uzgarishi ma’lum darajada jinsiy va individual uzgarishlarga boglik buladi. Masalan: terining elastikligini belgi sifatida karasak bitta biologik yosh bu xolatda ayollarda taxminan 30 yoshlarda, erkaklarda esa 80 yoshlarda kuzatilishi mumkin. SHuning uchun xam, ayollarga birinchi navbatda terisini e’tiborli ravishda parvarishlash talab kilinadi. Karish tezligini muxokama kilish uchun zarur bulgan biologik yoshni aniklash maksadida testlar bateriyasidan foydalaniladi. Bunda xayot jarayonida konuniyatli uzgarib boradigan kup belgilarning bir vaktdagi yigindisiga baxo beriladi.
Bu bateriyalarning asosini murakkab funksional kursatkichlar xosil kiladi. Ularning xolati organizmning bir necha tizimlarining muvofiklashgan xolatiga boglik. Oddiy testlar kam axborot beradi. Masalan: nerv impulslarini tarkalish tezligi nerv tolasining xolatiga boglik bulib, u 20-90 yoshlar intervalida 10 foizga kamayadi, nafas olish, nerv va muskul sistemasining koordinatsiyalashgan ishini belgilab beradigan upkaning tiriklik xajmi esa 50 foizga kamayadi. Karilik xolati karilik jarayonini tashkil kiluvchi uzgarishlar xisobiga yuzaga keladi. Bu jarayon tiriklikning barcha tuzilmaviy darajalarida - molekulyar, subxujayraviy, xujayraviy, tukima va organ darajasida kechadi. Organizm darajasidagi kuzatiladigan juda kup uzgarishlar yigindisi natijasi yosh usib borishi bilan individ xayot faoliyatining susayishi gomeostaz mexanizmlarida moslashish effektining kamayishi bilan xarakterlanadi. Tajribalarning kursatishicha yosh kalamushlarni muzlagan suvga 3 minutga botirib olinsa uning tana xarorati 1 soat ichida tiklanadi, urta yoshdagi kalamushlarda 1.5 soat ichida, kari kalamushlarda esa 2 soat ichida tiklanadi.
Umum kilib olganda karilik ulish extimolini progressiv kuchayishiga olib keladi, shunday kilib karilikning biologik ma’nosi organizmning ulimi bilan tugashiga olib keladi deb tushunsa buladi. Ulim kup xujayrali organizmlarni ular uchun universal bulgan kupayishda ishtirok etishdan maxrum kiladi. SHu xisobiga ulim bulmaganda edi evolyusion jarayonning bosh shartlaridan biri bulgan avlodlarda almashinish bulmagan bulardi. Karish jarayonida yoshga karab buladigan uzgarishlar xamma xolatda xam organizmning moslashishini susaytirmaydi. YUksak umurtkalilar va odam, xayotiy jarayonida xavfli xolatlardan saklanishga karatilgan tajriba ortiradilar. Bu planda immunitet sistemasi xam juda kizikarli garchan organizm etuk xolatga etganda uning foydaliligi susaya boradi, ammo, kari organizmlarning ayrim infeksiyalarga nisbatan bulgan immunologik xotirasi yosh xisobiga yoshlarga nisbatan kuprok ximoyalangan buladi.
^arilik yuzaga chikishining genotipga, yashash sharoitiga va xayot tarziga boFlikligi. Utkazilgan juda kup kuzatuvlarning kursatishicha, karilik jarayonida buladigan uzgarishlar va ularning tezligiga organizmning genetik konstitutsiyasi (genotipi), u yashab rivojlanayotgan sharoit, odam uchun uning xayot tarzi xam uz ta’sirini kursatadi.
^arilik genetikasi. Karilik katta xajmdagi jarayon bulib, u uz ichiga makromolekulyar darajadan organizm darajasigacha bulgan tuzilmalarni oladi. Karilikning biologik natijasi ulim extimoli kursatkichi bulib, uni tushuntirish uchun, karilik genetikasini urganishda umumiy kursatkich kilib, postreproduktiv davrdagi xayot davomiyligining irsiylanishini urganish xisoblanadi.
Bir kator izlanishlarning kursatishicha karilik bu genetik nazoratdagi yoki aloxida genetik programmalashtirilgan jarayon, shu xisobiga u xayot davomiyligi irsiylanadi degan nuktai nazarning asosi deb e’tirof kilinadi. Birinchidan, xayotning maksimal davomiyligi tur belgisi xisoblanadi, bunda u embrional davr davomiyligi va jinsiy etuklik yoshiga etish kabi evolyusion mustaxkamlangan kursatkichlar bilan ijobiy boglangan. Ikkinchidan, bir tuxum xujayrali egizaklar xayot davomiyligining kursatkichlari ikki tuxum xujayrali egizaklarga nisbatan juda yakin (konkordant). Bu kursatkichlar juftlab solishtirilganda, bir tuxum xujayralilar uchun 14,5 yil, ikki tuxum xujayralilar uchun esa 18,7 yilga teng buladi. Xuddi shunday kursatkichlar bitta liniyadagi laboratoriya xayvonlari xayot davomiyligi uzgarishlarini boshka liniyadagi xayvonlar bilan solishtirganda xam kuzatiladi, masalan, sichkonlarda utkazilgan tajribalarda xayot davomiyligi 120 sutkadan 700 sutkagacha bulgan liniyalari olingan.
Uchinchidan, adabiyotlarda bir vaktda xayot davomiyligini kiskartiruvchi va karilik belgilarini erta paydo kiluvchi irsiy kasalliklar xakida xam ma’lumotlar berilgan, masalan, Xatchinson-Gilford (infantil progeriya yoki, erta yoshdagi karilik) sindromida inson xayotining birinchi yilidayok usishdan orkada kolishi, erta soch tukilishi, terida burmalar va kon tomirlarida ateroskleroz paydo bulishi kuzatiladi. Bunday individlar kup xolda jinsiy etuklikkacha etmaydilar va 30 yoshgacha ularning ulimi kuzatiladi. Bu sindromning autosoma - dominant yul bilan irsiylanishi aniklangan, shu xisobiga, olimlarning fikricha karilik bu “karishni programmalashtiruvchi” bir gurux genlarning faoliyati natijasi deb karaladi. Bu nuktai nazarni yukorida aytilgan odamlarda uchraydigan - progeriya kasalligi tasdiklaydi.
Turtinchidan, laboratoriya sharoitida yakin karindoshlarni chatishtirish yuli bilan meva pashshalari va sichkonlarning urtacha xamda maksimal xayot davomiyligi bilan farklanuvchi inbred liniyalari olingan. Kiska xayot kechiruvchi xar xil ota onalar chatishtirilishidan olingan duragaylar ota onalariga nisbatan uzok yashashgan, bu xolat geterozis xodisasi deb ataladi.
Beshinchidan, ta’kidlanishicha, meva pashshalari ichida gomozigot kalta kanotli allellar xayotining davomiyligi yovvoyi tipdagi (pleyotropiya) pashshalarga nisbatan kam bular ekan. Kalta kanotli mutant pashshalar va yovvoyi pashshalar chatishtirilishidan olingan avlodlarda urganilayotgan kursatkichlar buyicha bir xillilik kuzatiladi. Bu avlodlar uzaro chatishtirilganda esa, ikkinchi avlod duragaylarida xayot davomiyligiga karab 3:1 nisbatda (3 ta yovvoyi tip, 1 ta kalta kanot) ajralish kuzatiladi. Analogik xoldagi misollar sichkonlarda xam kuzatilgan bulib, bunda aloxida genlar xayot davomiyligiga (kamaytirishga karatilgan) ta’sir kursatishi aniklangan.
Odamlarda shunga uxshash misol kilib, Marfan sindromining rivojlanishi va biriktiruvchi tukimalar rivojlanishi deffektining fenotipik kurinishidagi: “urgimchak” barmok, yurak porogi, konga adrenalinning kup ajralishi kabi belgilarning birgalikda shakllanishiga olib keluvchi mutatsiyalarni kursatsa buladi, bunday sub’ektlar xayot davomiyligining kiskaligi bilan farklanib turadi.
Oltinchidan, odamlarda ota-onalar va avlodlar xayotining davomiyligi urtasida ijobiy boglanish bor ekanligi xam aniklangan.
YUkoridagi keltirilgan ma’lumotlar karilik va xayot davomiyligining genetik nazoratdaligi foydasiga guvoxlik bersada, “bu nazorat kanchalik kuchga ega va kanday genetik mexanizmlar xisobiga u amalga oshiriladi” degan muxim savolga javob berolmaydi. Xayot davomiyligining irsiylanish kursatkichi ma’lumotlari “irsiylanish koeffitsienti”ni belgilash nomini oladi, u urganilayotgan belgi buyicha karindoshlar urtasidagi uxshashlikni kursatadi. Xar xil mualliflarning bergan ma’lumotlariga karaganda bolalar va ota-onalar xayoti davomiyligi urtasidagi korrelyasiya koeffitsientlari 0,02 dan 0,13 gacha, ya’ni past kursatkichda buladi, shunga uxshash kursatkichlar sichkonlarda xam (0,01-0,40) olingan. Ota-onalar xar xil avlodlarga kiradi, shu xisobiga ularning yashash sharoitlari uzgarib turadi. Korrelyasiya koeffitsientlari kursatkichining xayot sharoitidagi uzgarishlarga boglikligini urganish maksadida aka va singil xayoti davomiyligini solishtirib urganilgan. Bu xolatda korrelyasiya koeffitsienti yukori: 0,15-0,30 ga teng buldi, ammo, bu xolatda xam kursatkichlar, yukori irsiylanishni xarakterlovchi belgilarga nisbatan past buladi, masalan, usishning irsiylanish koeffitsienti taxminan 0,70 ga teng.
Uzok umr kurishning irsiylanish koeffitsienti xakidagi ma’lumotlarni ularning biologik ma’nosi ochib beruvchi kushimcha ma’lumotlar bilan tuldirsak, foydali buladi. Agar, ajdodlari kam yoki kup yashagan 25 yoshli odamlarni kuzatsak, bu guruxlar urtasida xayot davomiyligining urtacha kursatkichi 2-4 yoshni tashkil kiladi. SHunga karamay 70 yoshgacha kuzatilgan ajdodlar va avlodlar xayot davomiyligining urtacha kursatkichlari urtasida ayrim boglikliklar bor ekanligi xakida xam ma’lumotlar berilgan.
Ota-onalar va 20 yoshga etgan bolalarning xayot davomiyligi urtasidagi bogliklikni urganish shuni kursatadiki, ota-onalardagi xayot davomiyligi urtacha kursatkichining 10 yilga ortishi bolalarning xayotiga bir yil kushar ekan.
Karilikni genetik nazorat kilishning irsiylanish koefffitsientini xisoblash yuli bilan baxolash natijalari uzok umr kurishning maxsus genetik programmasi yuk ekanligini kursatadi. SHu bilan birga tibbiyot uchun bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarning tezligi, ayniksa, ular ichida genetik omillarning borligi, birinchi navbatdagi kizikishni uygotadi. Umumiy kilib xulosa kilganda, karilik belgilari rivojlanishini tugri belgilab beruvchi maxsus genlar yoki yaxlit programma yuk bulsa xam, karilik jarayoni va uning tezligini uzgartirish yunalishi genetik nazoratda buladi.