Organizmning individual rivojlanishi — ontogenez Ontogenez yunoncha suz bulib “onto”— mavjudot “genezis” -rivojlanish degan ma’noni anglatadi. Xar bir organizmning rivojlanishi takomillashuvi, usishi, ulgayishi, karishi va ulimi bilan yakun topadigan tulik xayot sikli - ontogenez xisoblanadi. Ontogenez jinsiy xujayralar paydo bulib, uruglanishdan boshlanadi, zigota xosil bulishi bilan ontogenezning xamma boskichlarida mavjudot yashayotgan, sharoitga mos ravishda irsiy axborot ta’sirining natijasi sifatida ontogenez jarayoni amalga oshadi. Ontogenezning turlari va davrlari. Ontogenezning ikki asosiy turi farklanadi: Bevosita (tugridan tugri) rivojlanish; Bilvosita rivojlanish. Ontogenezning uchta tipi tafovut kilinadi: Lichinkali; Lichinkasiz yoki tuxum kuyib rivojlanish; Ona kornida rivojlanish. Ontogenezning bevosita rivojlanishi tugridan - tugri, lichinkasiz va ona kornida rivojlanuvchilar uchun xos, bilvosita rivojlanish turi esa (uzgarish) - metomorfoz ya’ni lichinkali rivojlanish bilan boradi. Lichinkali rivojlanish tipi tuxum xujayrasida ozik moddasi (sariklik) kam bulgan organizmlarda kuzatiladi va bir yoki bir necha lichinkali boskichdan iborat buladi. Lichinka uz shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga kura etuk organizmdan keskin fark kiladi, shu sababli etuk organizm kiyofasiga utish uzgarishlar (metamorfoz) orkali sodir buladi. Metamorfoz kupgina umurtkasizlarda kuzatilib, umurtkalilarda kam kuzatiladi. Lichinkasiz rivojlanish tipi tuxum xujayrasi ozik moddalarga boy va ontogenezni tugatish uchun etarli bulgan organizmlarda uchraydi (umurtkasizlar, baliklar, reptiliyalar, kushlar) lichinkasiz rivojlanishda bir kator provizor (vaktinchalik) organlar xosil buladi. Bunda yosh organizm etuk shakllar bilan bir xil tuzilishga ega bulsada, ulchami, funksiyasi va strukturaviy etilmaganligi bilan farklanadi, asta-sekin usib borishi bilan ona organizmining tula kiyofasiga ega buladi. Ona kornida rivojlanish yuksak sutemizuvchilar va odamlar uchun xos. Ularning tuxum xujayrasida ozik moddalar kam shu sababli barcha xayotiy jarayonlar ona organizmi orkali amalga oshiriladi. Bunda embrion va ona organizmi tukimalarining murakkab provizor (muvakkat) a’zolar jumladan yuldosh xosil buladi. Bu ontogenezning yangi tipi bulib, xomila rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib beradi va tugilgan organizm ona suti xisobiga usadi va rivojlanadi.