“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


O’qituvchining kasbiga xos xislatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
O’qituvchining kasbiga xos xislatlari 
Ota-onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy 
nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar, o’quvchilar esa 
o’qituvchilarni uch xil xislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, 
birinchidan
, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni 
yaxshi ko’rish xislatlari; 
ikkinchidan,
o’qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan 
bog’liq tashqi xislatlari va xulq atvoriga qarab; 
uchinchidan,
o’qituvchining o’z 
fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog’liq xislatlariga 
qarab xarakterlab beradilar. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga 
qo’yiladigan talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan 
qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda. 
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy 
kutishlar, pedagogning individualligi, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv 
tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan 
dalolat beradi. Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy 
xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan? 


117 
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur 
xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, 
V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o’zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, 
M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib 
borilgan ilmiy tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, uning kasbiy 
xislatlarini ancha batafsil ko’rsatib berish imkoniyatini yaratadi. O’qituvchi 
professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga quyiladigan maxsus 
talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim. Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan 
tomonidan qanday talablar quyilishini bilish va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini 
tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxassislik 
bo’yicha o’qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir. 
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, 
LMashhurov, T.Hamroqulov, E.Hidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari O’zbek 
tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy 
tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi 
qator mutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini 
(namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdilar. 
Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini 
nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Professiogrammada muhim xislatlaridan 
borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining quyidagi 
xislatlari kursatib berishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin