“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
- o’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik 
ruhida tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini 
sevishi, davlatining mustaqilligi g’oyasida yashashidan iboratdir; 
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; 
- olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha 
yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi; 
- o’zini qo’lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. 
 
 
Jamiyatning o’qiguvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir: 
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg’onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni 
mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, 
o’z 
Vatani tabiatga va oilasiga 
bo’lgan muhabbati; 
- keng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; 
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh 
fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi; 
- o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, 
sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor 
bo’lishi; 
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; 
- o’z ishiga ijodiy yondashishi; 
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi; 
pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik 
taktga ega bo’lishi; 
- o’z
 
bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. 


122 
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga 
ingilishi shart. 
O’qituvchi jamiyat tomonidan qo’yilgan talablar bilan bir qatorda o’z faoliyatida 
tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning 
ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. 
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim 
ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan 
o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi, 
lekin bu talablar hamma vaqt ham bir biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va 
maktab direktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil 
baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi 
navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal 
o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday 
talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining 
mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday 
muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor 
bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga quyiladigan 
talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin