“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


) Tashkilotchilik malakalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
5)
Tashkilotchilik malakalari:
- bolalar jamoasini uyushtira bilishi; 
- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi; 
- bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi; 
amaliy masalalarni hal- - etishda o’zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez 
hallay olishi. 
6)
Kommunikativ malakalari:
- bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi; 
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni 
tiklashni bilishi; 
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarni tartibga 
solishni bilishi; 
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi. 
7) Gnostik malakalari:
- bolalarning asab-psixik taraqsiyoti darajasini aniqlay bilishi; 
- o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi; 
- boshqa o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib, undan (nazariy va amaliy 
tomondan) to’g’ri xulosa chiqara olishi; 
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi; 
- o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni 
bilishi. 
8) Ijodiy xislatlari: 
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi; 


120 
- o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish 
qobiliyati; 
- o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan 
qaray olishi; 
- avvalgi voqyealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish
qobiliyati; 
- o’zining o’quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga 
intilishi. 
Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida 
quyidagilar keltiriladi; 
- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati; 
- xarakterining psixologik xususiyatlari; 
- bilish faoliyati; 
- o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy 
taraqqiyoti, 
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri 
va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. 
Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta’limning 
samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, 
shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta 
ko’rsatish zarurdir. 
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning 
sifat jihatidan o’z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. 
Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish 
yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday o’qituvchi tayyorgarligini 
ko’rsatib beradi. 
Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik 
faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga 


121 
moyil, oqibat natijada esa pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha 
oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin