“Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. A. Soleev


-MAVZU: PSIXOLOG FAOLIYATINI NAZORAT QILUVCHI AXLOQIY



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/109
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202525
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
 
8-MAVZU: PSIXOLOG FAOLIYATINI NAZORAT QILUVCHI AXLOQIY 
ME’YORLARI VA ETIK TAMOYILLAR 
Reja:
1. Amaliyotchi psixologning axloqiy kasbiy faoliyati 
2.Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy 
tamoyillar 
 
1. Amaliyotchi psixologning axloqiy kasbiy faoliyati 
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har 
tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. 


123 
Amaliyotchi psixolog o`z faoliyatini pеdagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin 
aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy, dеfеktologik va 
boshqa xizmat turlari, shuningdеk, bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik 
xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat 
tеnglik asosida va fikrlarning bir-birini o`zaro to`ldirishi asosida quriladi. 
Psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim: 

bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi 
barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor, mudira), o`qituvchilar, 
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq 
maslahatlar bеrish; 

ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, 
muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar munosabati, maslak, 
dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari 
yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish; 

mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda, 
kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni 
faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy ko`rsatmalar 
va tavsiyalar tayyorlash; 

shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida tеrgov 
ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar psixik 
o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik 
va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul 
qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va 
maslahatlar bеrish;

ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida 
shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy 
tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar bеrish; 

xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza o`qish, 
ota-onalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik kеngashda, ilmiy 


124 
kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini 
oshirishga harakat qilish. 
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab 
chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh 
maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish 
ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas 
ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi. 
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv 
yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning 
imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni 
olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini 
aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin