Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Yüklə 6,32 Mb.
səhifə19/20
tarix01.01.2017
ölçüsü6,32 Mb.
#4041
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Asosiy (A)

  1. yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.

  2. Popov V.I., Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu, 2001g.

  3. Sokolov A.A., Zausaev N.K. «LFK v chelyustno-litsevoy xirurgii» M., 1990g

  4. Sokolov A.A. «Lechebnaya fizkultura v stomatologii» 1988g.

Qo‘shimcha (Q)

  1. Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” Myu 2005 g.

  2. Bokov A., Sergeev S. “Yoga dlya detey” M. 2004 g.

  3. Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g.

  4. yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.

  5. yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

  6. yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997

  7. yepifanov V.A., Afanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1999g.

  8. Korxin M.A. Rabinovich I.M. «LFK v domashnix usloviyax». L.: Len. Izdat., 1990g.

  9. «Massaj - sputnik zdorovya» kniga dlya uchaщixsya 1992g

  10. Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.

  11. Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996 g.

  12. Yuldashev K.Yu. “Nemedikamentoznыe metodы lecheniya” prakticheskoe posobie dlya vrachey.

  13. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  14. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.


Internet manbalari:

www.doktor.ru

www. medinfo. home.ml.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://skolioz.mccinet.ru

www. aapmr.org

www.alhealth.com

www.docguide.com

www.healthweb.com

www.acsm.org

www.apta.org

www.sportsmed.org.

www.jphysiol.org

www.physsportmed.com

www.sportsmedicine.com
XORIJIY MANBALAR


  1. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  2. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  3. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  4. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  5. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  6. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  7. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  8. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet saytlari:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.medlinks.ru



http://www. z-e.ru

http://www.sportmed.com

Annotatsiya
“Bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasida davolovchi jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Jismoniy mashqlarning odam organizmiga ta'sir mexanizmi asoslari. Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga davolovchi jismoniy tarbiya usullarining boshqa dori-darmon bilan davolash usullaridan afzallik tomonlari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmlari, davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari, shakllarining klassifikatsiyalari, harakat tartibotlari va unga bog‘liq holda davolovchi gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari haqida tushuncha berish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : davolovchi jismoniy tarbiya fani, uning maqsadi va vazifalari, davolash usullari, jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi, vositalari, shakllari, harakat tartibotlari, davolovchi gimnastika kompleksini tuzish prinsiplari haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 47 ta slaydlar sxema, rasm ko‘rinishida tayyorlangan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.


Annotatsiya
“Turli kasalliklarni kompleks davolashda davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilishi” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga organizmning organ va sistemalarida bo‘ladigan o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar va jarohatlarda, shuningdek fiziologik holatlarda qo‘llaniladigan davolovchi gimnastikaning katta ahamiyatga ega ekanligi, kasalliklar va jarohatlarning kelib chiqishi va kechish xarakteriga qarab belgilanadigan vazifalar, ularni bajarishda tanlanadigan dastlabki holatlar va jismoniy mashqlar, qo‘llaniladigan jismoniy mashqlarning organizmga ta'siri muhim ahamiyatga ega ekanligi, shuning uchun qo‘llaniladigan davolovchi gimnastika muolajasining samaradorligini baholash zarurligi haqida tushuncha berish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : jarrohlikda davolovchi jismoniy tarbiya qo‘llani-lishining ahamiyati, travmatologik va ortopedik kasalliklarda jismoniy mashqlarning va homiladorlik davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish mexanizmi, ginekologik kasalliklarda davolovchi jismoniy tarbiya qo‘llanilishining ahamiyati va qo‘llanilgan davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholash usullari haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 36 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Ma'ruzada 1ta kinofilm qo‘llaniladi. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.


Annotatsiya
“Massajni turli kasalliklarda qo‘llash” ma'ruzasi davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalariga mo‘ljallangan.

Ma'ruza o‘qishdan maqsad talabalarga massaj turlari, ta'sir etish mexanizmi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, turli yo‘nalishlarda qo‘llanilishining ahamiyati haqida tushuncha berish.

Ma'ruzada quyidagi savollarni matn va slaydlar yordamida yoritish rejalashtirilgan : massaj turlari, ta'sir mexanizmi va turli kasalliklarda davolovchi massajni qo‘llash haqida tushuncha.

Ma'ruza bo‘yicha 16 ta slaydlar sxema ko‘rinishida tayyorlangan. Ma'ruzada 3ta kinofilm qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Matn tayyorlashda oxirgi adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ma'ruzada tinglovchilarning olgan bilimlarini aniqlash uchun savollar keltirilgan.



MUALLIFLAR TO‘G‘RISIDA

Usmanxodjaeva A.A.


Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.n.


Adilov Sh.Q.


Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.









Sharipov U.A.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti








NORMATIV HUJJATLAR
O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.1997 y.

N 464-I
TA'LIM TO‘G‘RISIDA
I. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar)

II. Ta'lim tizimi va turlari (9-19-moddalar)

III. Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24-moddalar)

IV. Ta'lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar)

V. Yakunlovchi xulosalar (30-34-moddalar)
I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

4-modda. Bilim olish huquqi

5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

7-modda. Davlat ta'lim standartlari

8-modda. Ta'lim berish tili
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.



2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

4-modda. Bilim olish huquqi

Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi:

davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;

oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.



5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi

Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta'lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.



7-modda. Davlat ta'lim standartlari

Davlat ta'lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.



8-modda. Ta'lim berish tili

Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.


II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta'lim tizimi

10-modda. Ta'lim turlari

11-modda. Maktabgacha ta'lim

12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim

13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

14-modda. Oliy ta'lim

15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim

18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish

19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar

9-modda. Ta'lim tizimi

O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.

10-modda. Ta'lim turlari

O‘zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.

11-modda. Maktabgacha ta'lim

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat'i nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.



12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim

Umumiy o‘rta ta'lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta'lim (I-IX sinflar). Boshlang‘ich ta'lim umumiy o‘rta ta'lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.



13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.


14-modda. Oliy ta'lim

Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta'limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.



15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim

Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.



18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish

Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.


19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar

Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo‘yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.

Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
III. TA'LIM JARAYoNI QATNAShChILARINI

IJTIMOIY HIMOYa QILISh
20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

22-modda. yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish

23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish

24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari

20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi.



21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. Ta'lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.



22-modda. yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniyvakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish

yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta'minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchilari qisman yoki to‘la davlat ta'minotida bo‘ladi.



Yüklə 6,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin