17. Nazorat uchun savolar
-
Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimini tushintiring.
-
DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
-
Davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari.
-
DJTning shakllari va ularning davolash jarayonidagi ahamiyati?
-
Davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari.
-
DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilang.
7. Davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish samaradorligini baholang.
8. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik
mashqlar kompleksini tuzish prinsiplari yozib bering.
9. Davolash-reabilitatsiya kompleksida DJT qanday maqsadda qo‘llaniladi ?
10. DJTning usullari va ularning afzalliklari?
11. DJTning qanday vositalarini bilasiz?
12. Jismoniy mashqlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
13. Qaysi holatlarda ideomotor mashqlarni qo‘llash tavsiya etiladi?
14. Tabiatning tabiiy omillarini qo‘llashdan maqsad nima?
15. Qanday maqsadlarda mehnat bilan davolash vositasi qo‘llaniladi?
16. Harakat tartibotini kengaytirish qachon va kim bilan xal etiladi?
17. Harakat tartibotlari va ularning vazifalari qanday?
18. Davolovchi gimnastika muolajasini tuzishda nimaga e'tibor berish kerak?
19.Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash-reabilitatsiya kompleksida DJT qanday maqsadda qo‘llaniladi?
20. YuIK o‘tkir miokard infarkti o‘tkir davrida DJTning harakat tartibotini to‘g‘ri belgilang.
21. YuIK o‘tkir miokard infarktida DJTning qanday vositalari va shakllari qo‘llaniladi?
21. YuIKda DJTning qanday vazifalari qo‘yiladi?
22. Gipertoniya kasalligida qanday jismoniy mashqlar tavsiya etilmaydi?
23. NSDda DJT nima maqsadda qo‘llaniladi?
24. Yurak-qon tomir kasalliklari tushak harakat tartibotining vazifalari nimadan iborat?
25. DJT o‘tkazishda dastlabki holatni to‘g‘ri tanlash qanday ahamiyatga ega?
26. Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholovchi qanday sinamalarni bilasiz?
27. Nafas tizimi anotomik-fiziologik tuzilishini ahamiyati. Nafas dinamikasi. ShJT qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, ShJT vazifalari, ShJT shakl va vositalarini qo‘llash. Davolvchi massaj qo‘llanishi va vazifalari.
28. Zotiljam. Klinik kechishi, sabablari, sinflanishi. ShJT qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, ShJT vazifalari, ShJT shakl va vositalarini qo‘llash.
29. Surinkali bronxit. ShJT qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar,ShJT vazifalari, ShJT shakl va vositalarini qo‘llash.
30.Plevrit. ShJT qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, ShJT vazifalari, ShJT shakl va vositalarini qo‘llash.
31. Bronxial astma. ShJT qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, ShJT vazifalari, ShJT shakl va vositalarini qo‘llash.Nafas mashqlari ahamiyati. Maxsus nafas mashqlari.
18.Adabiyotlar.
Asosiy (A):
1.yepifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1990 g.
2.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000
3.Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001g.
4.yepifanov V.A. “ Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.
5.Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g
Qo‘shimcha (Q):
1.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000
2.Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996 g.
3.yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.
4.«Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003g
5.Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999
6.Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004g
7.Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005 g.
8.Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.
9.A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004 g.
10.yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997
11.Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte» M., 1990
12.Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznыe metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.
Chet el adabiyoti:
-
Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD
-
Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion
-
Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards
-
Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000
-
Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.
-
Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990
-
Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.
-
Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.
Internet saytlari:
http://www.medscap.com
http://www.sportsinjuryclinic.net
http://www.about. com.
http://www.healthline. com
http://www.medlinks.ru
http://www. z-e.ru
http://www.sportmed.com
1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi
|
Halq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasining TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi va 3-klinika reabilitatsiya bo‘limi. Mahsus jixozlangan DJT xonalari, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.
|
2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 7soat.( 315min)
|
Talabalar soni 8-9
|
3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:
|
- hazm a'zolari va bo‘g‘im destruktiv yallig‘lanish kasalliklarida, modda almashinuvi buzilish-larida jismoniy mashqlarni qo‘llashni asosiy klinik-fiziologik xususiyatlarini bilgan holda o‘rgatish;
-hazm a'zolari kasalliklari : surunkali gastrit, oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi, xoletsistit, enterit, kolit, enterokolitda, modda almashinuvi buzilishlari : qandli diabet, semirish, podagrada va bo‘g‘im kasalliklari artrit, artrozlarda DJTning davolovchi vazifalarini to‘g‘ri tanlashga va tavsiya etishga o‘rgatish;
-kasallikning har xil shakllari va davolash bosqichlarida DJT masalalarini to‘g‘ri xal qilishni bilish;
-davolovchi gimnastika muolajasining adekvatligini va samaradorligini baholashga o‘rgatish;
|
4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:
(mashg‘ulot rejasi)
|
Kirish
Asosiy qism
Yakuniy-xulosa qiluvchi qism
|
5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
- mavzu bo‘yicha kasalliklarda jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini tushuntirish va DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatish;
- hazm a'zolari va bo‘g‘im kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida DJTning vositalarini, vazifalarini aniq va to‘g‘ri tanlash haqida tushuncha berish;
-hazm a'zolari va bo‘g‘im kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida DJTning shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish;
- bemorlarga tavsiya etiladigan gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga o‘rgatish;
- qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholashga o‘rgatish;
-kasallik tarixiga DJT tavsiyasini to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rgatish.
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- bo‘g‘im destruktiv yallig‘lanish kasalliklarida, hazm a'zolari kasalliklarida va modda almashinuvi buzilishlarida jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, DJT shakllarini, vositalari va uning turlarini aytib beradilar;
- DJT harakat tartiboti va vazifalarini aniq belgilashadi;
- DJT xonasini jihozlashni bilishadi;
- asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzish prinsiplarini shakllantiradilar;
-DJT mashg‘ulotida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samarador-ligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;
-bo‘g‘im destruktiv yallig‘lanish kasalliklarida, hazm a'zolari kasalliklarida va modda almashinuvi buzilishlarida talabalar DJT kompleksini tuzishadi.
|
7.Ta'lim texnikasi va usullari:
|
Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
|
8.Ta'lim shakillari:
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
9.Ta'lim vositalari:
|
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, videofilm, tekst.
|
10.Ta'lim shart sharoitlari:
|
Texnik ta'minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi va davolovchi jismoniy tarbiya zali.
|
11.Monitoring va baholash:
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlarini ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarning prezentatsiyasi.
|
12. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqti
|
Foaliyat mazmuni
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchi
|
1- bosqich
Mashg‘ulotga kirish
(20daq)
|
1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.
|
Tinglaydilar, yozib
oladilar.
Aniqlashtiradilar,
savollar beradilar
|
2-bosqich. Asosiy
Nazariy qism (120daq).
Analitik qism (70daq).
Amaliy qism (90daq).
|
2.1. Hazm a'zo tizimi, modda almashinuvi va tayanch harakat kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash mavzusini muxokamasini boshqardi, mavzuni izohlaydi, talabalarga ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatadi, savolar beradi, nazariy qism bo‘ycha xulosa qiladi.
2.2.Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga etibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.
2.3.Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muxokamasini eshtadi.
|
Javob beradilar
Yozadilar.
Jadvalar bilan ishlaydilar
Guruhlarda
ishlaydilar,
Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar
|
3- bosqich
Yakuniy xulosa qism
15 min
|
3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi,
3.2. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi
Keyingi mashg‘ulotlga tayyorlanish uchun vazifalar beradi.
|
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar.
|
13.Motivatsiya
Hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklari ko‘p tarqalgan, ular surinkali retsidivlangan kechishi va rivojlanib borishi natijasida asoratlar kelib chiqishi bilan xarakterlanadi, ko‘pincha vaqtinchali yoki turg‘un mehnatga layoqatsizlik sababi bo‘ladi (nogironlik). Barchaga ma'lum hazm a'zolari, modda almashinuvi buzilishi kasalliklari va bo‘g‘im kasalliklarini davolashda va profilaktikasida jismoniy omillarning tutgan o‘rni katta. Jismoniy omillarni qo‘llash neyro-endokrin boshqaruvni normallashtirishga yordam beradi, zararlangan to‘qimalarning trofikasini yaxshilaydi, dori vositalariga organizmning sezgirligini oshiradi, bemorning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Jismoniy omillarni yaxshi bilish va ularni komplesk davolashda to‘g‘ri qo‘llash har bir umumiy amaliyot vrachi uchun kerak.
Qandli diabet (QD) tibbiyotning yetakchi muammolaridan biri. Hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bevosita qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin turadi. JSST bo‘yicha butun dunyoda 50 mln. aholi qandli diabet bilan kasallangan. QDning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati uning faqat keng tarqalganligi bilan emas, balki surunkali kasallik sifatida jamiyatga yetkazayotgan zarari bilan ham belgilanadi (o‘lim darajasini 2-3 marta, yurak ishemik kasalligi va insultlar sonini 2-3 marta oshiradi, QD bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘rlik umumiy aholiga nisbatan 10 marta, gangrena va oyoq qo‘l amputatsiyasi 20 marta ko‘p, QD buyraklarning o‘limga olib keladigan darajada shikastlanishi sababi bo‘yicha 2-o‘ringa va h.k.) va nihoyat QD kutilayotgan hayot davomiyligini 2-12%ga oshiradi (turli mamlakatlarda turlicha).
14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:
DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya va shifokor nazorati fanlari bilan uzviy bog‘langan.
15. Mashg‘ulot mazmuni
15.1. Nazariy kismi
Gasrit – me'da devori shilliq pardasi, gohida chuqur qavatlarining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali turlari tafovut qilinadi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
yaqqol og‘riq sindromi;
-
ko‘p qusish, ko‘ngil aynash.
Vazifalari:
-
umumiy ahvolni yaxshilash;
-
hazm jarayonini neyrogumoral boshqarish;
-
hazm traktining motor va sekretor faoliyatini boshqarish;
-
qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish;
-
qorin devori va oraliq mushaklarini mustahkamlash;
-
nafas faoliyatini yaxshilash;
-
emotsional holatni yaxshilash;
Qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Gastritning barcha turlarida ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi - qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo‘lib me'da va o‘n ikki barmoq ichakda yara illati sodir bo‘lishi bilan ifodalanadi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
yaqqol og‘riq sindromi;
-
ko‘p martali qusish, ko‘ngil aynash.
Vazifalari:
-
umumiy ahvolni yaxshilash;
-
hazm jarayonini neyrogumoral boshqarish;
-
hazm traktining motor va sekretor faoliyatini boshqarish;
-
qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish;
-
yaraning bitishini tezlashtirish;
-
qorin devori va oraliq mushaklarini mustahkamlash;
-
nafas faoliyatini yaxshilash;
-
emotsional holatni yaxshilash.
DJT mashqlarni qo‘llash kasallikning simptomlari kamayganda, ya'ni 5-10 kunga to‘g‘ri keladi. Oddiy mashqlar qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 10 – 25 min. O‘tkir jarayon to‘la so‘nganda yuklamalarning umumiy hajmi oshiriladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 minutgacha oshiriladi. Undan keyin 30 – 40 minut davomida dush, suzish, me'yorli yurish tavsiya etiladi. Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi. Yara kasalligida ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi, balchiq bilan davolash yaxshi ta'sir qiladi.
Enterokolit - bu ingichka va yo‘g‘on ichak shilliq pardasining yallig‘lanishi va distrofik o‘zgarishlari bilan hamda atrofiya bilan yakunlanadigan kasallik.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
yaqqol og‘riq sindromi;
-
ko‘p qusish, ko‘ngil aynash, ich ketish;
-
perforatsiya belgilari.
Vazifalari:
-
umumiy ahvolni yaxshilash;
-
so‘rilish jarayonini neyrogumoral boshqarish;
-
ichak traktining motor va sekretor faoliyatini boshqarish;
-
qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish.;
-
qorin devori va oraliq mushaklarini mustahkamlash;
-
nafas faoliyatini yaxshilash;
-
emotsional holatni yaxshilash.
Qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Enterokolitning barcha turlarida pastki ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Xoletsistit – o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish kasalligi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
yaqqol og‘riq sindromi;
-
ko‘p qusish, ko‘ngil aynash;
-
perforatsiya belgilari (o‘tli peritonit belgilari).
Vazifalari:
-
umumiy ahvolni yaxshilash;
-
o‘t yo‘llari motorikasini neyrogumoral boshqarish;
-
o‘t yo‘llari motor va sekretor faoliyatini boshqarish;
-
qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish;
-
qorin devori mushaklarini mustahkamlash;
-
nafas faoliyatini yaxshilash;
-
emotsional holatni yaxshilash.
Qorin old devori, diafragma mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Xoletsistitda ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Qandli diabet – eng keng tarqalgan endokrin kasallik bo‘lib, qonda va siydikda qand miqdorining turg‘un va noadekvat yuqori ko‘rsatkichlarda uzoq vaqt bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
QD – organizmda insulinning mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, uglevodlar almashinuvi chuqur buzilishi giperglikemiya va glyukozuriya bilan xarakterlanadi. To‘qimalar tomonidan glyukoza o‘zlashtirilishining qiyinlashishi MNS, yurak qon-tomir tizimi, jigar, mushak to‘qimalari funksiyasi buzilishiga, natijada ish qobiliyati kamayishiga olib keladi. Yog‘ almashinuvining buzilishi yog‘larning oksidlanishi tezlashishi va keton tanachalar hosil bo‘lishi, qonda ko‘payishi natijasida MNSga toksik ta'sir etadi. Diabetda oqsil sintezi ham buzilib energetik almashinuv darajasi kamayadi. QD bilan og‘rigan bemorlarda energetik almashinuv buzilishi mushak faoliyatining susayishi bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib QD faqat uglevod almashinuvi buzilishi bilan emas, balki oqsil, yog‘, mineral va modda almashinuvining boshqa turlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Insulin yetishmovchiligi fonida bemorlarda turli asoratlar va yondosh kasalliklar rivojlanadi. Tahminan 70% bemorlarda yurak qon-tomir tizimi shikastlanib, diabetik mikroangiopatiya hamda yurak, bosh miya, oyoq tomirlarida ateroskleroz rivojlanishi bilan makroangiopatiya sifatida namoyon bo‘ladi. QDda tishlarning paradontoz, karies, gingivit, stomatit sifatida erta shikastlanishi kuzatiladi. Bular bilan bir qatorda gastrit, enterokolit, diabetik gepatodistrofiya, xoletsistit paydo bo‘ladi.
QD uchun teri qoplami shikastlanishi xarakterli: kurishi, qichishish, dermatitga moyillik, furunkulez, ekzema. Nerv sistemasining patologiyasi nevrasteniya, nevralgiya, nevrit, polinevrit sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, QD turli patologik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
QDni davolash ko‘p qirrali bo‘lib asosiy kasallikni, hamda uning kechishini og‘irlashtiruvchi asoratlarni yoqotishga qaratish kerak. Bunda kompleks terapiya va DJT qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
DJTga qarshi ko‘rsatmalar:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
diabetning og‘ir turlari;
-
giperglikemik koma;
-
gipoglikemik koma;
-
asoratlangan og‘ir diabet.
Vazifalari:
-
ichak va to‘qima metabolizmini stimulyasiya qilish;
-
tana vaznini kamaytirish va hazm jarayonini yaxshilash;
-
progressiyalanuvchi aterosklerozning profilaktikasi;
-
qon aylanishni va nafas olishni yaxshilash;
-
emotsional holatni yaxshilash.
Jismoniy mashqlar kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. DJT da ertalabki mashqlar, sayr qilish, me'yorlangan suzish, chang‘i, mehnat terapiyasi qo‘llaniladi.
Jismoniy yuklamadan so‘ng artish, dush, qisqa muddatli cho‘milish, umumiy va mahalliy uqalash.
Jismoniy mashqlar har doim bemorning yoshi, umumiy ahvoli, yurak qon tomir tizimi faoliyatini hisobga olgan holatda me'yorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |