TMI tekshirish mezonlari
№
|
O‘zlash-tirish %
|
Baholash
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86 - 100
|
A'lo «5»
|
10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.
|
2.
|
71 - 85
|
Yaxshi
«4»
|
3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.
|
3.
|
55 - 70
|
Qoniqarli «3»
|
2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
4.
|
0 - 54
|
Qoniqar-siz «2»
|
Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.
|
Yakuniy nazorat mezonlari
№
|
O‘zlash-tirish %
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
96-100
|
A'lo «5»
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.
|
2.
|
91-95
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.
|
3.
|
86-90
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.
|
4.
|
81-85
|
Yaxshi «4»
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.
|
5.
|
76-80
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.
|
6.
|
71-75
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.
|
7.
|
66-70
|
Qoniqar-
li «3»
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.
|
8.
|
61-65
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.
|
9.
|
55-60
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.
|
10
|
54 -30
|
Qoniqar-
siz «2»
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.
|
11
|
30 va undan kam
|
O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.
|
ShJT fanidan amaliy ko‘nikma ro‘yxati.
-
ShJT bemorlarga to‘g‘ri buyurish.
-
ShJT mashg‘ulotini o‘tkazish.
Amaliy ko‘nikmalar baholash mezonlari.
Joriy nazoratning 40%ni amaliy qism tashkil qiladi.
Maksimal 20 ballga teng.
Shifobaxsh jismoniy tarbiya fanidan joriy nazorati bo‘yicha o‘zlashtiriladigan har bir amaliy ko‘nikmalar bosqichda amalga oshiriladi va maksimal 100 ball bilan baholanadi.
Amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam bajarilishida hatolar qilinganda, bajarilmagan qadam hisobidan maksimal ajaratilgan ballar olib tashlanadi. Oxirgi qo‘shilgan ballar summasidan quyidagi koeffitsent bilan hisoblanadi, 20 * x/100 koeffitsentga o‘tkaziladi.
Masalan: talaba 80 ball olsa amaliy ko‘nikmani joriy baholashdagi balli 16 ga teng bo‘ladi. 16 ball yoki joriy baholashni 38% tashkil etadi.
Joriy baholash
|
Nazariy qism 25%
12.5 minimal ball
|
Analitik qism 30%
15.0 minimal ball
|
Amaliy qism 40%
20 minimal ball
|
TMI 5%
2.5 minimal ball.
|
7.Adabiyotlar.
Asosiy (A):
1.Epifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebniy kontrol» M., 1990 g.
2.Epifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000
3.Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001g.
4.yepifanov V.A. “ Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.
5.Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g
Qo‘shimcha (Q):
1.Epifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000
2.Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996 g.
3.yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.
4.«Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003g
5.Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999
6.Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004g
7.Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005 g.
8.Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.
9.A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004 g.
10.yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997
11.Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte» M., 1990
12.Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznыe metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.
Chet el adabiyoti:
-
Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD
-
Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion
-
Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards
-
Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000
-
Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.
-
Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990
-
Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.
-
Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.
Internet saytlari:
http://www.medscap.com
http://www.sportsinjuryclinic.net
http://www.about. com.
http://www.healthline. com
http://www.medlinks.ru
http://www. z-e.ru
http://www.sportmed.com
www.sportsmed.org.
1. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi
|
Halq tibbiyoti, reabilitologiya, jismoniy tarbiya kafedrasi TTA 1-klinikasi fizioterapiya bo‘limi va TTA 3-klinikasi reabilitatsiya bo‘limi. Mahsus jihozlangan DJT xonalari, tematik bemorlar va kasallik tarixi, jadvallar, videofilmlar, ko‘rgazma materiallari.
|
2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi:
6 soat.(270min)
|
Talabalar soni 8-9
|
3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:
|
Talabalarni jismoniy mashqlarning davolavchi ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab davolovchi gimnastika kompleksini tuzishni o‘rgatish. Yurak qon tomir va nafas xastaliklarida DJT vositalari, shakllari va harakat tartibotini qo‘llash va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish.
|
4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi: (mashg‘ulot rejasi)
|
Kirish
Asosiy qism
Yakuniy-xulosa qiluvchi qism
|
O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
-kompleks davolashda DJTning tutgan o‘rnini, yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari misolida DJTning ta'sir mexanizmini, kasalliklarning davolash bosqichlarini patogenetik asoslab berishni o‘rgatish;
-bemorning holatiga va kasallikning kechishiga qarab DJTning harakat tartibotini to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;
-DJTning vazifalarini aniq va to‘g‘ri tanlash haqida tushuncha berish;
- bemorlarni davolashda DJTning vosita va shakllarini tanlash haqida tushuncha berish;
- bemorlarga tavsiya etiladigan gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga o‘rgatish;
- yuklamalrni to‘g‘ri meyorlash prinsiplarini o‘rgatish;
- qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholashga o‘rgatish;
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari misolida jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini, shakllarini, vositalari va uning turlarini aytib beradilar;
- DJTning harakat tartiboti va vazifalarini aniq belgilashadi;
- DJTxonasini jihozlashni bilishadi;
- asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolovchi gimnastik mashqlar kompleksi-ni tuzish prinsiplarini shakllantiradilar;
- DJT mashg‘ulotida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samarador-ligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;
- YuQT va nafas tizimi kasalliklari bilan bemorlarda va talabalar o‘zlarida DJTni o‘tkazadilar
|
7. Ta'lim texnikasi va usullari:
|
Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
|
8. Ta'lim shakillari:
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
9.Ta'lim vositalari:
|
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.
|
10. Ta'lim shart sharoitlari:
|
Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi va davolovchi jismoniy tarbiya zali.
|
11. Monitoring va baholash :
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqichlarini ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.
|
12. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqti
|
Foaliyat mazmuni
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchi
|
1- bosqich
Mashg‘ulotga kirish
(15daq)
|
1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.
|
Tinglaydilar, yozib
oladilar.
Aniqlashtiradilar,
savollar beradilar
|
2-bosqich. Asosiy
(240daq)
Nazariy qism (90daq).
Analitik qism (60daq).
Amaliy qism (90daq).
|
2.1. DJTning umumiy asoslari, vazifalari, maqsadi. Yurak qon-tomir sistemasi kasalliq-larida va nafas sistemasi kasaliklarida DJTni qo‘llash mavzusini muxokamasini boshqaradi, mavzuni izohlaydi, talabalarga ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatadi, savollar beradi, nazariy qism bo‘ycha xulosa qiladi.
2.2.Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga etibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.
2.3.Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muxokamasini eshtadi.
|
Javob beradilar
Yozadilar.
Jadvalar bilan ishlaydilar
Guruhlarda
ishlaydilar,
Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar
|
3- bosqich
Yakuniy xulosa qism
15 min
|
3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.
3.2. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi
Keyngi mashg‘ulotlga tayorlanish uchun vazifalar beradi.
|
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar.
|
13. Motivatsiya
Davolovchi jismoniy tarbiya - jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, davolash va reabilitatsiya davrida DJTning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatadi.
Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalligi o‘lim va nogironlikning asosiy sababchisi bo‘lib qolmaqda. Har yili bu kasallikning soni va og‘irligi o‘sib bormoqda, u ko‘p hollarda yoshlarda, aynan ishlashga moyil yoshda uchramoqda. Yurak-qon tomir kasalliklardan ayniqsa yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti) e'tiborga loyiqdir, chunki u yurak mushaklarining o‘tkir yoki surunkali disfunksiyasi bilan bog‘liqdir. Ko‘p hollarda bu kasalliklar belgisiz kechishi mumkin. Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payishi va yosharib borishi, bu kasallikni kompleks davolashga va kasallikning oldini olishga katta e'tiborni qaratishga oilb kelmoqda.
Xozirgi kunda turli terapevtik kasalliklarni, davolash va oldini olish jarayonlarida o‘z vaqtida reabilitatsion dasturlarni tanlash va tavsiya etish vrachning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Shifoxona va ambulator sharoitida bemorlarni kompleks reabilitatsiyasida, organizm sistemalari va ichki organlarining turli kasalliklarida va patologik oldi holatlarida organizmga ta'siriga asoslangan holda davolovchi jismoniy tarbiya usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:
DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbi va shifokor nazorati fanlari bilan uzviy bog‘langan.
15. Mashg‘ulot mazmuni
15.1. Nazariy kismi
DJTning o‘ziga xos xususiyatlari yoki davolash usullari:
-DJT tabiiy biologik davolash usulidir. Bunda davolash jarayonida tabiiy bo‘lgan harakatlar va tabiiy omillardan foydalaniladi;
-butun davolanish jarayonida bemorlar faol ishtirok etadilar;
-DJT patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami bilan kasalliklrning patogeneziga ta'sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida bronxlarning torayishiga ta'sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi, drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi;
-DJT nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladi-gan mashqlar spetsifik ta'sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda almashinuv jarayonlari,organlarning qon bilan ta'minlanishlarini kuchaytiradi;
-DJT funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. DJT vositalari bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida singan suyaklarga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi. Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon bilan ta'minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Davolovchi gimnastika muolajasi gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga, koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi.
Davolovchi jismoniy tarbiyaning ta'sir mexanizmlari:
1.Neyro-reflektor-gumoral ta'sir – jismoniy mashqlar nerv retseptorlarining nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta'sir etib, markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga boradilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi orqali o‘tib, retikulyar formatsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta'sir etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi:
-qon va limfa aylanishi yaxshilanadi;
-modda almashinuv jarayoni faollashadi;
-biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi;
-regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi;
-to‘qima trofikasi yaxshilanadi.
Bunday ta'sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi, spazmalitik ta'sirni yuzaga keltiradi.
2.Kompensator (to‘ldiruvchi) ta'sir – bunda organizmdagi patologik o‘zgarishlar o‘rni to‘ldiriladi va patologik jarayonning avj olib ketishining oldi olinadi. Masalan : nafas organlari kasalliklarida, nafas jarayonida ishtirok etuvchi mushaklarga mashqlar beriladi, ya'ni diafragmaga, qovurg‘alar oralig‘iga, yelka kamariga, orqa mushaklariga. Hazm organlari kasalliklarida qorin oldi mushak pressiga mashqlar, tos tubi organlari kasalliklarida oraliq va anus sfinkteriga mashqlar va h.z.
3.Trofik ta'sir – qo‘llanilayotgan jismoniy tarbiya vositalari ta'sirida tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, natijada jarohatlangan joyning trofikasi yoki oziqlanishi yaxshilanadi.
Davolovchi jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi:
1.Jismoniy mashqlar
2.Tabiatning tabiiy omillari
3.Davolovchi massaj
4.Mehnat bilan davolash
Jismoniy mashqlar.
Jismoniy mashqlar DJTning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |