Mavzu: Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi
Mavzu: Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi. 1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jihozlanishi: -TTA 3-klinika,tibbiy reabilitatsiya bo‘limi va fizioterapevtik muolaja xonalari;
2. Mashg‘ulotning davomiyligi: 6 soat. 3. Mashg‘ulot maqsadi:Talabalarni ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, ultratovush ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;
4. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari: •ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, ultratovush haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;
•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;
•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;
•talabalarga fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;
5. O‘quv faoliyatini natijalari: Talaba bilishi kerak: -turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilishni;
-davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olishni;
-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;
-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilishni;
-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;