Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishdagi asosiy omillar:
Jamoaning potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
SHaxsning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;
SHaxsning ma’naviy energiyasidan foydalanish;
Talabalarning o‘zaro “hamkorlik” munosabatidan foydalanish;
Talaba ongiga multimediya materiallari, elektron darsliklar, masofadan turib o‘qitish kabipedagogik texnologiyalar orqali ta’sir etish;
Muammoli masalalarni munozara usulidan foydalanib echimini topish yo‘lini izlashga o‘rgatish;
Talaba ongiga ilmiy-amaliy o‘yinlar orqali ta’sir qilish.
Dars o‘tish jarayonida quyidagi trening(texnologiya)lardan foydalanish mumkin:
“Ierarxiya” texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
“Talaba” treningi – o‘quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash orqali o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
“Muloqot” texnikasi – o‘qituvuchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
“Boshqaruv” texnikasi – o‘qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o‘quvchi-talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va o‘rgatishga qaratilgan.
“Tarmoqlar” metodi – o‘quvchi-talabani mantiqiy fikrlashi, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.
“Skarabey” texnologiyasi – o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. “Skarabey” ham interaktiv metod bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotirani rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini aniq va ochiq ifodalash mahoratini shakllantiradi.