IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil qilingan va 2002 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan "Masofaviy ta'lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki ko`plab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan o’zlarining veb sahifalarida tashkil qilingan "Masofaviy ta'lim kurslari"ni ham alohida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz O`zbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil qilingan kurslar). Ta'lim sohasiga tegishli ko`plab foydali va qizikarli veb saytlar yaratilmoqda, (http://www.bilim.uz, http://www.bilimdon.uz, http://www.ilm.uz, http://www.student.uz, http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafaqat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar ham o’zlarining veb sahifalariga ega bo’lishmoqdalar.
8- Mavzu. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fani bo‘yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar
REJA:
1.Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning mazmuni.
2.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish metodikasi.
3.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning usul va vositalari
4.O‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani ta’limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2005 yil 5 iyuldagi «Maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida»gi buyrug‘ida qayd etilishicha o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga faol jalb etishda muayyan ishlar qilinganligi qayd etilgan. SHuni alohida qayd etish lozimki, «Maktabdan tashqari ta’lim» tushunchasi bilan birga, «darsdan tashqari ishlar» tushunchasi mavjud. Umumta’lim maktablari sistemasida mavjud bo‘lgan «Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta’lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. CHunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta’lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tasarrufida faoliyat olib boradi.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlri, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |