Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org
2. Fan xonasiga qo‘yiladigan talablar Fan xonasi maktabning ko‘rgazmali qurollari, o‘quv jihozlari, mebel va moslamalari bilan jihozlangan asosiy o‘quv bo‘limidir.
O‘quv xonalari sanitariya-gigiena, mehnat xavfsizligi qoidalari kabi o‘quv jarayonini tashkil qilishning qat’iy talablariga javob berishi zarur.
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fan xonasi o‘z faoliyatini maktab Nizomi, "Talim to‘g‘risida"gi Qonun, "Qadrilar tayyorlash milliy dasturi", ta’lim sohasiga tegishli boshqa xukuqiy-me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etadi. Xonada "Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" mashg‘ulotlarining samarali tashkil etilishi, tegishli o‘quv-metodik adabiyotlar, ko‘rsatmali ko‘llanmalar, texnika vositalari hamda boshqa jihozlarning tartibli saqlanishi ta’minlanadi. Fan xonasi o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tashi kerak.
Fan xonasidan foydalanishda quyidagi talablarga rioya qilish tavsiya etiladi: a) Funksional pedagogik talab: fan xonasidagi jihoz va vositalar ta’limning ilg‘or metod va shakllarini qo‘llashga, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish hamda mustahkamlashga, fan asoslari bilan puxta kurollanishga imkon berishi kerak.
b) Ilmiy talab: o‘quvchilarga milliy va umum-insoniy qadriyatlar, odob-axloqqa doir ma’naviy meros durdonaari, ijtimoiy taraqqiyot mavzularini hozirgi zamon ma’lumotlari bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. SHuningdek, o‘quvchilarning fan asoslaridan puxta bilim olishlariga hamda bu bilimlarni mustaqil ravishda to‘ldirib borishlariga erishishdan iborat.
v) Ruhiy fiziologik talab: o‘quvchi va o‘qituvchilarning bilim va mehnat faoliyatlarini ruhiy hamda fiziologik qonunlarga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak.
g) Texnika xavfsizligi talablari: xonadagi o‘quv jihozlarining barchasi, ta’limning texnikaviy vositalari va boshqalar mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga to‘la javob berishi kerak.