Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Fanlar tarkibida huquqiy ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə49/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Fanlar tarkibida huquqiy ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Har bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruh shaxslarida huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdir.
Huquqiy bilim olish jaraoyonida tinglovchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o‘z huquq, erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatlarini o‘rganishlari lozim. Huquqiy bilim to‘laligicha maxsus o‘quv muassasalarida beriladi, u erda mutaxassis - huquqshunoslar tayyorlanadi. Boshqa ta’limda esa umumiy huquqiy bilim beriladi. Masalan, maktab o‘quvchisiga jinoiy ish yuritish asoslarini o‘rgatish shart emas. Lekin u mehnat huquqidan, oila huquqidan va boshqa huquq sohalaridan o‘ziga tegishli huquqiy ma’lumotlarni olib, bilimga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishda Konstitutsiya qanday hujjat, unda nimalar bayon etilgan, davlat suvereniteti, inson huquqlari, erkinliklari va burchlari nima, shahsning qanday huquqlari mavjud, ular qanday kafolatlanadi? degan savollar javobini egallash darajasida tinglovchi bilim olishi kerak. Huquqiy ta’lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o‘rgatilishi lozim;
- birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog‘langan bo‘lishi kerak;
- ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o‘rgatiladi;
- uchinchidan, shaxs doim o‘z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega bo‘lishlikka harakat qilishi kerak;
- to‘rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo‘lishni shakllantirish.
2-Mavzu: Huquq darsliklari va ularga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
Reja:
1. Huquq fanlarini o‘qitishning umumiy metodikasi.
2. Fan bo`yicha O‘quv rejasini tuzish
3. Huquq fani darsligi qo’yiladigan talablar
4. Huquq faniga oid qo`llanmalarning vazifasi va ahamiyati.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin