Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Huquq fanlarini o‘qitish metodikasi predmetini



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə48/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Huquq fanlarini o‘qitish metodikasi predmetini ta’lim tizimida huquq fanlarini o‘qitishning turli uslub va shakllarini, dars jarayonida o‘quvchilarga huquqiy bilim berishning eng samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mahoratini, ko‘nikmalarini, huquq o‘qitishda muhim ilmiy, o‘quv uslubiy manbalardan foydalanish, huquq ta’limida notiqlik mahoratining roli, huquq darsida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish mahoratini o‘rganish tashkil etadi
Huquqiy ta’limning asosiy maqsadlari: Jamiyatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashuvchi huquqiy bilim va Malakaga ega bo‘lish;
qonun manbalaridan etarlicha xabardor bo‘lish; Huquqiy va axloqiy qadriyatlarni tarbiyalash; Huquqiy faol fuqaroni tarbiyalash.5 ekan, Huquq ta’limi fanini o‘qitish metodikasi huquqiy ta’lim berish maqsadidan kelib chiqib, huquq fanini o‘qitishda turli interaktiv metodlarni qo‘llash, pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida huquq fanlarini qiziqarli va samarali o‘qitish tajribasini yanada boyitish hisoblanadi.
Huquq fanlarini o‘qitish metodikasi fanining vazifsi:
- Huquq fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini;
- Huquq fani tizimida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar mazmuni va uni qo‘llash tajribasini;
- Uzluksiz ta’lim tizimida huquq ta’limini samarali o‘qitishning usul va vositalarini o‘rganish;
- huquq fanlarini o‘qitishda manbalardan, normativ huquqiy hujjatlardan foydalanish ko‘nikmalarini talabalarda shakllantirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning muhim xususiyati inson huquqlari ustuvorligi masalasi huquqni o‘qitishda va o‘rganishda doimo markaziy o‘rin egallab kelganligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘zida jamlashi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida huquq fanlarining o‘qitishga e’tibor berilishi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan vaqtdan boshlab, mamlkatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish asosiy maqsad qilib belgilandi. 8-sinf “Davlat va huquq asoslari” 9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” kabi fanlar joriy etildi. Ushbu fanlarni o‘qitilishida asosiy e’tibor, Davlatimizning qonunlarini, huquqiy asoslarini mukammal o‘rganish, O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘rganish va ularning umuminsoniy qadriyatlar asosida tuzilganligini o‘zlashtirgan holda, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor masala ekanligi, inson hayoti, sha’ni va qadr qimmati eng oliy qadriya tekanligini his etgan holda Vatanimizga munosib farzand bo‘lish muhim masala etib belgilandi.
Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Bu vaifani bajarishda esa huquq fanini o‘qitishda alohida mas’uliyat talabetiladi. Zero, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin