Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə47/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

d) Estetik talablar: xonadagi har bir jihoz va ko‘rgazmaning umumiy ko‘rinishi estetik qonuniyatlarga javob berishi, o‘quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi, o‘quvchida ham, o‘qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.
e) Texnikaviy talablar: buyumlarni, ko‘rgazmalarni tayyorlash uchun o‘z vazifasiga ko‘ra uzoq muddat yaxshi xizmat qiladigan, zamonaviy materiallardan tanlash kerak.


3. Fan xonasining o‘quv, moddiy-texnika bazasi
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fani xonasi mazmunan xuddi shunday xususiyatdan kelib chiqib jihozlanadi. Jihozlar milliy istiqlol g‘oyasi ta’limi mazmunini to‘liq qamrab olishi kerak. Fan xonasida kuyidagi jihozlar jamlanishi kerak: darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik adabiyotlar, nazorat ishlari natijalari, test topshiriklari to‘plamlari, videokassetalar, izohli lug‘atlar, jadval ko‘rinishidagi ko‘rsatmali qo‘llanmalar, o‘quvchilarning alohida ishlashlari uchun mo‘ljallangan mavzular bo‘yicha topshiriqlar jamlanmasi va boshqalar.
Xona mudiri tomonidan istiqbol rejasi ishlab chiqilgan va ushbu reja asosida joriy o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ishlar ro‘yxati tuzilishi kerak. Bu borada o‘quv xonasining namunaviy jihozlanish yo‘riqnomasi, ko‘rgazmali vositalarning namunaviy ro‘yxati asosida jihozlar bilan ta’minlanishi e’tiborga olinishi lozim.
SHuningdek, fan xonasi pasporti, o‘quv xonalarini jihozlashda estetik talablarga rioya qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, o‘quvchilarning fan haqidagi tasavvurini shakllantiradigan o‘quv jihozlarining mavjudligi, ta’limni diagnostika qilish uchun kerakli materiallar, fan xonasining ishlash tartibi hamda ayrim etishmovchiliklarni to‘ldirish chora-tadbirlari inobatga olinishi lozim.


2-Modul.
Huquq fanlarini o`qitish metodikasi.

2-MODUL
1- Mavzu. Huquq o‘qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalar.


REJA:
  • Huquq fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.


  • O‘zbekiston Respublikasida huquq fanlarining o‘qitishga e’tibor berilishi.


3. Fanlar tarkibida huquqiy ta’lim-tarbiya.


Huquqi demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish har bir yurtdoshimiz va o‘sib kelayotgan yosh avloddan huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishni taqazo etadi. Mamalkatimizda Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida asamalga oshirilgan ta’lim va tarbiya tizimidagi islohotlar huquqiy ta’lim sohasida ham o‘zining samarali natijasini bermoqda. SHu bilan birga huquqiy ta’lim samaradorligini oshirishda qator izlanishlar va ijrdiy yondoshuvlarni taqazo etmoqda. Mamlakatimiz 1-chi Prezidenti I.Karimov bu haqda alohida to‘xtalib, shunday deydi: “Eng avvalo bizning ta’lim tizimiga bo‘lgan munosabatimizni ham tubdan o‘zgartirish kerak. Ta’lim islohoti bizni demokratik o‘zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo‘lmog‘i zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda, to‘qqiz pulday ayon bo‘lsinkim, ta’lim va tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham tubdan o‘zgartirish mumkin emas. Ta’lim tizimini isloh etish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy-siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi, inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi. Jamiyatni yangilash, erkin demokratik davlatni shakllantirish, taraqqiyot va ravnaq yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimizni biz aynan mana shu tamoyil asosida tashkil etishimiz kerak ”4. Ana shu maqsad yo‘lida O‘zbekiston Respublikasida «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan ushbu hujjatlarning tashabbuskori va ijodkori 1-chi Prezidentimiz Islom Karimov ekanligi keng jamoatchilikka yaxshi ma’lum. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kamdrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi. Ular jumlasiga: birinchidan, O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida; ikkinchidan, O‘zbekistonda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiradi. Prezidentimiz bu masalalarni hayotga tadbiq qilish sohasida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturining eng ustuvor yo‘nalishi - bu ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnasha oladigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir eta oladigan, mamlakat, millat, oila taqdiriga mas’ul bo‘la oladigan mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirish ekanligi bilan o‘ziga xos ahamiyatga egadir.


Ushbu vazifani lozim darajada uddalay olish uchun, avvvalo, ta’lim muassasalari va ularda ishlovchi pedagog mutaxassislarning ta’lim berish sifatini va yosh avlod taqdiri, ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyatini muntazam oshirish zarur. SHu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim bakalavriat tizimidagi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining Davlat ta’lim standlarti asosida o‘quv rejasiga kiritilgan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasi” kursining huquq fanlarini o‘qitish metodikasi qimsini o‘qitishda ham o‘ziga xos yondoshuvlar talab qilinadi.
8-sinf “Davlat va huquq asoslari”
9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”
Akademik litseylarda “Davlat va huquq asoslari” darsi

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin