O‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi: 1.O‘quv rejasi o‘quv - tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
2.Maktablarning birligi o‘z qoidalariga asoslanadi. (YA’ni: boshlangich maktab-I-IV sinflar, to‘liqsiz maktab-V-IX sinflarga, umumiy ta’lim maktabining X-XI sinflarining o‘zaro bog‘liqligi.)
3.To‘liqsiz va o‘rta maktablarda o‘quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi.
4.O‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning xajmi qaysi sinfda o‘qitilishi, ajratilgan soati, bolalarning yosh va bilim saviyasiga karab beriladi. Fanning xajmi, ogir-engilligi, didaktik ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O‘quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umo‘minsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga karatilgandir. Unda ta’limning ilmiyligi, g‘oyaviylik hamda O‘zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonni tarbiyalab, voyaga etkazish nazarda tutiladi.
Xar bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi xar bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniklab beradigan davlat xujjatidir.
Huquq fani o‘quv dasturi quyidagi xususiyatlarga ega;
Birinchidan, jahon tajribasida amal qilinayotgan dasturlar bilan qiyosiy tahlil bo‘lishi;
Ikkinchidan, dasturni bajarish bo‘yicha uslubiy yo‘l-yo‘riqlar bo‘lishi;
Uchinchidan, bloklarga ajratilgan mavzular bo‘lishi;
To‘rtinchidan, dars soatlari aniqligi;
Beshinchidan, bilim standarti darajasini belgilovchi savollar majmuasi borligi;
Oltinchidan, o‘zlashtirishni ta’minlash uchun zaruriy darslik va qo‘llanmalar bo‘lishi shart.
Darslik o‘quv jarayonining zarur qismidir. Ko‘p vaktlardan beri u o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Darslik-o‘quvchilarning ikkinchi «muallimi». CHunki u, avvalo, o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
Xar bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofik ravishda bayon kiluvchi kitobdir.