Milliy g‘oya darsi va unga qo‘yiladigan talablar. Milliy g‘oya bajaradigan muhim funksiya tarbiyaviy funksiyadir. Milliy g‘oyaning bu funksiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan hozirgi kunlarda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi.
SHuning uchun ham milliy g‘oya fanlariga katta talabalar qo‘yiladi. O‘quvchi va talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish ta’lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turadi. Bu maqsadga erishish yo‘lida ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda.
Har bir pedagog o‘qituvchi ushbu darslarni rolli o‘yin, xizmat o‘yinlari singari shakllaridan hamda dars jarayonida badiiy asarlardan parchalar keltirish, she’rlarni ifodali o‘qish, sahna asarlaridan parchalar ijro etish kabi usullardan foydalanishi lozim.
Milliy g‘oya darslarining asosiy vazifalari – yoshlarni tarbiyalash, ular ongiga milliy qadriyatlarni, xalqimiz orzu-umid, intilish va maqsadlarini, demakki, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish hisoblanadi.
5-Mavzu. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodlari va klassifikatsiyasi Reja:
Ta’lim metodlari va ulardan dars jarayonida to‘g‘ri foydalanish mexanizmlari
Milliy g‘oya darslarida qo‘llaniladigan metodlarining uyg‘unligi.
Ko‘rgazmali metodlar; Og‘zaki-ko‘rgazmali illyustrativ ko‘rgazmalilik, surat tahlili, amaliy.
Milliy g‘oya darslarini o‘tish yuqoridagi ma’ruzalarimizda ta’kidlab o‘tganimizdek, bir qancha talabalarni o‘z oldiga qo‘yar ekan, bunda albatta darsda to‘g‘ri tanalangan metodlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHu o‘rinda usul,uslub, metodologik asos tushunchalarining mazmuniga ham e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Usul – maqsadga etishishda muayyan to‘siqni engish uchun qo‘llaniladigan chora tadbirlar.
Uslub – maqsadga etishishda qo‘llaniladigan usullar tizimi.