O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. “Milliy g’oya”o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o‘qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga “Milliy g’oya ta’limi fani sohasida ma’lum bilim va o‘quvlarni egallash va bolalarni o‘qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Milliy g’oya ta’limi fani ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyoqarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, demokratik jamiyat qurish, va ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikni o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi etarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu
o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga
tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik
vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Har bir o‘qituvchida bo‘lishi va bilishi kerak bo‘lgan muhim me’yoriy hujjatlar: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni;
Darsni o`tishdan oldin O’qituvchi ish rejasini tuzadi. Ma’lumki Har bir soxaning ukuv rejasi asosida ukuv dasturi tuzilgan. SHu dastur ukuv yiliga ukituv ish rejasi tuzishda asos kilib olinadi. O’qituvchi dasturdan kelib chikkan xolda kalendar reja tuzadi. Unda mavzular soatlarga bulib chikiladi va dars o’tishvakti, hajmi, turi ko`rsatiladi.