Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Baholashda asosiy e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə30/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Baholashda asosiy e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar:


O‘quvchilarning yuqorida ko‘rsatilgan jihatlarini qachon baholash kerak?
  • Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash);


  • Ta’lim jarayoni davomida (joriy va oraliq baholash);


  • Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).




Baholashning asosiy xususiyatlari;
  • ta’lim maqsadiga yo‘naltirilganlik;


  • muntazam o‘tkazib borish;


  • pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;


  • umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.


YUqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholaniyotganida kognitiv o‘quv maqsadlarga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholanayotganida psixomotorik, hulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanayotganida esa-affektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi.


Baholash mezonlari. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida “Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi”, - deb ta’kidlangan. Bu talablar jamiyatning ob’ektiv rivojlanishini taminlaydigan ehtiyojlar va bozor munosabatlari umumiy raqobatidan kelib chiqadi. Mazkur talablar umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlari, darsliklarida o‘z ifodasini topmog‘i darkor. Bular har bir fanning o‘ziga xos ta’lim mazmuni, xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktablarda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmalariga baho berishning quyidagi umumiy mezonlari qo‘llaniladi:
  • Bilimning ilmiy bo‘lishi.


  • Bilimning ongli o‘zlashtirilishi.


  • Bilimning hajmi.


  • Bilimning mustahkam o‘zlashtirilishi.


  • O‘quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k.


O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda va baholashda o‘quvchi o‘quv dasturi materialini to‘la biladimi, ularni tushunadimi yoki uni quruq yodlab olganmi, bilimlarni amaliy masalalarni echishga va ishlarni bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar.



Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin