Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini tashhis qilish va nazorat qilishni muhim prinsiplari bo‘lib ob’ektivlik, sitsemalilik, ko‘rsatmalilik hisoblanadi



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə31/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini tashhis qilish va nazorat qilishni muhim prinsiplari bo‘lib ob’ektivlik, sitsemalilik, ko‘rsatmalilik hisoblanadi.
A) Ob’ektivlik prinsipi. U ilmiy asoslangan tashhisli testlar mazmuni (topshiriq, savollar), tashhisli jarayon, barcha o‘quvchilar bilan teng, do‘stona munosabatlar bilim, ko‘nikmalarni baholash aniq, adekvativ tarzda belgilangan munosabatlar, bilim ko‘nikmalarni baholash aniq, adekvativ tarzda belgilangan baholash mezonlarida o‘z ifodasini topadi.
B) Sitsemalilik prinsipi. Ushbu prinsip zamirida tashhisli nazorat didatik jarayonlarning barcha bosqichlarida bilimni idrok qilishdan boshlab uni amaliy qo‘llashgacha bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi kerak.
V) Ko‘rsatmalilik prinsipi (yoki oshkoralik prinsipi). Mazkur prinsip barcha o‘quvchilarni bir xil va mavjud me’zon asosida oshkoralikka asoslangan holda sinovdan o‘tkazishni taqozo etadi. Tashhis jarayonida belgilangan har bir o‘quvchining reytingi ko‘rgazmali, oshkoralik, qiyosiy harakterga ega. Oshkoralik yoki ko‘rsatmalilik bahoni e’lon qilish va tahlil etishni talab etadi.
Baho - bu o‘quvchiga bo‘lgan talablar etaloni haqida fikr yuritish, pedagog ob’ektivliliga baho berish imkonini beruvchi mo‘ljal deb hisoblash mumkin.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining poydevori hisoblanadi:
*o‘quv maqsadlariga asoslanganlik;
*haqiqiylik;
*haqqoniylik;
*ishonchlilik;
*qulaylik.
a) O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi.
b) Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijagina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin