Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


c) Haqqoniylik (ob’ektivlilik)



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə32/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

c) Haqqoniylik (ob’ektivlilik). Baholash tizimi o‘quv maqsadlariga mos bo‘lishi, shuningdek baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan o‘quvchilar oldindan tanishgan bo‘lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
d) Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Usul ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanligi nazarda tutiladi.
e) Qulaylik. Baholash tizimi o‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o‘quv ishlab chiqarish standartlariga mos bo‘lishi, murakkab bo‘lmasligi, nazorat o‘tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. Baholashni o‘tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi o‘quvchilari bilimini baholashning reyting tizimi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining ta’lim tayyorgarligi darajasi reytingi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorining 7-bandiga asoslangan holda kiritiladi
Davlat ta’lim standartlarida belgilangan o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim va zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida har bir fan bo‘yicha majburiy standart nazorat ishlari (MSNI) majmualari reytingining me’yoriy-uslubiy negizi bo‘lib hisoblanadi.
Reyting natijasi besh balli bahoga ko‘chirilganda quyidagicha bo‘ladi:
100 – 85 ball - “a’lo”;
84 – 75 ball - “yaxshi”;
74 – 55 ball - “qoniqarli”;
54 (55) balldan past - “qoniqarsiz”.
Test topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar
Ta’limda qanday o‘ylashni o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchiga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarning paydo bo‘lishiga erishish, ta’lim oluvchi shaxsini axloqiy, ruhiy jihatdan shakllantirish va erkin mustaqil fikr yuritishini ta’minlash – davlatimizning ta’lim jarayoniga qo‘yayotgan asosiy talablaridir. Test topshiriqlari ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi talblarga javob berishi lozim:
  • Test topshiriqlarini tuzayotganda kutilayotgan natija (testning maqsadi) aniq bo‘lishi lozim.


  • Testning maqsadi o‘quv maqsadlariga mos tushishi kerak.


  • O‘quv materiallarining ahamiyatlilik darajasini ham hisobga olish lozim.


  • Testlar o‘quv materiallari o‘zlashtirilishining turli xil bosqichlariga: xotira, reproduktiv fikrlash (egallangan BKMlarni tanish vaziyatda qo‘llay olish), produktiv fikrlash (egallangan BKMlarni notanish vaziyata qo‘llay olish) taaluqli bo‘lishi lozim.


  • O‘zlashtirishning turli xil bosqichlari bo‘yicha tuzilgan testlar o‘quvchilar bilimini differensial baholashga imkon beradi;


  • Testlarda faqatgina materiallarni yodda saqlash va qo‘llashga mo‘ljallangan topshiriqlarning bo‘lishi testning diagnostik xususiyatini pasaytiradi;


  • Xotirani va egallangan BKM elementlarini tanish vaziyatda qo‘llashga mo‘ljallangan testlar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;


  • Test topshiriqlarini tuzishda didaktik nuqtai nazardan qulay bo‘lgan test shakllaridan foydalanish lozim.


  • Turli xil shaklga ega test topshiriqlaridan foydalanish nazoratning ko‘lamining kengayishiga va o‘quvchilarning faollashuviga sabab bo‘ladi.





Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin