professor-o’qituvchi: Tursunova E’tibor Mo`minovna
Ish joyi: Navoiy davlat pedagogika instituti. Bog’lanish uchun telefon nomeri: (+99899) 122 – 66 – 07 E-mail: tursunova.6606@gmail.com (Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o’qituvchi o’zining individual- shaxsiy ishchi dasturini tuzadi). prerekvizitlar: Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan
bo’lishlari shart: algebra va analiz asoslari va geometriya.
postrekvizitlar: Fan tugallanganidan so’ng, magistrantlar quyidagi modular bo’yicha bilim,
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: “matematik analizningbir o’zgaruvchili
funksiyaning integral hisobi, qatorlar nazariyasi, ko’p o’zgaruvchili funksiyaning
differensial va integral hisobi bo’limlari; differensial tenglamalar; haqiqiy va
kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyalari. Fanning maqsadi:Talabalarni fizika, astronomiyaga aloqador bo`lgan
umumiy fizika, nazariy fizika, nazariy mexanika va boshqa fanlarni yaxshi
o`zlashtirishlarida ko`maklashish va ularda turli fizik masalalarni yechish uchun
yetarli matematik bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: Maktab, o`rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasida
kiritilgan matematik analizga taalluqli tushunchalarni ilmiy asoslash; matematik
analizga kirish, ketma – ketlik va funksiyaning limiti, uzluksiz funksiyalar va
ularning xossalarini o`rgatish;
- bir o`zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi va uning
tadbiqlarini o`rgatish;
- ikki va uch o‘lchovli integrallar, egri chiziqli integrallar va ularning
tatbiqlarini o‘rgatish, hamda keyingi o‘qiladigan fanlar uchun kerakli hajmda bilimlar
berish va ularning geometrik va fizik kattaliklarni o‘lchashdagi tatbiqini o‘rgatish;
-tatbiqiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qatorlar nazariyasi bilan
tanishtirish, Teylor qatorining funksiyalarni o‘rganishdagi muhim matematik apparat
ekanligini uqtirish;
- differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari bilan tanishtirish,
mantiqiy mulohaza va ilmiy – adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.