284
Quyida, 1974-1990 yillar oralig’ida “O’quvchilarda tabiiy-ilmiy tushunchalarni
shakllantirishda predmetlararo bog’lanishlarning didaktik funksiyalari” mavzuidagi
tadqiqot ishining mantiqiy ketma-ketligini keltiramiz. Tadqiqotning uzoq muddatada
olib borilishi, uning parametrlarini o’zgartirishga, qo’yilgan vazifalarni chuqurroq
aniqlashga va yangilarini paydo bo’lishiga olib keldi(sxemaga qarang).
Tadqiqotning reja-prospektidan tashqari, aspirant yoki tadqiqotchining shaxsiy ish
rejasi tuziladi, bu dissertatsiya ustida ishlashning asosiy xujjati bo’lib hisoblanadi.
Bunda, aspirant yoki tadqiqotchining ilmiy mutaxassisligi va o’quv-ilmiy faoliyati
aniqlanadi hamda nomzodlik imtihonlarining muddati, aspirantning har o’quv yilidagi
attestatsiya natijalari, dissertatsiya boblari ustida ishlash muddatlari belgilanadi.
Bu – dissertatsiya ustida ishlashning tayyorgarlik bosqichidagi asosiy qismi
hisoblanadi. Dastlab – mavzu bo’yicha mavjud adabiyotlar, yo’nalish olish qiyin
bo’lgan cheksiz okeanga o’xshaydi. Ammo, adabiyotlar bilan ishlashga to’g’ri yo’l
tanlansa, bu qiyinchilik bartaraf qilinadi va tadqiqotchi tezda mavzuga oid
adabiyotlarning qaysilari bilan tanishish kerakligini bilib oladi. Bu yerda ham,
Dostları ilə paylaş: