136
Farazni tekshirishni (kuzatish, anketa o’tkazish, pedagogik tajribani umumlashtirish
va boshq) yetakchi metodlaridan biri bo’lib, pedagogik tajriba-sinov ishlari hisoblanadi.
O’quv jarayoniga kiritishga rejalashtirilgan barcha o’zgartirishlar,
albatta tajribada
sinab ko’rilgan bo’lishi kerak.. Pedagogik tajriba –sinov ishlari, pedagogik
jarayonning
eng takomillashagn modeli bo’lib, unda o’qitish va tarbiyalashning yuqori samarasiga
erishiladi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlari vazifasiga o’rganilayotgan hodisani kuzatishni
muntazam o’zgartirish va uning tabiatini aniqlash uchun
boshqa hodisalar bilan
bog’lanishini o’rnatish, mazkur jarayonni ongli o’rganish va kelib chiqishini bilish
kiradi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlari, odatda, quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
boshlang’ich yoki qayd qiluvchi(konstatiruyushiy), sinov va yakuniy.
Kerakli pedagogik tajriba-sinov
natijalarini olish, bular asosida chiqariladigan
xulosalarni ishonchli bo’lishi uchun, tajriba boshlanguncha quyidagi shartlarga rioya
qilish kerak:
1.
O’z vaqtida quyidagilarni qamrab olgan rejalashtirish:
a) tajriba-sinov ishlarining bosqichlari va muddatini aniqlash;
b) har bir bosqichning mazmuni va vazifalarini aniqlash;
v) har bir bosqichda o’tkaziladigan tajriba-sinov ishlarining metodikasini aniqlash;
g) o’tkazilayotgan tadqiqotning
maqsadiga mos tarzda, o’quv jarayoniga
kiritilayotgan o’zgartirishlarning samaradorlik mezonlarini aniqlash.
2. Tayyorgarlik darajasi deyarli bir xil bo’lgan tajriba va nazorat guruhlarini
(sinflarni) aniqlash.
3. Nazorat va tajriba guruhlarini o’qitish uchun, kasbiy-metodik darajasi deyarli bir
xil bo’lgan o’qituvchilarni tanlash.
Boshlang’ich yoki qayd qiluvchi (konstatiruyushiy)
tajriba-sinov ishlarining
vazifalariga o’qitish amaliyotida tadqiq qilinayotgan ob’ektning holatini aniqlash kiradi.
Tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda testlardan, nazorat ishlarini o’tkazishdan, sinov va
yakuniy bosqichlarda tekshirishga mo’ljallangan o’quv-tarbiyaviy jarayonning
jihatlarini kuzatishlar kiradi. Tajriba-sinov ishlarining ushbu bosqichidagi natijalar
asosida tadqiqot muammosiga tegishli o’quv-bilish, tarbiyalash sohasidagi hamda
mavjud muhim kamchiliklar borligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
137
Sinov yoki ikkinchi bosqichdagi pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun,
o’zlashtirishi deyarli bir xil bo’lgan 2 ta guruh tanlanib, ulardan biri tajriba, ikkinchisi
esa nazorat guruhi qilib belgilanadi. Tajriba guruhidagi o’quv-tarbiyaviy
jarayonga,
tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, kerakli o’zgartirishlar kiritiladi, nazorat guruhida esa
o’qitish an’anaviy metodika bo’yicha olib boriladi.
YAkuniy pedagogik tajriba-sinov ishlari tadqiqotning oxirgi bosqichi bo’lib, ya’ni
o’quv-tarbiyaviy materiallarning samaradorligi yana bir bor sinab ko’riladi.
Tajriba-sinov materiallari tadqiqotchi biriktirilgan kafedra yoki muassasa bo’limida
muhokama qilinib, tajriba-sinov ishlari ma’sul ta’lim tashkilotlaridan(vazirlik, shahar
ta’lim tashkiloti, viloyat va tuman ta’lim boshqarmalari, ta’lim muassasalarining o’quv
bo’limlari) ruxsat olib, o’tkazilishi kerak. O’tkazilgan
barcha ishlar bayonlashtirilib,
tajriba-sinov ishlarining natijalari maktab pedagogika kengashida, kafedra majlisida va
fakultet ilmiy kengashlarida muhokama va tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: