Tadqiqot farazi Maqsadga mos holda tadqiqotning ishchi farazi qo’yiladi. Faraz (grekchadan – asos,
taxmin) – haqiqatligi noma’lum bo’lgan ilmiy o’y yoki taxmindir. Tadqiqot muammosi
aniqlangach, u bilan parallel tarzda izlanish olib boriladi va muammoni hal qilishga va
kutilayotgan natijalar to’g’risida dastlabki fikrlar, ya’ni tadqiqot ob’ektining taxminiy
nazariyasi yaratiladi.
Farazlar, ilmiy bilimlarning rivojlantirish metodi sifatida farqlanib, ular o’zida
taxminlarni ilgari surish va keyinchalik tajribada sinab ko’rishlarni, ilmiy nazariyaning
tarkibiy elementi sifatida qamrab oladi. Farazni o’rtaga tashlayotgan tadqiqotchining
vazifasi, tadqiqot ob’ektida boshqalar ko’rmayotgan nima noma’lum, u nimani
ko’rayotganligini bayon qilishdan iborat. Faraz, eski bilimdan yangisiga o’tish vositasi
sifatida, mavjud tasavvurlar bilan ziddiyatga kirishadi. Har holda, barchaga ayon va
isbotlashni talab qilmaydigan fikrlar – faraz emas.
Faraz shunda paydo bo’ladiki, agar agar yangi dalillarni tushuntirish zaruriyati
tug’ilsa, ular mavjud ilmiy nazariya doirasiga sig’masa va tushuntirib bo’lmasa yuzaga
keladi.
Faraz, paydo bo’lishi va tasdiqlanishi jarayonida bir qancha bosqichlarni bosib
o’tadi.
1 – bosqich. Mavjud nazariya yoki farazlarga to’g’ri kelmaydigan, biroq
tushuntirish uchun yangi farazlar talab qilinadigan dalillar guruhini ajratish.
2 – bosqich. Ushbu dalillarni tushuntirishga taalluqli faraz yoki taxminni bayon
qilish.
3 – bosqich. Ushbu farazdan kelib chiqadigan barcha natijalarni aniqlash.
4 – bosqich. Farazdan kelib chiqadigan natijalarni, mavjud kuzatishlar, tajriba
natijalari va qonunlar bilan taqqoslash.
5 – bosqich. Farazdan kelib chiqadigan natijalar tasdiqlansa va ular mavjud
bilimlarga zid kelmasa, farazni haqiqiy bilim yoki ilmiy nazariyaga aylanishi.