249
● atrof muhitni (tabiiy-ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda) hisobga
olish kerak.
Tadqiqot muammosi.
Muammo
(grekcha – to’siq, qiyinchilik, masala) – hal qilinishi muhim nazariy va
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, bilish jarayonida yuzaga keladigan ob’ektiv
savollar
yoki ularning yaxlit majmuasidir.
Muammo – “bilmaganini bilish”, ya’ni tadqiq qilinayotgan ob’ektga tegishli
nazariyadagi “oq belgilar”ning mavjudligini bilishdir. Ular amaliy va ilmiy
muammolarga ajratiladi.
Amaliy muammo
– amaliy faoliyatdagi mavjud ziddiyatlardir. Har qanday ziddiyat
ham ilmiy ma’noda muammoni yuzaga keltirmaydi. Ayrim amaliy ziddiyatlarni hal
qilish yangi ilmiy bilimlarni talab qilmaydi.
Ilmiy muammo –
amaliyotning talabi bilan
nazariya orasidagi ongli ziddiyatni ifodalaydi va
bularga javob berish uchun
nazariyaning imkoniyatlarini chegaralanganligini (to’la bo’lmagani uchun) ifodalaydi.
Har qanday tadqiqotning asosida ilmiy muammo yotadi. Agar ilmiy muammo
bo’lmasa, ilmiy tadqiqot ham bo’lishi mumkin emas. Muammoli vaziyat tadqiqotni
harakatlantiruvchi kuchi, muammo – tadqiqotning boshlang’ich nuqtasidir.
Muammo tadqiqot mavzusida o’z aksini topishi kerak. Mavzu u yoki bu jihatdan
fandagi yutuqni,
odatdagidan yangiga harakatni, yangi bilan eski orasidagi
to’qnashishlarni aks ettirishi zarur.
Mavzuning dolzarbligini asoslash – boshqa ish. Tadqiqot shunda dolzarb deyiladi,
agarda ushbu ilmiy yo’nalish dolzarb bo’lsa, hamda mavzu ham quyidagi ikki jihat
bo’yicha:
uning hal qilinishi, birinchidan, amaliyotning ehtiyojiga javob bersa;
ikkinchidan, hozirgi paytda ushbu dolzarb ilmiy masalani hal qilishning ilmiy
vositalariga ega bo’lmasa ham, fandagi bo’shliqni to’ldirsa.
Dostları ilə paylaş: