Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Tadqiqotning ob’ekti va predmeti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə173/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Tadqiqotning ob’ekti va predmeti 
Ishda tadqiqot ob’ekti va predmetini to’g’ri aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot ob’ektini tanlashda, quyidagi savolga javob berish kerak: Nima qaralapti?
Predmet esa, qarash jihatlarini belgilaydi, ob’ektning qaysi elementlari qaralayotganini
ko’rsatadi, ya’ni mazkur tadqiqotda ob’ektning qanday yangi munosabatlari, xossalari,
funksiyalari qaralayotganini ko’rsatadi. Masalan, agar sizni o’quvchilar tomonidan fizik
tushunchalarni o’zlashtirish muammosi qiziqtirsa, unda:



250
Tadqiqot ob’ekti – fizika o’qitish jarayoni.


Tadqiqot predmeti – o’quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirish metodikasi.
Tadqiqotning ob’ekti va predmetini aniqlashning boshqa varianti ham mavjud
bo’lib, u quyidagicha:
Tadqiqot ob’ekti – o’quvchilarni o’qitish jarayonida, ularda ilmiy tushunchalarni
shakllantirish.
Tadqiqot predmeti – o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda mashqlar
tizimining roli.
Aniq tadqiqotning maqsadi. 
Tadqiqotning maqsadi – natijalar to’g’risidagi tasavvurdir. Inson o’z oldiga maqsad
qo’yib, u qanday natija olishni va natija qanday bo’lishini tasavvur qiladi. Tadqiqot
maqsadi, uning predmetiga mos bo’lishi kerak. Agar tadqiqotning predmeti sifatida,
o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi belgilansa, tadqiqot
maqsadi bo’lib, tushunchalarni shakllantirish qonuniyatlarini va ularni o’quvchilar
tomonidan o’zlashtirish sifatini oshirishga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar
hisoblanadi.
Agar tadqiqot predmeti sifatida, o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda
mashqlar tizimining roli olingan bo’lsa, tadqiqotning maqsadi quyidagicha bo’ladi:
ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish sifatini oshirishga imkon yaratuvchi mashqlar tizimini
ishlab chiqish.
Maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot vazifalari aniqlanadi, ular maqsadga erishish
uchun nimalar qilish kerakligini aks ettiradi. Vazifani to’g’ri qo’yilishi va ularning
ketma-ketligi, tadqiqot mantiqini belgilaydi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin