250
Tadqiqot ob’ekti – fizika o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti – o’quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirish metodikasi.
Tadqiqotning ob’ekti va predmetini aniqlashning
boshqa varianti ham mavjud
bo’lib, u quyidagicha:
Tadqiqot ob’ekti – o’quvchilarni o’qitish jarayonida,
ularda ilmiy tushunchalarni
shakllantirish.
Tadqiqot predmeti – o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda mashqlar
tizimining roli.
Aniq tadqiqotning maqsadi.
Tadqiqotning maqsadi – natijalar to’g’risidagi tasavvurdir. Inson o’z oldiga maqsad
qo’yib, u qanday natija olishni va natija qanday bo’lishini tasavvur qiladi.
Tadqiqot
maqsadi, uning predmetiga mos bo’lishi kerak. Agar tadqiqotning predmeti sifatida,
o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirish
metodikasi belgilansa, tadqiqot
maqsadi bo’lib, tushunchalarni shakllantirish qonuniyatlarini va ularni o’quvchilar
tomonidan o’zlashtirish sifatini oshirishga qaratilgan
pedagogik shart-sharoitlar
hisoblanadi.
Agar tadqiqot predmeti sifatida, o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda
mashqlar tizimining roli olingan bo’lsa, tadqiqotning maqsadi quyidagicha bo’ladi:
ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish sifatini oshirishga imkon yaratuvchi mashqlar tizimini
ishlab chiqish.
Maqsaddan kelib chiqib,
tadqiqot vazifalari aniqlanadi, ular maqsadga erishish
uchun nimalar qilish kerakligini aks ettiradi. Vazifani to’g’ri qo’yilishi
va ularning
ketma-ketligi, tadqiqot mantiqini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: