251
vazifasi, tadqiqot ob’ektida boshqalar ko’rmayotgan nima noma’lum, u nimani
ko’rayotganligini bayon qilishdan iborat. Faraz, eski bilimdan yangisiga o’tish vositasi
sifatida, mavjud tasavvurlar bilan ziddiyatga kirishadi. Har holda,
barchaga ayon va
isbotlashni talab qilmaydigan fikrlar – faraz emas.
Faraz shunda paydo bo’ladiki, agar agar yangi dalillarni tushuntirish zaruriyati
tug’ilsa, ular mavjud ilmiy nazariya doirasiga sig’masa va tushuntirib bo’lmasa yuzaga
keladi.
Faraz, paydo bo’lishi va tasdiqlanishi jarayonida bir
qancha bosqichlarni bosib
o’tadi.
1 – bosqich.
Mavjud nazariya yoki farazlarga to’g’ri kelmaydigan,
biroq
tushuntirish uchun yangi farazlar talab qilinadigan dalillar guruhini ajratish.
2 – bosqich.
Ushbu dalillarni tushuntirishga taalluqli faraz yoki taxminni bayon
qilish.
3 – bosqich.
Ushbu farazdan kelib chiqadigan barcha natijalarni aniqlash.
4 – bosqich.
Farazdan
kelib chiqadigan natijalarni, mavjud kuzatishlar,
tajriba
natijalari va qonunlar bilan taqqoslash.
5 – bosqich.
Farazdan kelib chiqadigan natijalar tasdiqlansa va ular mavjud
bilimlarga zid kelmasa, farazni haqiqiy bilim yoki ilmiy nazariyaga aylanishi.
Dostları ilə paylaş: