Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish metodlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə176/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Pedagogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish metodlari 
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi – pedagogik hodisalarning
sabab-oqibat bog’lanishlarini topishdan iborat.
1. Bir xillik yoki o’xshashlik(sxodnыy) metodi pedagogik tadqiqotlarda quyidagicha
amalga oshiriladi: tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan sinov didaktik yoki tarbiyaviy
usul, bir nechta guruh yoki sinflarda qo’llanilib, ular turli guruhlarda turli o’qituvchilar
tomonidan
yoki
assistent
va
ma’ruzachilar
tomonidan
olib
boriladi.
Sinflarda(guruhlarda) turli o’quvchilar(talabalar), turli o’qituvchilar(ustozlar), turli ish
uslubiga ega.
Bular uchun, tadqiqotchi ishlab chiqqan usulni qo’llash, umumiy hisoblanadi.
Agar tajriba sinflarda(guruhlarda) o’quvchi(talaba) ning bilimi, malakasi, qiziqishi,
oddiy usulda o’qitilganlarga nisbatan oshgani sezilsa, quyidagicha xulosa chiqariladi:
olingan yuqori natijaga sinalayotgan usulni qo’llash orqali erishildi.
2. Pedagogik tadlqiqotlarda o’zgachalik (razlichiye) metodini qo’llashni amalga
oshirish qiyinroq bo’lib, u ikkala guruh (sinflarda) o’qitish sharoitining bir hil bo’lishini
taqozo qiladi, bunda sinalayotgan usul hisobga olinmaydi.; bu metod bitta tajriba sinfda
(guruh yoki potok) va boshqa nazorat sinfda (guruh yoki potok) qo’llanilmaydi. Bundan
tashqari, agar tajriba sinfda o’qitish va tarbiyalash natijalari, nazorat sinfidan yuqori
bo’lsa, bu tadqiqotchi ishlab chiqqan usulni qo’llash natijasi tufayli deb qaraladi.
Nazorat va tajriba guruhlaridagi barcha sharoit va o’quvchilarni tenglashtirish,
amalda mumkin emas. SHuning uchun, o’zgachalik metodi bilan bir qatorda, kesishish
metodi deb ataladigan metod qo’llaniladi va u quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab,
ishlab chiqilgan metod bitta guruhda (sinfda) qo’llaniladi, so’ngra xuddi shunday
material bilan ushbu usul boshqa guruhda qo’llaniladi. Ikkala holda ham 2 la guruh
talabalarining bilimi, malakalari (taxmin qilingan natija) haqqoniy baholanadi. Agar har
bir guruhda usulni qo’llash natijasida bilim sifatini, malaka darajasini oshishi,
qo’llangan usulning ta’siri tufayli deb qaraladi.
O’xshashlik va o’zgachalik metodlarining kombinatsiyasi ayrim hollarda o’quvchi
va talabalarning katta to’plamiga qo’llaniladi, masalan 1000 dan ko’p, bularning har
biridagi sharoit o’rtacha bir xil deb qaraladi, to’plamlarning birida o’qitishni ishlab
chiqilgan usul bo’yicha olib borilsa, ikkinchisida bu usul qo’llanilmaydi. Agar birinchi
to’plamda o’qiyotganlarda bilim va malakalarni aniq o’zlashtirish yuzaga kelsa,
ikkinchisida bu yuzaga kelmasa, bu yangi usulni qo’llash natijasi deb qaraladi.



254


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin