238
sifatini ekspert metodi asosida baholash, ularning nazariy va amaliy ahamiyatini
aniqlash, asosiy tavsiflari va anazariy ahamiyat belgilari,
amaliy ilmiy-pedagogik
tadqiqotlarning asosiy tavsiflari va amaliy ahamiyat ko’rsatkichlari bilan
tanishtirishdan iborat.
O’quv faoliyatining natijalari
:
Talaba:
Ekspert
metodi nima ekanligini, u etalon bo’yicha va oldindan bilish metodlari
orqali amalga oshishini bilib oladi.
● Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash metodlari
bilan tanishadi.
Fundamental ilmiy-pedagogik va amaliy tadqiqotlarning asosiy tavsiflari va
nazariy
ahamiyat belgilarini bilib oladi.
1. Ekspert metodi nima, uning etalon bo’yicha va oldindan bilish metodlarini qanday
tushunasiz?
2. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati qanday metodlar bilan
aniqlanadi?
3.Fundamental ilmiy-pedagogik va amaliy tadqiqotlarning asosiy tavsiflari va nazariy
ahamiyatini qanday tushunasiz?
Pedagogik tadqiqotlarning sifatini ekspert metodi
asosida baholash
Ekspert metodi bilan baholash deganda, mutaxassislardan axborot olishga, mantiqiy
va matematik qoidalar majmuasi asosida tahlil qilishga
va umumlashtirishga
muljallangan xulosa chiqarish tushuniladi. Metodning mohiyati shundan iboratki,
muammo ekspert tomonidan sifat va miqdor jihatdan tahlil
qilinadi hamda shaxsiy
fikrlarni baholash asosida xulosa chiqaradi. SHu maqsadda ikki metod: etalon bo’yicha
taqqoslash va oldindan bilish metodlari ishlatiladi.
Etalon bo’yicha taqqoslash metodi –
mohiyatiga ko’ra quyidagi bosqichlarni
qamrab oladi: etalon yaratiladi(tayanch variant); olingan natijalar
tahlil qilinadi va
sinflarga ajratiladi; tayanch variant va tahlil qilinayotgan ishning natijalari taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: