1-mavzu "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 35,75 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü35,75 Kb.
#189126
  1   2   3   4   5
1-mavzu Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti (1)


1-MAVZU

"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.




1.1. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi.
1.2.Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.


Tayanch iboralar: fan, metodologiya, ilmiy,tadqiqot, texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar, metod, magistrant, pedagogik faoliyat
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati va ta'lim xizmatlarini sifatini oshirish magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Ushbu maqsaddan kelib chiqib oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni jaxon andozalari darajasiga ko‘tarish va uni umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan tashkil etish lozimligini belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida ta'lim sohasi, xususan, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishga berilayotgan e'tibor har tomonlama yetuk intelektual saloxiyatli kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek magistrlarni ilmiy tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish va mamlakatimizda ilm fan taraqqiyotini ta'minlashda, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlashda “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fanini chuqurroq o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur o‘quv fani umumetodologik fanlar qatoridan o‘rin olib, u asosan talabalarda ilmiy tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, magistrlik dissertatsiyalarini yozish malakalarini, ilmiy maqolalar chop etish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalarga chuqur yondashuvni talab etadi.
O‘quv dasturining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish, magistrlarni ilmiy faoliyat olib borishga yo‘naltirish, ilmiy faoliyatning usullari, metodlarini o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, mamlakatimizda shakllangan ilmiy maktablar va ularning faoliyati, ilmiy tadqiqot va pedogogik faoliyatlarni qonuniy me'yoriy xujjatlari va ularni tashkil etish jarayonlari, ilmiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish, ilmiy faoliyat natijalarini samaradorligini oshirish, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Fan o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
- O‘zbekistonda fan va ta'limni rivojlantirish va uning taraqqiyotinini o‘rgatish;
- ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash va ularni bosqichlarini o‘rgatish;
- ilmiy axborotlarni qidirish, to‘plash, qayta ishlash va ulardan ilmiy ishlarda foydalanish yo‘nalishlarini, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini qayta ishlash yo‘llarini o‘rgatish;
- ilmiy jamoani tashkil etish va ular bilan ishlash, magisterlik dissertatsiyalarini chakana savdo korxonalari faoliyatini rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.



Yüklə 35,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin