1-mavzu "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 35,75 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2023
ölçüsü35,75 Kb.
#189126
1   2   3   4   5
1-mavzu Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti (1)

Fanning maqsadi – magistrlarda ilmiy tadqiqot muammosiga ilmiy yondoshish, masalani shakllantira olish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tadqiqot usullarini tanlash, tajriba va sinovlar o‘tkaza olish, natijalarni tahlil qila bilish va rasmiylashtirish kabi tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib, shu orqali ularning ijodiy mehnatlarini ratsional rivojlantirish hamda ularning o‘ylash qobiliyatlarini optimallashtirishdir.
Fanning vazifasi– ilmiy tadqiqot usullarini bilish, tajriba va sinovlar o‘tkaza olish, olingan natijalarni tahlil qila olish, baholash va amaliyotga qo‘llay olish hamda ilmiy-texnik rivojlanishga xarajatlar samaradorligini baholay va qo‘llay oladigan bilimli va yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida magistr:
fan-texnika taraqqiyotining asosiy tamoyillari va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
tadqiqot mavzuini tanlash va muammoni o‘rganilganlik darajasini aniqlashni;
tadqiqot jarayonlarini loyihalashtirish va ishchi dasturini tuzishni;
tadqiqotni rejalashtirish va o‘tkazish uslublarini;
tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish va eng yaxshi variantlarni aniqlash bo‘yicha xulosalar qilishni;
tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilishni bilishi kerak;
tadqiqot natijalarini umumlashtirish va variantlar bo‘yicha qiyosiy xulosalar qilish asosida eng muqobilini tanlab olish va ishlab chiqarishga joriy etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
ilm-fan, ilmiy izlanish uslublari, tadqiqot turlari, xususiyatlari, sinov tajribalarining asosiy elementlari, eksperimentlarni loyihalashtirish va o‘tkazish, olingan natijalarni umumlashtirish, statistik tahlil qilish va eng yaxshi variantlarni aniqlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.
1.3. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani iqtisodiyotda ishlab chiqarishini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, korxonalari boshqaruvida va ishlab chiqarish jarayonini, jumladan yuqori hosil olish, birlamchi qayta ishlash, mehnat unumdorligini oshirish, texnik vositalardan unumli foydalanishda ilmiy yondoshish va ilm-fan yutuqlarini qo‘llash yordamida korxonalarining rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarasosida ma'ruza o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma'ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Ma'ruzalar o‘qitishning texnikaviy vositalaridan va tarqatma materiallaridan foydalanilgan holda o‘qitiladi. Ma'ruzalarda fanning asosiy mazmuni bayon etiladi, hodisalarning mohiyatlari va ularning amaliy ko‘llanishi ochib beriladi. Fan bo‘yicha o‘qiladigan ma'ruzalar muammoli xarakterda bo‘lib, magistr talablarning qiziqishini rag‘batlantirishga va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar ma'ruzalardan olingan bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalar olish hamda ishlab chiqarishdagi tajribalarni olish maqsadida o‘tkaziladi. Barcha amaliy va tajriba ishlari kompyuter texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Magistr talabalarning bilimi fani o‘rganish jarayonida ma'ruzalar va amaliy ishlari vaqtida savol-javob tarzida nazorat qilinadi. Fanni o‘rganish joriy, oraliq baholash va yakuniy nazorat o‘tkazish bilan yakunlanadi.
Yüklə 35,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin